Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra sodda gaplar ikkiga bo’linadi:1.Ikki bosh bo’lakli gap. 2.Bir bosh bo’lakli gap. Ikki bosh bo’lakli gap



Download 4,68 Mb.
bet561/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   557   558   559   560   561   562   563   564   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

15. Bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra sodda gaplar ikkiga bo’linadi:1.Ikki bosh bo’lakli gap. 2.Bir bosh bo’lakli gap.
Ikki bosh bo’lakli gap. Egasi ham, kesimi ham mavjud bo’lgan sodda gaplar ikki bosh bo’lakli gap sanaladi. Bunda bosh bo’laklardan tashqari ikkinchi darajali bo’laklar qatnashishi ham, qatnashmasligi ham mumkin. Masalan: Atrof ko’m-ko’k. Binafshalar ochilgan. Fazoda ko’klam qushlari charx uradi.
Bir bosh bo’lakli gap. Predikativ yadrosi,grammatik markazi bitta bo’lgan sodda gaplar bir bosh bo’lakli sodda gaplardir. Bunda bosh bo’lak yolg’iz o’zi yoki ikkinchi darajali bo’laklar bilan birgalikda predikativ yadroni tashkil etgan bo’lishi mumkin.
16.Ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra gaplar yig’iq va yoyiq sodda gaplarga bo’linadi.
Yig’iq sodda gaplar faqat bosh bo’laklarning o’zidangina iborat bo’ladi. Yig’iq sodda gapning uch xil ko’rinish bor:
A) ega va kesimning o’zidan tashkil topgan gaplar. Bahor keldi. Otam - o’qituvchi.
B) kesimning o’zidangina tashkil topgan fe’l asosli sodda gaplar: Chekilmasin. Shovqin qilmang.
V) kesimning o’zidangina tashkil topgan ot asosli gaplar:
Tun. Kuz. Urush.
Yoyiq sodda gaplar. Bosh bo’laklardan tashqari ikkinchi darajali bo’laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq sodda gaplar hisoblanadi. Buning asosan uch xil ko’rinish bor: A) ega - to’ldiruvchi (hol)- kesim; B) to’ldiruvchi - (hol)- kesim; V) aniqlovchi - bosh bo’lak: Masalan: Ziyodulla yozishni o’rganyapti. Uy ishini tayyorladim. Qirq birinchi yilning bahori. Sokin tun.
17.Gaplar, ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo’lgan bo’laklarning ishtirok etish-etmasligiga ko’ra, to’liq gap va to’liqsiz gaplarga bo’linadi.
To’liq gaplarda ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo’lgan bo’laklarning barchasi ifodalangan bo’ladi. Viloyatimiz poytaxti - ona shahrimiz Guliston kundan-kunga chiroy ochib, tobora ko’rkamlashib boryapti.
To’liqsiz gaplarda ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo’lgan bo’laklarning ma’lum qismi tushirilgan yoki yashiringan bo’ladi, lekin fikr to’liq bo’ladi. Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib - Teatrga bilet oldingmi? - Oldim.
To’liqsiz gap biron bo’lagi etishmagan gap emas, u sodda gapning alohida bir turi. Ma’lum mazmunni ifodalashda qo’llanuvchi stilistik vositadir.
18.Sodda gaplar bo’laklarga ajralish-ajralmasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1) bo’laklarga ajraladigan gaplar;
2) bo’laklarga ajralmaydigan gaplar.
19. Gaplarning aksariyati o’zaro ma’no va grammatik jihatdan bog’lanib bir butunlikni hosil qilgan bir necha lug’aviy birliklardan tashkil topgan sintaktik tuzilmalardir. Bunday qurilmalar hamma vaqt bir necha qismlardan iborat bo’ladi. Ammo gapdagi lug’aviy birliklar va gapning tashkil etuvchilari bir xil hodisa emas. Gapning tashkil etuvchilari uning sintaktik tuzilishini hosil qiluvchi struktur birliklardir.
Gapning sintaktik tuzilishi gapning semantikasini shakllantiruvchi struktura bo’lib, u shu sintaktik semantikaning ifodalanishida muayyan vazifaga ega bo’lgan struktur birliklar-sintaktik shakllarning maqsad- mazmunga muvofiq o’rinlashishi va bog’lanishidan vujudga keladi.
20. Gap muayyan shakl va mazmunga ega bo’lgan sintaktik butunlikdir. Gap sintaktik butunlik ekan, uning qismlarini sintaktik bo’laklar deyish mumkin. Gapning eng mukammal tipini mujassam etgan gap 8 sintaktik bo’lakdan iborat bo’ladi. Bularning 5 tasi odatdagi gap bo’laklari bo’lsa, 3 tasi odatdagi gap bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydigan bo’laklardir. Bular undalma, kirish va kiritmalardir.
*Gap bo’laklari gapning predikativlik ifodalovchi qismini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Gap bo’laklari ma’no-vazifasiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1) bosh bo’laklar; 2) ikkinchi darajali bo’laklar.
21. Bosh bo’laklar gapning grammatik asosini, predikativ yadrosini tashkil etuvchi asosiy bo’laklardir. Bular ega va kesim munosabati yoki kesimning(kesim sostavining) o’zi orqali ifodalanadi. Shu sababli eng kichik gap bir bosh bo’lakli yoki ikki bosh bo’lakli bo’ladi. Bu bosh bo’laklarsiz gap tushunchasini tasavvur qilish qiyin.
22. Gapdagi bu ikki bosh bo’laklardan boshqa elementlar ikkinchi darajali bo’laklardir. Ikkinchi darajali bo’laklar doim bosh bo’laklar bilan sintaktik aloqaga kirishgan bo’ladi. Chunki ikkinchi darajali bo’laklarning vazifasi bosh bo’laklarni aniqlash, ulardan anglashilgan fikrni to’ldirib kelishdir. Ikkinchi darajali bo’laklar o’z funktsiyalariga qarab uchga bo’linadi: to’ldiruvchi, aniqlovchi va hol.
23. Gap tarkibida gap bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydigan ifodalar ham bor. Bular gapga mazmun jihatdan bog’lansa ham, grammatik jihatdan bog’lanmaydi. Shuning uchun ular gap bo’lagi sifatida ajratilmaydi. Bunday ifodalar nutqda gap bo’laklaridan pauza bilan ajralib turadi. Bular tilshunoslikda kirish, undalma va kiritma qurilmalar deb yuritiladigan sintaktik hodisalardir.
24. Ega. Ikki bosh bo’lakli gapning fikr, hukm qarashli bo’lgan shaxs, narsa hodisani bildiruvchi mutlaq hokim bo’lagi ega deyiladi. Ega kim? nima? qaer? so’roqlaridan biriga javob bo’lib, bosh kelishik formasida keladi. Ega vaziyati kesimga qarab belgilanadi. Kesimning sub’ekt valentligini to’ldiruvchi va u bilan moslashuv munosabatida bo’luvchi bosh kelishikdagi sintaktik shakl egadir. Shuning uchun ham gap tarkibidagi har qanday bosh kelishikdagi sintaktik shakl ega sanalavermaydi. Faqat kesim bilan tobe munosabatda bo’lgan bosh kelishik shaklidagi grammatik shaklgina ega vaziyatida kela oladi va ega hisoblanadi. Bunday talabga javob bermagan boshqa biron bosh kelishikdagi so’z yoki birikma ega hisoblanmaydi.
*Egalar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda va murakkab. Murakkab egalar ikki yoki undan ortiq so’zlarning grammatik-semantik bog’lanishidan hosil bo’ladi. Murakkab eganing ham uch xil ko’rinishi bor: A) ajralmas holdagi erkin birikmali ega: Ishlamay egan og’rimay o’lar. Har daqiqa g’animat. B) bir butun holda qo’llanuvchi bog’lanmalar bilan: O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi - 50 yoshda. GDU - g’olib. V) frazeologizm holatidagi murakkab ega: Og’iz ochish boshlandi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   557   558   559   560   561   562   563   564   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish