28.To’ldiruvchi.Gapdagi biror bo’lakning ma’nosini to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan bo’lak to’ldiruvchi deyiladi. To’ldiruvchi ko’pincha kesimga bog’lanadi: Halol mehnat insonni ulug’laydi. Yomonga yondashma, yaxshidan adashma. To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi: 1. Vositasiz to’ldiruvchi. 2. Vositali to’ldiruvchi.
Vositasiz to’ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakatni o’ziga qabul qilgan, o’z ustiga olgan predmetni bildirib, kimni? nimani? qaerni? so’roqlariga javob bo’ladi
Vositali to’ldiruvchi harakatni o’ziga qabul qilmagan, lekin uning bajarilishi uchun vosita bo’lgan yoki unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan predmetni bildirib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kimda? nimada? kim bilan? nima bilan? kim to’g’risida? nima to’g’risida? kabi so’roqlarga javob bo’ladigan ikkinchi darajali bo’lakdir.
29. Hol. Harakat-holatning bajarilish o’rni, payti, sababi, tarzi, maqsadi va shu kabilarni ko’rsatib, boshqa bo’lakka tobe bo’lgan ikkinchi darajali bo’lak h o l deyiladi. Hollar aksariyat fe’l-kesimga, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh yoki ravish bilan ifodalangan bo’laklarga bog’lanib, ularni biror jihatdan izohlab keladi. Ifodalagan ma’nosiga ko’ra hollar quyidagi turlarga ajratiladi: ravish holi, miqdor-daraja holi, o’rin holi, payt holi, sabab holi, shart holi, to’siqsizlik holi.
30.O’zbek tilida gap bo’laklarining tartibi, asosan, erkin bo’lishiga qaramay, ko’p qo’llanadigan odatdagi tartib bor. Odatdagi tartibda ega avval, kesim gapning oxirida, payt holi egadan avval, to’ldiruvchi egadan keyin, ravish holi kesimdan avval, qaratqich qaralmishdan avval keladi.
O’zbek tilidagi tap bo’laklarining tartibi, asosan, erkin bo’lganligi uchun ularning o’rnini o’zgartirish ko’pincha grammatik holatga ta’sir etmaydi, ya’ni bo’laklarning o’rni o’zgartirilsa ham, ularning sintaktik vazifasi avvalgicha qolaveradi.
Biroq ba’zan gap bo’laklarining tartibi grammatik holatga ta’sir etishi mumkin. Bu bilan ma’no ham o’zgaradi. Bu hodisa so’zning vazifasi – grammatik funktsiyasi morfologik shakllanishidan bilinmay, tartib bilan tayin etilgan vaqtlarda uchraydi.
*O’rni bilan gap bo’laklarining odatdagi tartibi o’zgarishi ham mumkin. Bu tilshunoslikda inversiya deyiladi. Inversiya so’zlashuv va she’riy uslubda ko’proq kuzatiladi.
*Odatdagi tartib logik-grammatik, stilistik talab bilan o’zgaradi. Mazmun jihatdan birinchi o’rinda turgan bo’lak, o’z tipik o’rnidan qat’iy nazar, odatda kesimning oldida keladi va logik urg’u oladi, o’zbek tilida logik urg’u tartib bilan zich bog’langandir. Intonatsiya va tartib bo’laklarning mazmun jihatdan ahamiyatini ko’rsatishdagi asosiy vositalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |