Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet196/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

2-savol bayoni.
Ravish tuzilishiga ko‘ra: 1) sodda, 2) qo‘shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo‘linadi.
Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko‘p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.
Qo‘shma ravishlar ikki so‘z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi.
Juft ravishlar ikki so‘z asosining teng bog‘lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.
Takroriy ravishlar esa bir so‘z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o‘zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a kabi.
Takroriy ravishlar so‘zning leksik ma’nosini o‘zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo‘shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.


3-savol bayoni
Ravish so’zlar ham -roq qo’shimchasini olib va eng, juda, g’oyat, nihoyat kabi daraja ifodalovchi so’zlar bilan birikib, belgining turlicha darajasini ifodalaydi.
Ravishlarga -roq qo’shimchasi qo’shilganda asosan harakat va belgiga xos belgining kamligi, kuchsizligi, biroz etishmasligi ma’nolarini; eng so’zi bilan kelganda esa belgining ortiqligini (eng keyin, eng avval, eng yuqori, eng oldin) bildiradi.
Ravishlar juda, g’oyat, nihoyat so’zlari bilan birikib, harakat belgisining ko’pligi, kuchaytirilganligi ma’nosini bildiradi: juda ilgari, juda kech, juda uzoqdan, g’oyat tez, g’oyat sekin, nihoyatda sekin, nihoyatda uzoqdan.
Ravishlarga -gina (-kina, -qina) qo’shilganda harakat – holat belgisining kuchsizlanganligini, ta’kidlanganligi ma’nosi anglashiladi: ozgina, sekingina, hozirgina, endigina, haligina, boyagina, kechagina, salgina kabilar.


Nazorat topshiriqlari:
1-topshiriq. Harakat belgisini darajalab ko’rsatuvchi ravish formalarini toping.

  1. Ra’no ohistagina Anvarning yoniga kelib, supaga suyandi. (A.Q.)

  2. Kampir bilan Mavlon aka Botiralini ohistagina ko’tarib aravaga oldilar. (H.G’.)

  3. Ol, o’g’lim, haqingni ertaroq ol. (O.)

  4. Ular juda sekin yurishdi. (O.)

  5. Saida shuni bilgisi, tezroq bilgisi kelardi. (A.Q.)

  6. Tog’da qorong’i tezroq tushadi. (H.N.)

  7. Majlis juda tez tugadi. (A.Q.)

  8. Tabiat ehsoniga qaraganda kishilar ko’proq mashq tufayli fozil odamga aylanadilar. (Demokrit)

2-topshiriq. Gaplardagi juft va takroriy ravish formalarini topib, ularning ma’no xususiyatlarini, gapdagi vazifasini aniqlang va tushuntiring.

  1. Ziyobek o’qtin-o’qtin orqaga qaraydi. (N.Fozilov)

  2. Ishchilar birin-ketin so’zga chiqishdi. (Sh.R.)

  3. Men ham erta-indin jo’nab qolarman. (S.Z.)

  4. Oyqiz qalbiga jo bo’lgan fikrlarning hammasini birma-bir aytdi. (Sh.R.)

  5. Ertalab qo’shnilar ketma-ket kela boshladi. (S.Z.)

  6. Asta-sekin boshlangan chapak tobora avj olib soz ovozini bosib ketdi. (A.Q.)

  7. Bu erlar yozin-qishin chorva mollariga yaylov bo’lgan. (Sh.R.)

  8. Umida Saidadan tez-tez xabar olib turdi. (A.Q.)

Ravishlarning juft formasi umumlashtirish, taxmin kabi ma'nolarni bildiradi, belgini kuchli ottenka bilan ifodalaydi; kecha-kunduz, erta –indin, asta-sekin.


Ravishlarning takroriy formasi shu ravishlar bildirgan belgi ma'nosiga turli qo`shimcha ma'nolar qo`shish uchun xizmat qiladi.
Takroriy ravishlar, avvalo, harakatning takroriyligini, davomiyligini bildiradi; qayta-qayta, keyin-keyin va boshqalar.
Ravishlarning takroriy formasi shu ravishga xos belgini kuchaytiradi. Bunda takroriylik bo`lishi ham, bo`lmasligi ham mumkin: Bu yo`ldan zinhor-zinhor toyma.
Takroriy ravishlarning ma'noni, belgini kuchaytirish xususiyatiga ega ekanligini ular o`rnida ma'noni kuchaytiruvchi boshqa formalarni qo`llash mumkinligi ham aniq ko`rsatiladi. O`tirib qolgan jamoa endi-endi oyoqqa turayapti.
Sifatlar bildiradigan belgilar kabi, ravishlar bildiradigan belgilar ham turli darajaga ega bo`lishi yoki darajalanmasligi mumkin. Masalan, harakat belgisining darajasi har xil bo`lishi mumkin.
Ravishlar bildirgan belgi darajasining ortiq-kamligi xudi sifatlardagi kabi usul bilan ifodalanadi. Masalan, belgining ortiq yoki kamligi xudi sifatlardagi kabi usul bilan ifodalanadi.
Ravish so`zlar ham –roq qo`shimchasini olib va eng, juda, g`oyat, nixoyat kabi daraja ifodalovchi so`zlar bilan birikib, belgining turlicha darajasini ifodalaydi.
Ravishlarga –roq qo`shimchasi qo`shilganda asosan harakat va belgiga xos belgining kamligi, kuchsizligi biroz etishmasligi ma'nolarini; eng so`zi bilan kelganda esa belgining ortiqligini (eng keyin, eng avval, eng yukori, eng oldin) bildiradi.
Ravishlar juda, g`oyat, nixoyat so`zlari bilan birikib, harakat belgisining ko`pligi, kuchaytirilganligi ma'nosini bildiradi: juda ilgari, juda kech, juda uzoqdan, g`oyat tez, g`oyat sekin, nixoyatda sekin, nixoyatda uzoqdan.
Ravishlarga –gina (-kina, -kina) qo`shilganda harakat – holat belgisining kuchsizlanganligini, ta'kidlanganligi ma'nosi anglashiladi: ozgina, sekingina, hozirgina, endigina, xaligina, boyagina, kechagina, salgina kabilar.



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish