Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet193/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Nazorat savolllari
1. Ravish so`zlarning harakat va holat belgisini bildiruvchi so`z turkumi ekanligini tushuntirib bering.
2. Ravish so`zlar predmet va belgining belgisini bildiruvchi so`zlar bilan bog`lanib kelishini, lekin o`zgarmasligini aytib bering.
3. Ravishlarning mustaqil so`z turkumi sanaladigan morfologik belgilarini tushuntirib bering.
2-savol bayoni : ravish so`zlarning ma'no turlari.
Ravishlar ma'no jihatidan to`rt guruhga bo`linadi: holat ravishi, miqdor daraja ravishi, o`rin ravishi, payt ravishi.
Holat ravishi. Holat ravishlari ish-harakatning qay tarzda bajarilishini ko`rsatadi va qanday?, qanday qilib?, qay tarzda? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: tez, sekin, piyoda, yayov, bekorga, to`satdan, qo`qqisdan, astoydil, do`stona, qahramonlarcha, ochiqdan-ochiq, yuzma-yuz, zo`rga kabilar. Masalan: Moskvadan yo`l olgan poezd sharqqa tomon tobora yaqinlashib kelmoqda.(G.). Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib xis bor edi menda.
Holat ravishlari harakatning qay tarzda bajarilishini, uni boshqa predmet, hodisa va protseslarga o`xshatib, qiyos etib ham anglatadi: Lolaning katta-katta ko`zlari o`tday chaqnaydi. (R.). Gulchehra atlas ko`ylagini olovday yondirib, daraxtlar orasidan go`yo o`yinga tushmoqchiday, engil, nozik yo`rgalar… (O.).
Holat ravishi gapda :
Ravish holi vazifasida keladi: Ishni yigitchasiga tashkil qilamiz.(O.). Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi. (M.I.).
Gapning ot bilan ifodalangan bo`laklariga bog`lanib, aniqlovchi vazifasida keladi: salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni. (A.M.).
Gapning kesimi vazifasida keladi: Kuch etmaganligi to`g`risida ogiz ko`pirtirish oson. (Sh.R.).
Miqdor – daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi harakat va holatning miqdor belgisini yoki belgining ortiqligini bildirishga xizmat qiladi va qancha? , qanday? so`roqlarga javob bo`ladi. Hozir shu bo`limingizga mumkin qadar tezroq va ko`proq odam tanlashni o`ylang. (V.A.). O`ktamning qovini qizga juda yoqdi, ikki tilikni maqtay-maqtay edi. (O.).
Miqdor – daraja ravishlari anglatgan ma'nosiga qarab harakatning miqdor jihatidan belgisini ko`rsatuvchi va harakat yoki belgining ortiqligini ko`rsatuvchi ravishlarga bo`linadi: ko`p, mo`l, ancha, kam, biroz, picha, xiyla, sal, sal-pal kabilar. Masalan: Uning yuragi siqilganday tuyuldi, salgina jahli chiqdi. (Sh.R.). Ozgina tuproqni til uchi bilan yalab ko`rdida, tupurdi. Bahorda paxtakor uchun vaqt oz, mehnat esa cheksiz mo`l. (O.).
Harakt yoki belgining ortiqligini ko`rsatuvchi ravishlar: juda, eng, g`oyat, nihoyat, yana, tag`in, o`ta kabilar. Masalan: Olimjon qadrdon erlarini ancha oylar kurmay o`ta sog`ingan edi. (Sh.R.). –Erni obdon pishitish kerak, -takidladi Mirxaydar.(O.).
Miqdor-daraja ravishlari gapda asosan ravish holi va kesim vazifasida keladi: Sharofatbibi ro`molini salgina to`zitib, so`ri tomon asta yurib bordi. (O.). Siz ham qo`shichma oziqni ko`proq bersangiz, hosilingiz mo`l bo`ladi. (Sh.R.). Ota salgina burilib, qizini ko`rdi va mehribonlik bilan salomlashdi. (Sh.R.). Afsuski, bunaka odamlar kam. (V.A.). Qatrtol soyining suvi hamisha oz.
Ba'zan otlarga bog`lanib aniqlovchi vazifasida ham keladi.
Yangi er ochishni harajati oz, daromadi ko`p qo`rik va bo`z erlardan boshlash kerak. (Sh.R.). Ular ancha ergacha asta borib, gaplashib ketdilar. (O.).
O`rin ravishi. O`rin ravishi harakat yoki holatning bajarilish o`rnini yo predmet harakatining yo`nalish tomonini bildiradi. O`rin ravishlari qaerga?, qaerdan?, qaergacha? so`roqlariga javob bo`la oladi: uzoqda, chapda, ungda, pastda, tubanda, oldinda, unda-bunda, shu erda, bu erda, u erda, quyidan, yuqoridan, u yoqdan, yaqindan, orqadan, to`g`riga, to`g`ridan kabilar. Masalan: Murodali ikki ko`zani ko`tarib, yuqoriga qaradi.(Sh.R.). Olisdan tungi smenadagi ekskovator va o`zga mashinalarning qudratli narasi baralla eshitilar edi. (O.). go`youlomjon orqadan qarab qoldi, ammo qiz uzoq ketmadi. (Sh.R.).
O`rin ravishlari gapda o`rin holi bo`lib keladi: har yondan ariklarning jonli jonli nayi okar, nozik nixol daraxtlarning ko`k qatorlari o`zoklardan tevarakni kurshagan edi. (O.). Galya xayolan uzoqlarga qarab gapida davom etdi. (O.).
O`rin ravishi ba'zan gapning kesimi vazifasida ham keladi: Kolxoz paxta dalalari qatortoldan ancha uzoqda.(Sh.R.). Obodonchilik sohasidagi katta ishlar oldinda.(O.).
Payt ravishi. Payt ravishi harakat yoki holatning bajarilish vaqtini, paytini bildirishga xizmat qiladi va qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan beri? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: xozir, boya, bugun, kecha, avval, oldin, endi, erta, indin, kech, so`ng, keyin, dastlab, saharlab, ertalab, doim, kundan-kunga, bugun-erta, erta-indin, erta-kech, xali-beri kabilar. Misollar: U erta-kech o`zini-o`zi koyidi, o`zini soddaligi, ishonuvchanligidan achchiqlandi. (O.). So`rab ko`ring avval siz. Men xozircha panarokda tura-turay.(I.). Ziyofat va keldi-ketdi kechasi alla – pallagacha davom etdi. (O.). Agar u har kuni ertalab, kechqurun soyga tushmaganda edi, … o`rik allaqachon xazon bo`ladi. (Sh.R.). Yoshlar uning ko`zida yosh, yuzida onalarcha, mehribon, nuroniy jilmayishini endi ko`rishdi. (A.M.). To`rt tomoni osmon bilan o`ralgan vodiy kundan-kunga xusni ortgan oydek tuyuladi. (X.O.).
Payt ravishlari ko`pincha payt holi, ba'zan kesim vazifasida keladi: u peshona teri to`qilgan bu ekinzorga tikilganda, hamisha jim qolardi, dili iftixor bilan to`lardi. Bu yozma doklad oldiniga idorada, so`ngra boshqarmada muhokama qilindi. (Sh.R.). Do`stona oilaning uchchala a'zosi ham – Umirzoq ota ham, Oyqiz va Olimjon ham hamisha ishdan kech qaytardilar. (Sh.R.). Bugun sening tug`ilgan kuning, bugun uying to`ladi gulga. (X.O.).



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish