Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet192/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Nazorat (topshiriq)lari:
1.-topshiriq:Fe'lning funktsinal formalarini toping.Ularni asosiy xususiyatlariga ko`ra guruhlariga ajrating.
1.Podshoning marhamatidan bahramand bo`lmoq ,ajdarning og`zidan taom emoq bilan barobardir.
2.Ko`zim chiksin seni kurguncha mundok,Kesilsin til seni surguncha mundok.
3.Agar istar esa boshimni olsun,Tapnamni burdalab, utlarga solsun.
4.San'at osmonida nur sochuvchi ulug` yulduzga aslo zavol yo`q!(Uygun va I.Sulton.)
5.Bir necha qiz raqsga tushib ketdi.
-topshiriq.Matindagi harakat nomi,sifatdosh va ravishdoshlarni topib,ularning qanday affiks bilan yasalganligini guruhlarga ajrating va shu formaning ma'nosini aniqlang.
1.O`qish-tafakkur va aqliy kamolat manbalaridan biri.(V.A.S)
3.Ishning o`zini bilguncha ,ko`zini bil.(maqol)
4.Kim buyuk maqsadga intilsa o`zini o`ylamasligi zarur.(I.S.Tur)
5.Kishi badan tarbiya qilgan singari aql va xarakterini ham mashq orqali toblashi mumkin.(D.I.P)
6.Yaxshi kitob ko`tarib olgan odam hech qachon yolg`iz emas.(K.G)
7.Nodonlar davrasida o`tirgandan ko`ra kitobdan taskin topgan afzal.(P.Buay)
9.Odamni yo`lga soladigan va yo`ldan ozdiradigan kitoblar bor,shuning uchun kitob tanlay bilish nihoyatda muhimdir.(N.K.K.)


7-mavzu: Ravish. Ravishning semantik -grammatik xususiyatlari. Ravishlarda daraja.


Reja:

  1. Ravish haqida umumiy tushuncha.

  2. Ravishning ma'no turlari.

3. Ravishlarning darajalanishi.


Mavzuga oid tayanch atama va iboralar.
Ravish o`zgarmasligi, sabab ravishlari, tarz ravishlari, maqsad ravishlari, payt ravishlari, ravishlarda forma yasalishi, o`rin ravishlari, miqdor ravishlari, ravish bo`lib kotish, daraja ravishlari.
1-savol bayoni.
Ravish harakat, holat belgisini bildiruvchi so`z turkumidir. Shu xususiyatga ko`ra ravish turkumiga oid so`zlar asosan fe'lga bog`lanib keladi.
Ravishlar fe'l bildirgan harakat-holatni bajarish tarzi, payti, o`rni, maqsadi va shu kabilarni bildiradi. Bektemir ayrilgisi kelmay, soldatlarcha qadam otib ketayotgan kizga ergashdi. (O). Yana toyib-poyib ketmasin deb, ehtiyotdan oyog`i tagiga g`ish tirab ham qo`ydi. (Sh.Sa'dulla).Ertasi ertalab hokimxonaga borishga karor berdilar. (Sh.S.). Olisdan tungi smenadagi ekskavatir va o`zga mashinalarning qudratli narasi baralla eshitilar edi.(O.).
Ravish turkumiga oid ayrim so`zlar sifat yoki otga bog`lanib kelishi mumkin. Lekin bunday xollarda ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, o`zi bog`lanib kelgan sifat yoki otdan anglashilgan harakat – holatning belgisini bildiradi: kecha xavo juda sovuk edi. (Sh.S.) Uning muomilasi hamisha shunday. Biz mustaqillikning batamom va o`zil-kesil tantanasiga kattik ishonamiz.(X.)
Eslatma: sifat yoki ravishlar bilan qo`llanib belgining kuchli yoki kuchsiz darajasini bildiruvchi juda, eng, kok, lang, girt, goyat, sal kabi so`zlar ravish hisoblanmaydi, chunki ravishlar mustaqil ma'noli leksik birliklardir. Keltirilgan so`zlar esa leksik ma'noga ega emas, ular belgining turli darajasini ko`rsatish uchun xizmat qiladi.
Ravishlar mustaqil so`z turkumi sifatida, o`ziga xos morfologik belgilarga ega. Bunday belgilardan biri ravishlarning o`zgarmasligidir: ravishlar biror so`zga bog`langanda formasi o`zgarmaydi. Ular tarkibida uchraydigan ko`plik, egalik va kelishik affikslari ham forma yasovchi sifatida qatnashmaydi. Bu affikslar ravishning o`zak qismiga kiradi, ya'ni shu affiks bilangina u ravish hisoblanadi yoki bu affiks forma yasovchilardan boshqa vazifada qatnashadi: birdan, birga, kunda, chalkanchasiga, birdaniga, yonlamasi(ga), qatorasi(ga) kabi ravishlardagi kelishik va egalik affikslari o`z asl ma'no va vazifasini yo`qotgan. Bu so`zlar xuddi shu ko`rinishda ravishga aylangan: Azimjon ham qarindoshini boshqacha tasavvur etgani uchun, xozir uni kurib birdan gap topolmadi. (As.M.). Yangi shpindel nusxasidan uchta yasadik… Yakinda sinab ko`ramiz.(M.K.). Avvalari, ilarilari kabi ravishlar tarkibidagi –lar va –i ko`plik va egalik ifodalovchi affikslar emas.Bunda –lar affiksi ilgariga oid noaniq, davomli vaqtni ko`rsatsa, -i affiksi egalik ifodalash (shaxs ko`rsatish) xususiyatini butunlay yo`qotgan: Okshomlari latifalar aytib ruslarni kuldirardi. (O.).

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish