Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet188/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Nazorat savollari
1. Harakatning sub'ekt va ob'ekt o`rtasidagi munosabatni ifodalash daraja ko`rsatkichlari orqali amalga oshishni aytib bering.
2. Hozirgi o`zbek tilida fe'l so`zlarni besh xil: bosh, o`zlik, majhul, birgalik va orttirma daraja shakllarini ajratib, farqlab gapirib bering.
3. Nisbat formasidagi fe'llarni topib, ularning turi, ma'nosi va yasovchi qo`shimchalarini ayting.
Fe'lning bo`lishli-bo`lishsiz kategoriyasi. Har qanday fe'lning bo`lishli-bo`lishsiz shaklda bo`lishi uning asosiy fe'llik belgilaridan biridir. Bo`lishli shakl harakatning tasdig`ini: bo`lishsiz shakl inkorni: harakatning bajarilmasligini yoki holatning tug`ilmasligi ko`rsatadi: oldi-olmadi, yozdi-yozmadi, muzladi-muzlamadi kabi.
Tilimizda bo`lishli fe'lning maxsus grammatik ko`rsatkichi yo`q. Bo`lishsizlik ma'nosi esa bir qator maxsus vositalar yordamida ifodalanadi:
-ma affiksi: bu qo`shimcha fe'lning deyarli barcha shakllarida inkor ifodalash uchun qo`llana oladi: yozmayapdi, yozmaydigan, yozmagan kabi. Bu ravishdosh anglatgan harakat ikki yo`l bilan inkor etiladi. 1). Asosiy fe'lning bo`lishsizlik shakli orqali: ko`rgani kelmadi, bilgani keldi; 2). «emas» to`liqsiz fe'li orqali: toqqa o`ynagani emas, ish bilan chiqdik.(S.A.).
Harakat nomining bo`lishsiz shakli – maslik affiksi orqali hosil bo`ladi: Aytmaslik, bormaslik kabi.(Demak, bu shakl tarkibida ham – ma elementi bor.)
EtakchiQko`makchi fe'l birikuvida –m affiksi uch xil qo`llanadi:
Etakchi fe'lga qo`shiladi: yozmay tur;
Ko`makchi fe'lga qo`shiladi: ayta ko`rma;
Har ikkala qismga qo`shiladi: yozmay ko`yma.
Bo`lishsizlik ko`rsatkichining etakchi yoki ko`makchi fe'lga qo`shilishi. Ma'no talabi bilan bo`ladi: M:kelmay koldi, aytmay kuydi, ishlamay kurdi birikuvlarida –ma elemetni etakchi fe'lga qo`shilsa, harakat (kel, ayt, ishla fe'llari bildirgan harakat) inkor etiladi, ko`makchi fe'llarga oid harakat inkor etilmaydi.
Bo`lishsizlik elementni ko`makchi qismga qo`shilsa, bu fe'l bildirgun ma'nodagi harakatning inkori ifodalanadi. Masalan, kelib qolmadi birikuvida tasoddifiy, kutilmagan harakatning yuz bermaganligi ifodalanyapdi. Qiyoslang: aytmay qo`ymadi – aytib qo`ymadi, aytmay turdi – aytib turmadi, aymay ko`rdi – aytib ko`rmadi va b.
Inkor formasi etkachi va ko`makchi fe'lga qo`shilganda, alohida ta'kidlangan, qat'iy qilib aytilgan bo`lishlilik ifodalanadi: aytmay qo`maydi, bilmay qo`yaydi, bilmay qolmaydi kabi. Bunday takroriy (har ikkala qismga qo`lishdi) xollarda bo`lishlilik, tasdiq ma'nosi kelib chiqdi.
«Emas» to`liqsiz fe'li. Bo`lishsizlik ifodalovchi emas. Aslida to`liqsiz fe'lning inkor ma'no ifodalashda boshqa vazifasi yo`q. Shuning uchun buni bo`lishsizlik ifodalovchi yordamchi so`z deb hisoblash mumkin. Bu fe'lning qisqargan shakli ham –mas tarzida (aytganmas) yoki «m» tovushi «a» tarzida talaffuz etilishi mumkin: aytganmas. Harkatning inkorini bildiruvchi –ma affiksiga nisbatan (emas) yordamchiga narsa – predmet, belgi va harakatning inkorini ifodalay olishi bilan, ya'ni qo`llanish doirasining kengligi bilan ham farqlanadi. M: Daraxt emas, katta emas, unta emas, kelgan emas kabi.
Shuni alohida uqtirish lozim: «emas» yordamchisining ikki vazifasi –fe'lning inkor formasi va ma'nosida (ketgan emas, ketmoqchi emas) kelishi emas hamda turli modal ma'no ifodalovchi so`zlar, yuklamalar, undovlar bilan kelib, umuman inkor ma'nosini ifodalashini farqlash lozim bo`ladi:… mumkingina emas, … Shunday qilmoqchigini emas, qilayotibdi kabi.
Demak, emas to`liqsiz fe'li inkor ma'noni ifodalovchi yordamchi so`z sifatida juda keng qo`llanadi, fe'lning inkor formasini yasovchi sifatida esa ma'lum fe'l formalari (-ga va –moqchi formalari) doirasi bilan chegaralanadi.
Yo`q yordamchisi. Inkor ifodalovchi yo`q yordamchisi faqat –gan va –yotgan yordamida yasaluvchi o`tgan va hozirgi zamon fe'llarining inkor formasini hosil qilish uchungina qo`llanadi: yozgani yo`q, yozayotgani yo`q kabi.
Tilimizda inkor yoki tasdik ma'nosini ifodalashda so`roq bildiruvchi so`z, yuklamalar va ohangning ham roli bor. Yani inkor shaklidan tasdiq, tasdiq formasidan inkor mazmuni anglashilishi mumkin: Qayoqqa ketasiz, … Sizni bu erdan ketkizarmidik (P.T.). Bu bosh, … bevafo dunyoda nimalrani ko`rmadi, deysiz. (tasdiq).

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish