Nazorat savollari
Harakatning bajaruvchi shaxsga va uning son miqdoriga munosabati haqida ayting.
Fe'llarning shaxs ko`rsatgichga bo`lgan munosabatiga ko`ra turlarini ajrating.
Fe'lning shaxs-son qo`shimchalari bilan ifodalanish usullarini tushuntiring .
Fe'lning umumkategorial va ichki kategorial grammatik ma'nolari, funktsional formalarini aytib bering.
Fe'llarni semantik guruhlarga ajrating.
Fe'lning leksik-grammatik xususiyatlariga ko`ra turlarini tushuntirib bering.
2 – savol bayoni.
Fe'lning daraja kategoriyasi. Fe'ldagi daraja kategoriyasi harakatning sub'ekti va ob'ekti orasidagi munosabatini ko`rsatadi. Bu munosabat maxsus grammatik shakllar orqali ifodalanib, bir sistemani hosil qiladi va bir paradigmaga ulanadi. Tilimizda harakat va uning bajaruvchisi (sub'ekt) hamda ob'ekt (tushum kelishigidagi ot) orasidagi harakat turli-tumandir. Masalan: Salima ko`ylakni yuvdi gapida ega (Salima) kesimdan anglashilgan (yuvdi) harakatni bajaruvchi shaxsni – sub'ektni ko`rsatadi; shuning harakatini qabul qilgan predmet (ko`ylak) –ob'ekt tushum kelishigidagi ot orqali ifodalangan. Bu holatda harakat ifodalovchi so`z (fe'l) –yuvdi aniq daraja bo`ladi.
Salima yuvindi gapidan anglashilgan harakatning bajaruvchisi (sub'ekt) ham va harakatni o`ziga olgan predmet (ob'ekt) ham bitta Salima (ega) ekanligi sababli misoldagi fe'l so`z o`zlik darajada deb qaraladi. Shuningdek Salima ko`ylakni yuvdirdi gapida «Salima» ega, ammo harakatning bajaruvchisi emas. Chunki, bu misolda harakat ko`ylakni yuvgan shaxs, ya'ni orttirilgan shaxs tomonidan bajarilyapti. (orttirma daraja). Shuningdek harakat vosita bilan, birgalashib bajarilgan bo`lishi mumkin. Masalan Salima Xalimaga qarashli (birgalik daraja).
Hozir o`zbek tilida fe'lning besh xil daraja shakli bor: aniq daraja (bosh daraja), o`zlik, orttirma, birgalik va majhul darajalar.
Aniq daraja (bosh daraja). Fe'lning aniq daraja shakli harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: bildi, kurdi, so`zladi kabi. Bu darajaning maxsus ko`rsatkicha yo`q. Aniq daraja ba'zi adabiyotlada bosh daraja deb yuritiladi. Bu esa boshqa daraja formalariga nisbatandir.
O`zlik daraja . O`zlik daraja asosiy –i (n), ba'zan -i(l) affiksi yordamida ob'ektli fe'llardan hosil qilinadi, tarandi, tashlandi kabi. Tilimizda ba'zan o`zlik nisbat ma'nosi –k, -k, -gan, -lan affikslari bilan ham ifodalanadi; shodlan, otlan, kunikdi, yutokdi kabi.
O`zlik daraja utimli fe'ldan hosil bo`ladi. utimsiz fe'llar o`zlik darajaga ega bo`la olmaydi. (Masalan: keldi fe'lining o`zlik formasi yo`q ). Bu asosiy koida bo`lib, shunga karamay ba'zan utimsiz fe'lning ham o`zlik darajada qo`llanishi uchrab koladi. Bunday holat albatta fe'l ma'nosida o`zgarish bo`lganda yuz beradi. Masalan: U etildi(semirdi ma'nosida).
O`zlik darajadagi fe'lning ma'nosi «o`z, o`zni» formulasining ma'nosiga teng kelsada (m: bezandi, o`zini –o`zi bezadi kabi), ayrim xollarda bu paradigmadan ajraladi.
O`zlik darajadagi fe'l quyidagi ma'no attenkalarini ifodalaydi.
Sof o`zlik, ya'ni harakat bajaruvchining o`ziga o`tgan sub'ekti ham ob'ekt ham shu bajaruvchining o`zi ekanligi ma'nosi anglashilib turadi: Kumushbibi qizarindi (A.K.) «o`zi-o`zini»;
O`zlik belgisi o`timsizlikni ko`rsatish uchungina qo`llanadi: suv to`lqinlandi kabi;
Harakatning sub'ektning o`zi uchun bajarilganligi (kitobdan foydalan) kabi.
O`zlik daraja formasi har qanday ob'ektli fe'ldan yasalavermaydi: o`qi, xayda, ek, min, kes, tik, sug`or kabilardan o`zlik daraja formasini hosil qilib bo`lmaydi, chunki bu fe'llar anglatgan harakat doim ob'ekt tushunchasi bilan bog`liq bo`ladi. Shuningdek, o`zlik daraja formasi ob'ektli fe'llardan hosil qilinsada, lekin orttirma daraja orqali hosil qilingan ob'ektli fe'ldan yasalmaydi. O`zlik darajada esa uning aksi yuz beradi. Bu holat orttirma daraja formasidan o`zlik daraja hosil qilishga yo`l bermaydi.
Xullas, «Daraja kategoriyasi harakatning sub'ekt va ob'ektga bo`lgan munosabatini ko`rsatadi» degan tarifdan kelib chiqsak o`zlik daraja harakatning ob'ektga munosabatini ko`rsatuvchi formla.
Orttirma daraja . Fe'lning orttirma darajasi quyidagi affikslar bilan yasaladi: -dir(-tir): yozdir, keltir, kuldir, choptir.
-gaz(-giz, -g`iz. –kaz, -qaz, -kiz, -qiz): ko`rgaz, kirg`iz, turg`iz, yurgaz, ketgaz, ketgiz, o`tgaz, tutqiz.
-t: o`qit, ishlat, surat, qurit.
-iz: oqiz, tomiz, emiz, tegiz.
-ir: ichir, pishir, botir, qotir, qochir.
-ar: chiqar, qaytar.
-sat: ko`rsat. Orttirma daraja ob'ektli fe'llardan ham, ob'ektsiz fe'llardan ham yasaladi: uxla, uxlat, o`qi, o`qit kabi.
Orttirma daraja formasi ob'ektsiz fe'llardan yasalganda ob'ektli fe'l hosil qiladi: ko`kar, ko`kartir, uch, uchir, yur, yurgiz.
Orttirma darajada harakat boshqaruvchisi ema, balki harakat ob'ekti ortadi. –bu orttirma darajaning asosiy grammatik vazifasidir: -kiydi, -kiydirdi, -keldi, -keltirdi. Orttirma daraja ko`rsatkichi birdan ortiq qo`shilganda ham xuddi shunday bo`ladi: kiygizdirdi, keltirgizdi. Demak, orttirma daraja formasi yasalishi bilan harakat ob'ektida o`zgarish bo`ladi.
Shu tariqa, o`zlik daraja ham, orttirma daraja ham harakatni ob'ekt nuqtai nazaridan xarakteristikasini ko`rsatadi. Ulardagi farq shundaki, o`zlik daraja ob'ektli fe'lni ob'ektsiz fe'lga, orttirma daraja uning aksini bajaradi.
Majhul daraja. Majhul darajada harakat ob'ekt bosh kelishik shaklida kelib, u ega vazifasini o`taydi, harakat sub'ekti esa to`ldiruvchi vazifasida keladi. Bu darajada asosiy diqqat, ya'ni logik urg`u sub'ektga emas, balki ob'ektga qaratilgan, tushgan bo`ladi. Masalan: Boboho`ja domla ishdan bo`shatildi. Bola kitobni keltirdi (aniq nisbat). Kitob bola tomonidan keltirildi.(majhul)nisbat-gapida harakatning «kitob emas, bola» bajargan, lekin gapda «bola» so`zi ega emas to`ldiruvchi, «kitob» ega vazifasida kelmoqda.
Majhul daraja asosan –(i)l, ba'zan –(i)n affiksi yordamida yasaladi: aytildi, so`raldi, tozalandi, olindi kabi.
Majhul daraja asosan ob'ektli fe'llardan, ba'zan ob'ektsiz fe'llardan yasaladi.
Ob'ektli fe'llardan yasalganda asosiy etibor bajaruvchiga emas, balki ob'ekt bilan harakatning o`ziga karatilgan bo`ladi, aslida esa, yukoridagi misolda kurganimizdek, grammatik ob'ektni bildirgan so`z ega vazifasida bo`ladi.
Majhul daraja ob'ektsiz fe'llardan bo`lganda, shaxssiz fe'llar (shaxssizlik ma'nosi ifodalanadi): bu ko`cha bilan ikki uch yuz odim yurilgan, qishloq guzariga etiladi. (X.Sh.).
Aytilganlardan ma'lum bo`ladiki, majhul daraja harakatni bajaruvchisiga bo`lgan munosabati nuqtai nazaridan harakatlaydi, ya'ni bunda harakatning bajaruvchisiga etibor qaratilmaydi va u grammatik sub'ekt tarzida ifodalanmaydi ham.
Birgalik daraja. Harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan bajarilishini bildirgan daraja birgalik daraja deyiladi. Birgalik daraja formasi –(i)sh affiksi yordamida o`timli-o`timsiz fe'llardan birdek yasalaveradi: yozishdi, ortishdi, tushurishdi, keltirishdi kabi.
Birgalik daraja quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
Birga bajarish, birdek ishtirk etish: Gulnor va Unsin chuqur samimiy va do`stli bilan quchoqlashdi, o`pishdi.
Yordam, hamkorlik ma'nosi: er xaydashdi, ekin ekishdi. (ko`maklashish).
Harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, ko`plashib bajarilganligi ma'nosi: Kattalar o`sha erda. Arz qil, yordam berishadi, yo`l-yo`riq ko`rsatishadi.(P.T.).
O`zaro, galma-gal bajarilgan harakat: urishdi, kuvishdi kabi. Ular bir-biridan xol-axvol so`rashdi.
Xullas, birgalik daraja harakatning bajaruvchi shaxs nuktai nazaridan bo`lgan harakteristikasini bildiradi.
Demak, orttirma va o`zlik daraja harakatning ob'ektga bo`lgan munosabatini, majhul va birgalik daraja sub'ektga bo`lgan munosabatini ko`rsatadi. Shunga ko`ra daraja kategoriyasi harakatning ob'ektga va sub'ektga munosabatini ko`rsatuvchi kategoriya sifatida ta'riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |