Indeks Dau Djonsa - XIX asr oxiridan boshlab “Dau Djons End kompani” firmasi tomonidan nashr etiladigan AQSh yirik kompaniyalari guruhlarida aktsiya kurslarining o’rtacha ko’rsatkichi.
Birja bekitilishi vaqtiga ma’lum bir kompaniya guruhlarining kunlik arifmetik o’rtacha kotirovkasi. Indeks Dau Djonsani hisoblash indeksi bir necha bor almashdi. Hozirgi vaqtda bir necha indekslar e’lon qilinmoqda, sanoat kompaniyalari uchun 30 korporatsiya aktsiyalari asosida, temir yo’l kompaniyalariga 20 yirik firma aktsiyalari asosida va maishiy kompaniyalarga (15 firma). Ushbu indekslar asosida umumiy indeks hisoblanadi.
Indeks Dau Djonsa AQShda joriy xo’jalik kon’yunkturasiga ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi va ishbilarmon doiradagilarning turli iqtisodiy va siyosiy voqealarga reaktsiyasini bildiradi.