Ijarachi - biror narsani ijaraga olgan korxona, tashkilot va muassasa yoki jismoniy shaxs.
Ijtimoiy sug’urta - vaqtinchalik mehnatga yaroqsiz shaxslar, nogironlar, boquvchisini yuqotganlarni moddiy ta’minlash, shuningdek sog’lomlashtirish tadbirlari (dam olish uylari, sihatgohlar, davolash, oziq-ovqat bilan ta’minlash va hokazo)ni ta’minlash tizimi.
Ijtimoiy sug’urta korxona, tashkilot, muassasa va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va kasaba uyushmalari ishi bilan bog’liq. Kasaba uyushmalar byudjeti esa, Respublika Davlat byudjetining tarkibiy qismidan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |