"JIT" tizimi bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil etish
Korxonalar faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlarini maqbul darajada kamaytirib, bozorbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarishni boshqarish va mehnatni tashkil qilishda rivojlangan mamlakatlar amaliyotida foydalanilayotgan ilg’or usullardan biri sanalgal "JIT" ("Just-in time", ya’ni “Aniq muddatda") tizimini qo’llash ijobiy samara beradi.
Boshqaruv hisobini yuritishning «JIT» tizimi XX asrning 70-yillarida Yaponiyada «Toyota» kompaniyasida joriy qilindi va “Kanban”, ya’ni “Kartochka” yoki yozuvning vizual tizimi ma’nosida qo’llanib kelinmoqda. Shuningdek, hozirgi vaqtda bu tizimdan jahonning sanoati rivojlangan ko’pchilik mamlakatlarda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Jumladan, Yaponiyada «Kanban», ya’ni «Kartochka» yoki yozuvni vizual tizimi ma’nosida qo’llanib kelinmoqda.
"JIT" tizimining muhim xususiyati mahsulotlarni yirik turkumlarda ishlab chiqarishdan voz kechish, buning o’rniga uzluksiz, buyurtma olingan vaqtdan boshlab mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. Mazkur tizimning asosiy maqsadi barcha ortiqcha xarajatlarni bartaraf qilish va korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalaninshni ta’minlashdir.
Ushbu tizim "mahsulotni unga talab bo’lgandagina ishlab chiqarish", "faqat xaridorning buyurtmasi bo’yicha ishlab chiqarish" kabi tamoyillarga asoslanadi, bu esa mahsulot (ish va xizmat)larga bo’lgan talabni har doim taklif bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
"JIT" tizimida ishlab chiqarish tsexlari va bo’linmalari mayda-mayda turkumlar buyurtmalar bilan ta’minlanadi hamda donalab mahsulot ishlab chiqarish boshlanadi. Bu tizim qo’llanilganda korxonada tovar-moddiy zahiralarining me’yoridan ortiqchasini mavjud bo’lishi salbiy holat hisoblanadi. Sababi, ularni saqlashga ortiqcha xarajatlar talab etiladi, shuningdek, moddiy zahiralarning to’planib qolishi va moliyaviy resurslarning harakatsiz turishi korxona faoliyati samaradorligini so’ndiradi va raqobatbardoshligini susaytiradi.
Bu tizimda ishlab chiqarish jarayonida muomalalarning qat’iy ketma-ketligi ta’minlanib, detallar, qismlar va materiallar faqat foydalanish zaruriyati tug’ilgandagina xarid qilinadi.
"JIT" hisob tizimi ishlab chiqarilayotgan turkum miqdorini, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’ini kamaytirish, tovar-moddiy zahiralari hajmini eng kam darajaga keltirish va ishlab chiqarish buyurtmalarini oylar va haftalar bo’yicha emas, balki kunlar va soatlar bo’yicha bajarishni ko’zda tutadi.
Ushbu tizimni qo’llash vaqtida korxona xarajatlarining bir qismi bevosita doimiy xarajatlar guruhidan o’zgaruvchan xarajatlar tarkibiga o’tadi. Natijada, ma’muriy xarajatlar kamayib, bo’linmalarning o’z faoliyatlari natijalari uchun javobgarligi, o’z navbatida esa moddiy manfaatdorligi ham ortadi. Masalan, "JIT" tizimi bo’yicha ishlab chiqarishni tashkil etish sharoitida ishlab chiqarish liniyalarida ishchilar texnik xizmat, ta’mir na sozlash ishlarini ham bajarishlari kerak bo’ladi, aslida bularni boshqa ishchilar bajarishlari va bilvosita xarajatlarga kiritishlari lozim edi. Bu holat mahsulot birligi tannarxining aniqligini oshirishga imkon beradi.
"JIT" tizimini qo’llash xizmat sifatini ko’tarishga va bahoni aniq belgilashga imkoniyat tug’diradi, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish jarayonini soddalashtiradi, mahsulot sifatini yaxshilash, an’anaviy boshqarishda menejerlarga yordam beradi. By jarayonning soddalashishi ishlab chiqarish hisobi tizimini bahoni boshqarish tizimiga aylantiradi. "JIT" hisob tizimida materiallar va tugallanmagan ishlab chiqarish hisobi bitta yaxlit hisobvaraqda olib boriladi. Bunday sharoitda materiallar, ombordagi zahiralar ustidan nazorat uchun alohida hisobvaraqdan foydalanish o’z dolzarbligini yo’qotadi.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli milliy standartiga binoan moddiy boyliklar harakati bo’yicha buxgalteriya yozuvlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Mol etkazib beruvchilardan moddiy zahiralarning kelib tushishi:
D-t 1000 "Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar" hisobvaraqlari
K-t 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar" hisobvaraqi.
2. Tovar-moddiy zahiralar omborxonadan ishlab chiqarishga berildi:
D-t 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" hisobvaraqi
K-t 1000 "Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar" hisobvaraqlari.
3. Tayyor mahsulotlar omborga qabul qilindi:
D-t 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" hisobvaraqi
K-t 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" hisobvaraqi.
4. Tayyor mahsulotlarni jo’natish va sotish:
D-t 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi" hisobvaraqi
K-t 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" hisobvaraqi.
Ko’plab firmalar sotib olishni tashkil etishda materiallarni xarid qilish bahosidan chetlanishlar hisobiga asosiy e’tiborni qaratadi. Tegishli chegirishlar bilan katta miqdordagi materiallarni sotib olish yoki past sifatli mahsulot sotib olish hisobiga, odatda, hisob-kitob bahosidan maqbul tarzda chetlanishlarga erishiladi. "JIT" hisob tizimi sharoitida esa faqatgina sotib olish baholari darajasiga emas, balki materiallarning sifatiga, nafliligiga va umumiy qiymatiga katta e’tibor beriladi.
Ishlab chiqarish an’anaviy tashkil etilgan ko’plab korxonalarda boshqaruv hisobi sohasidagi muammolarning aksariyat qismi mehnat va boshqa xarajatlar bo’yicha normativ xarajatlar hisobini joriy etish, shuningdek, ular bo’yicha chetlanishlar hisobini yuritishni tashkil qiladi. "JIT" hisob tizimi bo’yicha ishlaydigan kompaniyalarda “ishchi kuchi va qo’shimcha xarajatlar bo’yicha chetlanishlar hisobiga e’tibor susayadi. Chetlanishlar tahlilidan foydalanish korxona darajasida saqlanib qoladi, biroq har bir muayyan hodisa uchun chetlanishlarning mutlaq ahamiyati nuqtai-nazaridan asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishning ma’lum tendentsiyalari hisobiga o’tadi”.
Hisobning an’anaviy tizimida bilvosita xarajatlarga kiritiladigan ko’pgina xarajatlar "JIT" hisob tizimida bevosita xarajatlar tarkibiga kiritiladi (13.5-jadval).
Bundan tashqari, ishlab chiqarish samaradorligining e’tirof etilgan an’anaviy ko’rsatkichlari (masalan, mahsulot ishlab chiqarish normasining bajarilishi va uskunalardan foydalanish koeffitsienti) "JIT" hisob tizimidagi bahoni boshqarish tamoyillari doirasiga kiritilmaydi. Bunday nomuvofiqlik:
1) korxonaning rejalashtirilgan zaruriy ehtiyojlarini inobatga olmasdan moddiy boyliklar zahiralarini ortiqcha to’planishiga sabab bo’ladi;
2) me’yoriy ko’rsatkichlar asosida samaradorlikni baholash natijasida sotish hajmi va mahsulot sifatiga qaraganda ishlab chiqarish hajmining ustuvorligiga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi.
“JIT” hisob tizimi quyidagi ko’pgina afzalliklarga ega:
– uni qo’llash tovar-moddiy zahiralarning ortiqcha to’planib qolishining oldini oladi.
– korxona faoliyatida "JIT" hisob tizimidan foydalanish olingan buyurtmalarning bajarilish imkoniyatlarini oshiradi, chunki bunda materiallarni xarid qilish va saqlashga kam vaqt sarflanadi. Buyurtmalarni bajarish jarayonining soddalashishi aylanma mablag’larning ham ancha tejalishini ta’minlaydi. Bunday sharoitda ishlab chiqarish grafigi bo’yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qisqaradi. Bu holat esa korxonaga bozor kon’yunkturasi talablaridan kelib chiqqan holda vaqtdan yutishga imkon beradi.
13.5-jadval
Bevosita va bilvosita xarajatlarning tasniflanishi
№
|
Xarajatlarning turlari
|
Xarajatlar turlari
|
Hisobning an’anaviy tizimida
|
«JIT» hisob tizimida
|
1
|
Mehnat xarajatlari
|
Bevosita
|
Bevosita
|
2
|
Moddiy xarajatlar
|
Bevosita
|
Bevosita
|
3
|
Materiallarni qayta ishlash
|
Bilvosita
|
Bevosita
|
4
|
Ta’mirlash va texnik xizmat
|
Bilvosita
|
Bevosita
|
5
|
Energiya ta’minoti
|
Bevosita
|
Bevosita
|
6
|
Joriy xarajatlar
|
Bilvosita
|
Bevosita
|
7
|
Sifat nazorati
|
Bilvosita
|
Bevosita
|
8
|
Binolar va inshootlar amortizatsiyasi
|
Bilvosita
|
Bilvosita
|
9
|
Sug’urta to’lovlari, soliq va yig’imlar
|
Bilvosita
|
Bilvosita
|
10
|
Binolar ijarasi
|
Bilvosita
|
Bilvosita
|
11
|
Texnologik jihozlar amortizatsiyasi
|
Bilvosita
|
Bevosita
|
12
|
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish
|
Bilvosita
|
Bilvosita
|
Bunda korxonaga foydali bo’lgan va bozorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga tezkop o’tish munosabati bilan mayda turkumli mahsulotlarni ishlab chiqarishning ham yuqori moslashuvchanligiga erishiladi.
Mazkur tizimni joriy etishda mahsulot sifatining yaxshilanishi kuzatiladi. Buyurtma berilgan mahsulot miqdori katta bo’lmaganda sifat bilan bog’liq muammo tez hal bo’ladi va tuzatishlar zudlik bilan kiritiladi.
Yuqoridigilardan tashqari "JIT" hisob tizimining boshqa afzalliklari ham mavjud:
– tovar-moddiy zahiralarining to’planib qolish xavfi kamayadi;
– materiallar va tayyor mahsulotlar zahiralari uchun omborxonalarni caqlashga sarflanadigan ma’muriy xarajatlar qisqaradi;
– mahsulot sifatini oshirish hisobiga asosiy material xarajatlari qisqaradi;
– yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish tufayli zarar ko’rish ehtimoli va qayta ishlash xarajatlari kamayadi.
Shu bilan birga, "JIT" hisob tizimi ishlab chiqarish hisobi xususiyatlariga ham ta’sir ko’rsatadi. Uni qo’llash orqali bilvosita xarajatlarni kamaytirishga e’tibor kuchayadi. Bunday hol xarajat turlari o’rtasida turli taqsimot bazalaridan foydalanish zaruratini kamaytiradi, shu bilan birga xarajatlar kalkulyatsiyasining aniqligi ortadi.
“ABC” tizimi bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish
ABC hisob tizimi ("Activity-Based Costing") javobgarlik markazlari bo’yicha tannarx hisob-kitobini "Direkt-kosting" usulidagi kabi doimiy (fixed costing) va o’zgaruvchan (variable costing) xarajatlarga bo’lib hisobga olishni, ammo asosiy e’tiborni faoliyat turlari va funktsional xizmatlarga qaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Mazkur tizim bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar, jumladan Evropa va Amerika korxonalari amaliyotida keng qo’llaniladi.
Umuman, ABC tizimi faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar hisobini (xarajatlarning funktsional hisobi) anglatadi (13.6-chizma).
Faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar guruhlari
Xarajatlar markazlari
Ob’ektlar
1
2
3
Bo’linmalar
Loyihalashtirish
(smeta tuzish)
Uchastkalar
Tayyor mahsulot
ishlab chiqarish
Ustama xarajatlar
Tsexlar
Yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish
1-daraja 2-daraja
Do'stlaringiz bilan baham: |