Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Funktsional-qiymat taqlili usulini boshqaruv hisobida qo’llash



Download 2,01 Mb.
bet449/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

Funktsional-qiymat taqlili usulini boshqaruv hisobida qo’llash

Funktsional-qiymat taqlili (FQT) usuli ob’ekt (mahsulot, jarayon, tuzilma)ni tizimli tadqiq qilishning sifat va foydaliligini oshirgan holda uni loyihalash, ishlab chiqish va foydalanish sohalarida xarajatlarning eng kichik miqdorini ta’minlovchi usuldir.


FQT iqtisodiy tahlilning istiqbolli usuli sifatida boshqaruv hisobining muhim tarkibiy qismi va vositasi hisoblanadi.
Raqobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar o’z iqtisodiy faoliyatini tashkil etishda doimo ichki va tashqi omillar ta’siriga duch keladi. Bu kabi holatlar har bir korxona va firmaga moliyaviy-xo’jalik faoliyatini chuqur tahlil qilish asosida oqilona boshqaruv qarorlari, chora-tadbirlarini qabul qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu masalalarni hal etishga FQT usulini qo’llash asosida osongina erishish mumkin. FQT usulidan jahon iqtisodiyotida, xususan, rivojlangan mamlakatlar amaliyotida keng foydalanilib kelinmoqda.
Xorij amaliyotida funktsional-qiymat tahlilidan "qiymat tahlili" va "muhandislik qiymat tahlili" nomi ostida foydalanilmoqda. Birinchi atamada so’z mavjud mahsulotlar tahlili haqida borsa, ikkinchisi – yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish loyihalashtirilayotganda qo’llaniladi, biroq, har ikki turdagi tahlilning maqsadi bir: ikkalasi ham oz miqdordagi xarajatlar hisobiga mahsulotlarning muqobil sifatlarini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Ushbu usulni izohlash uchun xorij amaliyotida "boylikka rahbarlik qilish" yoki "boylikni boshqarish" atamalari tobora ko’proq qo’llanilmoqda.
Dastlab funktsional-qiymat tahlili usuli faqat ortihcha xarajatlarni aniqlashning muhim vositasi hisoblangan. Biroq undan hozirgi kunda mahsulotlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish jarayonida turli tadbirlarni tashkil etish va boshqarish sohasida samarasiz boshqaruv qarorlari qabul qilishni bartaraf etish maqsadida keng foydalanila boshlandi.
Funktsional-qiymat tahlili ycyli mahsulot ishlab chiqarish va u bilan bog’liq boshqa xarajatlarni pasaytirishda foydalaniladigan usullardan tubdan farq qiladi, chunki, u funktsional yondashuvni nazarda tutadi. Bu yondashuvning mohiyati ob’ektni muayyan shaklda emas, balki u bajaradigan funktsiyalar nuqtai- nazaridan tahlil qilib chiqishdir.
Funktsional yondashuv nafaqat buyurtmachilarning muayyan ehtiyojlarini o’rganish, balki bu ehtiyojlarning miqdor va sifat jihatlarini chuqurroq tahlil etish, ularni ishlab chiqarishga muvofiqlashtirishni ham talab qiladi.
Funktsional-qiymat tahlilida funktsiya deyilganda, munosabatlarning ayni tizimida biron-bir ob’ekt xususiyatini tashqi tomondan namoyon bo’lishi tushuniladi.
Funktsional-qiymat tahlilining ob’ekti sifatida uning funktsiyalari (mahsulotlar va jarayonlarning iste’mol xususiyatlari), ya’ni, iste’mol qiymati, nafliligi bilan bu funktsiyalarni yaratishga sarflangan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari o’rtasidagi munosabat tushuniladi.
FQTning predmeti esa aniq mehnat mahsuli (mahsulotlar va jarayonlar)ning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi sabab-oqibat aloqasi hisoblanadi.
Funktsiyalar ob’ektiga qarab asosiy, yordamchi va keraksizlarga bo’linadi.
Asosiy funktsiyalar xarajatlarni ularning qiymati va iste’mol qiymati nuqtai-nazaridan tahlil etishdan iborat. Yordamchi funktsiyalar deyilganda asosiy funktsiyalarni bajarishga yoki ularni to’ldirishga imkon beruvchi funktsiyalar tushuniladi. Keraksiz funktsiyalar tuzilmaning asosiy vazifasini bajarishga imkon bermaydi, aksincha, ob’ektning texnik jihatlari va iqtisodiy ko’rsatkichlarini yomonlashtiradi.
FQT usulini iqtisodiyotning ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi, qurilish, xizmat ko’rsatish, savdo-sotiq kabi sohalariga samarali joriy etish imkoniyati mavjud.
Funktsional-qiymat tahlili bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi.
Dastlabki, tayyorgarlik bosqichida asosiy tahlil ob’ekti hisoblangan xarajatlar manbai aniqlanadi. Bu jarayon, ayniqsa, ishlab chiqaruvchining resurslari cheklanganda alohida ahamiyatga ega. Masalan, ko’p miqdorda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni takomillashtirish, ularga ishlov berish korxonaga kam miqdorda ishlab chiqariladigan boshqa qimmatroq mahsulotga qaraganda ko’proq foydali bo’lishi mumkin. Boshqalariga nisbatan tannarxi arzon va sifati yuqoriroq mahsulot turi topilsa mazkur bosqich tugallangan hisoblanadi.
Ikkinchi, axborot bosqichida tadqiq qilinayotgan ob’ekt va yni tashkil etuvchi qismlar (materiallar, mahsulot tannarxi) to’g’risidagi ma’lumotlar to’planadi. Bu ma’lumotlar ochiq axborot tarmog’i orqali korxonaning konstruktorlik, iqtisodiy bo’linmalari va iste’molchilaridan tegishli xizmatlarning rahbarlariga bir necha yo’nalishlar bo’yicha kelib tushadi. Iste’molchilarning talablari bo’yicha ma’lumotlar korxonaning marketing bo’limida jamlanadi. Tahlil jarayonida dastlabki ma’lumotlarga qayta ishlov beriladi va ular barcha manfaatdor bo’linmalardan o’tgandan so’ng, sifat va xarajatlarning tegishli ko’rsatkichlari loyiha rahbariga taqdim etiladi.
Uchinchi, tahliliy bosqichda mahsulot funktsiyasini (uning tarkibi, foydalilik darajasi) qiymati va ikkinchi darajali foydasiz funktsiyalarni kompleks tahlil qilish imkoniyatlari o’rganiladi. Bu bosqichda mahsulotning qismlari nafaqat texnik, balki tarkibiy, estetik va boshqa jihatlardan ham tahlil qilinadi.
Ushbu tahlilni Eyzenxauerning ABC tamoyilidan foydalanib muvafaqqiyatli amalga oshirish mumkin. Bunga ko’ra funktsiyalar:
– bosh, asosiy va foydalilarga (A);
– ikkinchi darajali, yordamchi va foydalilarga (B);
– ikkinchi darajali, yordamchi va foydasizlarga (C) bo’linadi.
Bunda funktsiyalarni amalga oshirishda taqsimlash jadvalidan foydalaniladi (13.7-jadval).

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish