Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,01 Mb.
bet454/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

13.10-jadval
Menejment atamasining mohiyati va mazmuniga mavjud yondoshuvlar



Menejmentning mohiyati quyidagicha aniqlanadi:

Vazifa, faoliyat turi

Fan va san’at

Boshqaruv organi yoki apparat

Jarayon

Insonlar kategoriyasi

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, menejmentning ko’p yillik rivojlanishi boshqaruv faoliyatini ishlab chiqarish vazifasidan farq qiluvchi alohida vazifaga ajratadi.


Boshqaruv vazifa sifatida u tomonidan boshqaruv vazifalari, deb nom olgan boshqaruv jarayonlarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Ular birinchi marta frantsuz olimi L.Fayol tomonidan asoslangan edi. Bu vazifalar rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish kabilardan iborat. Keyinchalik, boshqaruv jarayonlarini yanada mukammallashtirish hisobiga ko’pgina ishlanmalarda bu vazifalar to’ldirib borilgan. Jumladan, menejment vazifalariga motivlashtirish, kommunikatsiya, tadqiq etish, baholash, qarorlarni qabul qilish kabilar qo’shildi.
Menejmentni vazifa sifatida ko’rib chiqish boshqaruv faoliyatini hamma turlarining tarkibi va mazmuni, shuningdek, ularni zamon va makondagi o’zaro aloqadorligini ishlab chiqishni talab etadi.
Menejment mustaqil fan sifatida XIX asrning oxirida shakllana boshladi. Uning asosini ko’p yillar davomida to’planib borgan boshqaruv to’g’risidagi bilimlar tashkil etadi. Ular turli kontseptsiyalar, nazariyalar, tamoyillar, boshqaruv uslublari va shakllarida o’z aksini topgan. Menejmentning fan sifatidagi ta’rifi asosida boshqaruv xususidagi bilimlarning shakllanganligi va muayyan tizimga keltirilganligiga alohida o’rin beriladi. Bu esa, birinchidan, korxonalarga joriy faoliyatni o’z vaqtida samarali boshqarishga, ikkinchidan esa istiqbolni belgilash va unga mos ravishda korxonaning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishga imkon beradi. Shu bois, boshqaruv fani o’zining nazariyasini ishlab chiqadi. Uning mazmunini esa boshqarish jarayonida insonlar faoliyatining qonun va qonuniyatlari, tamoyillari, vazifalari va uslublari tashkil etadi.
Amaliyotda menejmentni san’at sifatida tushunish keng tarqalgan. U xo’jalik korxonalari murakkab tizim ekanligi va ularning faoliyatiga bir nechta tashqi va ichki muhit omillari ta’sir etishiga asoslanadi. Bynday murakkab mexanizmni boshqarish yuqori sifat darajadagi kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun ham menejment san’at sifatida talqin qilinadi va u tegishli kontseptsiya, nazariya, tamoyillar, shakl va uslublarga tayanadi.
Bu kabi yondashuvlar korxona menejerlariga nafaqat ilmiy bilimlarni doimo to’ldirib, yangilab borish, balki shaxsiy sifatlarni takomillashtirib borish, o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash layoqatini mustahkamlashni talab qiluvchi fan va san’atni bir jarayonga birlashtirishga imkon beradi.
Korxonalarda ishlovchi xodimlar o’z kuch va imkoniyatlarini aniq maqsadlarga erishishga yo’naltirishlari uchun menejerlar ular bilan doimiy aloqada bo’lishlari va samarali faoliyat ko’rsatishlari uchun sharoit yaratib berishlari zarur.
Menejment, shuningdek, integratsion jarayon sifatida ham talqin qilinadi. Uning asosida yuqori kasb malakasiga ega mutaxassislar korxona faoliyatini tashkil etadi va maqsadlarni aniqlash, ularga erishish uslublarini ishlab chiqish yo’li bilan korxonani boshqaradi.
Ta’kidlanganidek, menejment jarayoni rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazorat qilish kabi vazifalarni bajarishni nazarda tutadi. Ular yordamida menejer korxonada ishlovchi xodimlarning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun sharoit yaratadi.
Shu munosabat bilan boshqaruv jarayonini menejment sohasida yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega mutaxassislar amalga oshiradi. Ular korxona faoliyatini yuritadi, maqsadlarni belgilaydi, unga erishish usullarini ishlab chiqib amalda qo’llaydi. Bu san’atga ma’lum bir insonlar kategoriyasi – menejerlar ega bo’lishi lozim. Ularning vazifasi xodimlarni oqilona boshqarish natijasida korxonaning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashdan iborat.
Ko’p hollarda menejment organ yoki boshqaruv apparati bilan tenglashtiriladi. Menejment tijorat va notijorat korxonalarning o’ziga xos organidir. Korxona bu organlarsiz bir butun tizim sifatida faoliyat ko’rsata olmaydi. Shuning uchun boshqaruv apparati har qanday korxonaning tarkibiy qismi hisoblanib menejment faoliyatiga tenglashtirildi. Unda band bo’lgan xodimlarning bosh vazifasi pirovard maqsadga erishish uchun korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Shunday qilib, "menejment" atamasi boshqaruv xususidagi adabiyotlarda juda keng talqin etiladi. Binobarin, uning har qanday ta’rifi to’liq emas. Masalan, menejment har xil tamoyillar, vazifalar va menejmentning sotsial-iqtisodiy uslublaridan foydalanish asosida bozor iqtisodiyoti sharoitida harakat qiluvchi korxonalarning ma’qbul xo’jalik natijalariga erishishga qaratilgan kasbiy faoliyatining o’ziga xos turi. Bu ta’rifda urg’y menejment kasbiy faoliyat turi ekanligiga berilmoqda.
Menejment alohida insonlar va jamoalarga tizimiy ta’sir etishni ta’minlaydi. Bundan maqsad, kelishilgan holda birgalikda faoliyat ko’rsatib, ko’zlangan maqsadga erishishdan iborat. Shuningdek, menejment harakatlarni tanlash, ularni kombinatsiyalash, ketma-ketligini belgilash, pirovard natijalarni baholashni nazarda tutadi.
Hozirgi zamon menejmentining quyidagi o’ziga xos xususiyatlari mavjud:
– ishlab chiqarish va biznes samaradorligini oshirishga intilish hamda korxona tomonidan rejalashtirilgan pirovard natijaga erishishga yo’naltirilganlik;
– tashqi muhitdagi o’zgarishlarga bog’liq holda belgilangan maqsadlar va dasturlarga doimiy ravishda tuzatish kiritib borish;
– rejalashtirish jarayonini joriydan istiqbolga qarab o’zgartirish;
– boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko’p variantli hisoblarni amalga oshirish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
– korxona faoliyatini samarali boshqarishga barcha xodimlarni jalb etish;
– boshqaruv jarayonida ro’y berayotgan o’zgarishlarni tahlil etish va tegishli moslashuvchan qarorlar asosida ish olib borish;
– korxona boshqaruvining barcha bo’g’inlarida innovatsion yondashuvdan keng foydalanish va h.k.lar.
Korxonani samarali boshqarish xodimlarni qo’yilgan maqsadga erishish uchun moddiy, iqtisodiy, huquqiy sharoitlardan foydalanib birgalikda harakat qilishlarini tashkil etadi. Xodimlar faoliyatining sharoitlari yaxlit holda korxonaning tashkiliy tuzilmasini tashkil etadi. Shu sababli, korxonani resurslar, ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot kabi uch elementdan iborat tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Bunda boshqaruv qismi ob’ektning holati to’g’risidagi va boshqa axborotlardan foydalanib qarorlar qabul qilish orqali boshqaruv jarayonini amalga oshiradi (13.7-chizma).
Shuni ta’kidlash zarurki, korxonani samarali boshqarish bevosita quyidagilarga bog’liq:
– aniq maqsadning mavjudligi. Bu korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishiga imkoniyat yaratadi, uning xodimlari harakati yo’nalishlarini belgilab beradi;
– korxona barqarorligi, ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlarda mustahkamlik hamda doimiylikni ta’minlaydigan ichki muvofiqlashtiruvchi tizimning amal qilishi;
– korxonaning barcha ichki jarayonlarini o’z-o’zini tartibga solish tamoyili asosida muvofiqlashtirilganligi;
– korxonaning alohidaligi, ya’ni, uni boshqa korxonalardan ajratib turuvchi chegaraning mavjudligi;
– tashkiliy madaniyatning mavjudligi.



Muhit




Boshqaruv
tizimi

Boshqaruv
qismi

Qaror Axborot





Boshqarish ob’ekti
(mulk, ishlab chiqarish, resurslar)


Resurs Mahsulot





Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish