Bevosita xarajatlar – mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to’lash, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositllar amortizatsiyasi xarajatlari.
Bilvosita xarajatlar – ma’muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar.
Birja - bozorning tashkiliy shakli bo’lib, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta va ishchilarning erkin savdosi amalga oshiriladi (tovar birjasi, mehnat birjasi, fond birjasi, valyuta birjasiga qarang).
Birja bahosi - birja savdosi orqali sotilayotgan tovarlar bahosi bo’lib, tegishli tovar bahosining darajasi va dinamikasi yuzasidan ma’lumotlarning muhim va ishonchli manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |