Balansdagi o’zgarishlar - xo’jalik jarayonlari ta’siri ostidagi xo’jalik mablag’lari va ular manbalarining mikdoriy o’zgarishi. Balansdagi o’zgarishlar quyidagilardir:
1. Aktiv tomonidagi moddalardan birida summa ko’payib, ikkinchisida esa, kamayadi.
2. Passiv tomondagi moddalaridan birida summa kupayib, ikkinchisida esa, kamayadi.
3. Aktivda ham passivda ham summa ko’payadi.
4. Aktivda ham passivda ham summa kamayadi.
Balans usuli - bitta hodisani ifodalovchi qarama-qarshi ko’rsatkichlarni (kirim va chiqim mablag’lari va ularning manbalari va hokazo) tenglashtirish, solishtirish. Balans usulidan balans (buxgalteriya balansi, korxonaning daromadlari va xarajatlari balansi, aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi va boshqalarni) tuzishda foydalaniladi.
Balans usuli rejalarni ishlab chiqishda va hisobga olishda, ularning bajarilishini tekshirishda, xo’jalik faoliyati tahlilida keng ishlatiladi.
Bank (fr. banque) - to’lov va kreditlarga vositachilik qiluvchi muassasa. Hozirgi davrda esa hech bir davlatning iqtisodiyotini banklarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Qaysi davlatda bank tizimi yaxshi, oqilona tuzilgan bo’lsa, shu davlat iqtisodiyotining yuksalishi muvaffaqiyatli bo’ladi.
Banklar bo’sh pul mablag’larini yig’adi va ularni tadbirkorlar (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar)ga foiz hisobida beradi.
Bankka qo’yilgan depozit pul mablag’lari bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar passiv, yig’ilgan mablag’larni qarzga berish jarayoni esa aktiv deyiladi. Passiv jarayonidagi foiz miqdori aktiv jarayonlar foizidan past bo’lishi kerak, chunki bu bank foydasini tashkil etadi. Bizning respublikamizda bank tizimini rivojlantirish borasida keyingi yillarda katta ishlar olib borilmoqda. Hokimiyat va davlat boshqarmalari tomonidan tegishli qonun va ko’rsatmalar, qoidalar ishlab chiqildi. Bank turlaridagi katta o’zgarishlar (paxtabank, mikrokredit bank, tadbirkor bank va hokazo) bilan birga ularning mulkchilik shakllari ham (xususiy banklar) tashkil topmoqda. Bunday o’zgarishlar, ular o’rtasidagi raqobatni yuzaga keltiradi va mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasini oshiradi. Oqibat natijasida esa, korxonalar xo’jalik munosabatlaridagi hisob-kitoblar va to’lovlarni tezda amalga oshirishlariga va mablag’lar aylanishining tezlashishiga olib keladi.
Bank belgilari - O’zR Markaziy banki tomonidan chiqarilgan pul belgilari. Bank belgilari hozirgi payta 1 000, 5 000, 10 000, 50 000 va 100 000 so’mlik ko’rinishlarida chiqariladi. Pul belgilari tanga shaklida ham mavjud: 100, 200 va 500 so’mlik. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, 1994 yil 1 iyulda milliy valyutamiz muomalaga chiqarildi (boshida milliy valyutamiz kupyuralari 1, 3, 5, 10 va hokazodan iborat edi).
Ular oltin va boshqa qimmatbaho buyumlar, shuningdek, tovarlar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bank belgilari iqtisodiyot iste’moliga mos ravishda, davlat banki kassa va kredit rejasiga asosan rejalashtirilgan tartibda muomalaga chiqariladi.
Bank belgilarini qat’iy hisobga asoslangan holda chiqarish lozim, ta’minlanmagan pul belgilari pul qadrsizligi (inflyatsiya)ga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |