Balansdagi hisobvaraqlar - buxgalteriya balansidagi ko’rsatkichlarni aks ettiriladigan buxgalteriya hisobvaraqlaridir. Bunda balans moddasi nomi balansdagi hisobvaraqlar nomi bilan mos kelishi shart degan ma’no kelib chiqadi. Birgina balans hisobvarag’ining ko’rsatkichi balans moddalarining bir nechtasida aks ettirilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobida shunday hisobvaraqlar mavjudki, ular buxgalteriya balansi tuzilmagunga qadar yopilmaydi. Bu hisobvaraqlarda oy oxiriga qoldiq qolmaydi. Bu tranzit hisobvaraqlar bo’lib hisobvaraqlar rejasidagi 9 bo’lim “Daromadlar va xarajatlar”ni hisobga oluvchi hisobvaraqlardir.