Byudjetni tuzish bosqichlari Korxona rahbariyati faoliyati
Byudjetni ishlab chiqish:
- muammoning kun tartibiga qo’yilishi va dastlabki axborotlarni to’plash;
- iqtisodiy tahlil, hisob-kitob va ularning natijalarini umumlashtirish;
- loyihani baholash
Qarorlar tayyorlash
Qarorlar qabul qilish
Qarorlarni amaliyotga joriy etish to’g’risida farmoishlar berish
Byudjetni tasdiqlash
Olingan natijalarni reja bilan taqqoslash
Byudjetni boshqarish
Byudjetni nazorat qilish
14.1-chizma. Korxonada byudjetlashtirish bosqichlari va uni amalga oshirish
Bosh byudjetni tuzishning yakuniy bosqichi kutilayotgan foyda yoki zarar to’g’risidagi umumlashtirilgan smetani tuzib chiqish hisoblanadi. Mazkur smeta quyidagi ko’rsatkichlarni o’zida aks ettiradi:
a) mahsulotlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan olingan daromadlar;
b) ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va materiallar xarajatlari;
c) asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning mehnat haqi xarajatlari;
d) ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar;
e) sotilgan mahsulotlar tannarxi;
f) sotish va ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;
g) ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar.
Korxonaning bosh byudjeti operatsion, investitsiya va moliyaviy byudjetlardan tashkil topadi (14.2-chizma).
Operatsion byudjetning asosiy maqsadi moliyaviy mablag’larning taxminiy manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlarini belgilab berishdir. Uni ishlab chiqish sotishlar rejasini tuzishdan boshlanadi. Ishlab chiqarish hajmi, tannarx, foyda kabi korxonaning boshqa barcha iqtisodiy ko’rsatkichlari sotish hajmi va tannarxiga bog’liq bo’ladi.
Shuningdek, korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining alohida tamoyillari va bosqichlarini tavsiflovchi maxsus texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar (TIK) ham operatsion byudjet orqali aks ettiriladi. Bunda marketing bo’limining ma’lumotlari asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Korxonaning operatsion byudjetida daromadlar va xarajatlar miqdor hamda qiymat ko’rinishida ifodalanadi.
Bosh byudjet
0-chi
d araja
Operatsion byudjet
Investitsiya byudjeti
Moliyaviy byudjet
1-chi
daraja
2
Sotish byudjeti
Ishlab chiqarish byudjeti
Tayyor mahsulot zahiralari budjeti
Xaridlar byudjeti
Davr xarajatlari budjeti
-chi
daraja
Sotishlar rejasi (mahsulot turlari bo’yicha tushum va sotishlar hajmining tarkibi
Ishlab chiqarish dasturi (ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibi)
Sotish xarajatjari byudjeti
3-chi
daraja
+ +
Ishlab chiqarish xarajatlari byudjeti
Ma’muriy xarajatlar byudjeti
4
Bevosita material xarajatlari byudjeti
Bevosita mehnat xarajatlari byudjeti
Umumishlab chiqarish xarajatlari byudjeti
-chi
daraja