Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


-jadval Korxonaning pul mablag’lari byudjeti ko’rsatkichlari, ming so’mda



Download 2,01 Mb.
bet488/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

14.1-jadval
Korxonaning pul mablag’lari byudjeti ko’rsatkichlari, ming so’mda



Moddalarning nomlari

2019 yilga

shu jumladan choraklar bo’yicha

I

II

III

IV

1.Hisobot davri boshiga pul mablag’lari

1500

600

440

320

140

2.Hisobot davrida pul mablag’larining kelib tushishi

4340

975

1200

1200

965

shu jumladan:
-mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan

4000

900

1100

1100

900

-asosiy vositalarni sotishdan

-

-

-

-

-

-boshqa jihozlarni sotishdan

-

-

-

-

-

-qimmatli qog’ozlar muomalalaridan

60

-

30

30

-

-mulkni boshqa korxonalarga ijaraga berishdan

160

40

40

40

40

-olingan dividendlardan

-

-

-

-

-

-boshqa tushumlardan

120

35

30

30

25

Pul mablag’lari jami (1q+2q)

5840

1575

1640

1520

1105

3. Hisobot davridagi jami to’lovlar, shu jumladan:

4550

1070

1110

1430

940

-xomashyo va materiallar sotib olishga

2000

400

500

700

400

-mehnat haqi xarajatlariga

1000

280

240

240

240

-soliqlar, yig’imlar va chegirmalarni o’tkazish to’lovlariga

200

50

60

40

50

-ma’muriy xarajatlarga

800

200

150

300

150

-qurilish xarajatlariga

450

100

100

150

100

-uskunalar va nomoddiy aktivlar sotib olishga qilingan xarajatlarga

100

40

60

-

-

-qimmatli qog’ozlar muomalalari bo’yicha xarajatlarga

-

-

-

-

-

-boshqa to’lovlarga

150

80

-

20

50

4. Pul mablag’larining etarliligi (etishmovchiligi) (1q+2q-3q)

1290

505

530

90

165

5. Kredit va boshqa qarzlar olish

-

-

-

-

-

6. Kreditlar va boshqa qarzlarni qaytarish

100

100

-

-

-

7. Hisobot davri oxiriga pul mablag’lari qoldig’i

1190

405

530

90

165



Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslari

Shuningdek, byudjetlarni tuzish ularni tayyorlashda qatnashuvchi barcha bo’linmalar kelishuvi asosida amalga oshirilishi, keyin esa tasdiqlash uchun korxona rahbariyatiga taqdim etilishi lozim. Korxona rahbariyati ma’qullagach byudjet haqiqiy hisoblanadi. Tasdiqlangan byudjetga asoslanib xarajat va daromadlarning oylik rejalari tuziladi. Mazkur rejalar korxonada xarajatlarni boshqarish va iqtisodiy ko’rsatkich (sotishlar hajmi, sof foyda, aktivlar rentabelligi, foyda me’yori va h.k.)larning zaruriy darajasiga erishishga xizmat qiladi.


Byudjetlar oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq, moslashuvchan va statik turlarga ajratiladi.
Statik byudjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob-kitob qilinadi. Unda daromadlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
Statik byudjet korxona moliyaviy natijalarining haqiqiyligini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko’rsatkichlarning mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi.
Statik byudjet ko’rsatkichlarini moslashuvchan byudjet ko’rsatkichlari bilan taqqoslashda sotishning haqiqiy hajmi e’tiborga olinmaydi, ya’ni, natijalarning qiyosiy tahlili keltiriladi (14.2-jadval).
14.2-jadval
Ishlab chiqarish korxonasining 2019 yil uchun statik byudjeti, ming so’mda



Ko’rsatkichlar

Reja

Haqiqiy

Chetlanishlar (“s”, “i”)*

1

Sotish hajmi, dona

150

200

50 (i)

2

Sotishdan olingan tushum

45 000

60 000

15 000 (i)

3

Ishlab chiqarish xarajatlari

35 000

41 000

6 000 (s)

4

Marjinal daromad

10 000

19 000

9 000 (i)

5

Davr xarajatlari

6 000

8 000

2 000 (s)




shu jumladan:













- sotish xarajatlari

2 000

3 000

1 000 (s)




-ma’muriy xarajatlar

4 000

5 000

1 000 (s)

6

Operatsion foyda (4q-5q)

4 000

11 000

7 000 (i)

Izoh: * “(i)” belgisi resurslar iqtisod qilinganligi sababli ijobiy chetlanishni, "(s)" belgisi salbiy chetlanishni ifodalaydi.

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish korxonasi statik byudjetda nazarda tutilgan ko’pgina ko’rsatkichlarga erishmagan.


Statik byudjetda ko’rsatkichlarni rejalashtirish amalga oshirilsa, moslashuvchan byudjetni tuzishda natijalarning omilli tahlil usulidan foydalaniladi.
Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir qancha muqobil variantlaridan foydalaniladi.
Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarish xarajatlari uchun avval mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan me’yorlar belgilanadi, keyin ushbu me’yorlar asosida haqiqiy sotish hajmiga mos keladigan ishlab chiqarishni rejalashtiriladigan hajmi aniqlanadi (14.3-jadval).
Korxonada javobgarlik markazlari bo’yicha moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajatlar va daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo’yicha tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi.
Shunday qilib, korxona faoliyatini strategik rejalashtirishda byudjetlashtirish aylanma va moliyaviy resurslar, investitsiya faoliyati uchun moliyalashtirish mablag’larini jalb etish, xarajatlar va daromadlar, pul mablag’lari harakati to’g’risida zarur ma’lumotlar olish imkonini beradi.
14.3 jadval
Ishlab chiqarish korxonasining 2019 yil uchun moslashuvchan byudjeti, ming so’m



Ko’rsatkichlar

Haqiqiy bajarilgani

Haqiqiy bajarilganga moslashtirilgan byudjet

Haqiqiy byudjetning moslashtirilgandan chetlanishi (“s”, “i”)*

1

Sotish hajmi, dona

3 000

3 000

-

2

Sotishdan olingan tushum

300 000

445 000

145 000 (s)

3

Ishlab chiqarish xarajatlari

210 000

350 000

140 000 (i)

4

Marjinal daromad

90 000

95 000

5 000 (s)

5

Davr xarajatlari

55 000

58 000

3 000 (i)




shu jumladan:













-sotish xarajatlari

33 000

33 500

500 (i)




-ma’muriy xarajatlar

22 000

24 500

2 500 (i)

6

Operatsion foyda

35 000

37 000

2 000 (s)

Izoh: * – (i) – belgisi resurslar iqtisod qilinganligi sababli ijobiy chetlanishni, (s) – belgisi salbiy chetlanishni ifodalaydi.




Korxonaning ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish dasturini tuzish korxona faoliyatini byudjetlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.


Ishlab chiqarish dasturi mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yillik hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talabi asosida sifat va muddatni tavsiflovchi kompleks rejani o’zida namoyon etadi.


Buyurtmachilarning talab va taklif qonuni talablari asosida tovarlarga bo’lgan ehtiyoji, tuzilgan shartnomalar va buyurtmalarning mavjud portfeli, shuningdek, mahsulot (ish, xizmat)larning taklifi korxona ishlab chiqarish dasturining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish dasturini tuzishda turli usullar: darajali taxminlash, vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar turlarini diversifikatsiyalash (kengaytirish) qo’llaniladi.
Darajali taxminlash sotishlar va foydaning kutilgan hajmmini uchta: maksimal, ehtimol, minimal nuqtalari bo’yicha avvaldan rejalashtirishni nazarda tutadi.
Vaziyatli rejalashtirish korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish jarayoni bilan bir qatorda beqaror bozor sharoitlarida uni amalga oshirishda ham bir qancha qulayliklar tug’diradi.
Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, odatda, uch bosqichda amalga oshiriladi:
1) butun korxona uchun yillik ishlab chiqarish rejasini tuzish;
2) rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun ustuvor maqsadlarni aniqlash;
3) yillik ishlab chiqarish rejasini korxonaning alohida bo’linmalari yoki ishtirokchilar bo’yicha taqsimlash.
Amaliyotda ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishning "quyidan yuqoriga" yoki nomarkazlashtirilgan holda, "yuqoridan quyiga" yoki markazlashtirilgan holda va takroran rejalashtirish ko’rinishlari qo’llaniladi.
Quyidan yuqoriga rejalashtirish shuni anglatadiki, bunda ishlab chiqarish rejasi boshqarishning quyi darajasida, ya’ni, korxona bo’linmalarida va funktsional xizmatlar bo’yicha tuziladi.
Yuqoridan quyiga rejalashtirilganda rejalar butun korxona bo’yicha ishlab chiqiladi va bo’linmalar uchun tezkor rejalashtirish asos bo’lib xizmat qiladi.
Takroran rejalashtirish korxona rahbariyati bilan barcha bo’linmalar va funktsional xizmatlar o’rtasidagi uzviy o’zaro hamkorlikni nazarda tutadi.
Korxona yoki uning bo’linmasining yillik ishlab chiqarish hajmi mahsulot birligini mos taxminiy bozor baholariga ko’paytirish orqali quyidagi formula bilan hisoblanadi:
n p y
M0 = ΣMnBn + ΣMpBp + ΣMyBy
i i i
bu erda:
M0 – korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturi, so’m;
Mn, Mp, My – mahsulot (ish va xizmat)lar yillik hajmi, dona;
Bn, Bp, By – mahsulot (ish va xizmat)lar birliklarining taxminiy bozor baholari, so’mG’dona;
n, p, y – mahsulot (ish va xizmat)larning nomenklaturasi.
Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish mahsulot sotish rejasini tuzishdan boshlanadi. Unda har bir mahsulot, shuningdek korxona faoliyatining kelgusi davrida amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar ko’rsatiladi. Bir maromda mahsulot etkazib berilganda rejalashtirilgan muddatda sotishlar hajmini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ms = Tu * Sr
bu erda,
Ms – mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmi;
Tu – tovarlarni o’rtacha bir kunda sotish miqdori;
Sr – sotishning rejalashtiriladigan davri (kun, oy, kvartal, yil).
Sotishlarning rejalashtiriladigan hajmini bozor segmentlari bo’yicha quyidagi shaklda shartli misollar yordamida ifodalash mumkin (14.4-jadval).
14.4-jadval

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish