Buxgalteriya balansi (1-son shakl) va xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-son shakl) o’rtasidagi bog’liqlik. Buxgalteriya balansida xususiy kapital (ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapitali, sotib olingan xususiy aktsiyalar, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar, kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun zahiralar) bo’yicha ma’lumotlar 410-470-satrlarda yil boshida va yil oxirida statik tarzda keltirilgan. Yil davomidagi o’zgarishlar balansda mavjud emas. Quyida keltirilgan 5-shaklda bu o’zgarishlar mavjud hamda yil boshidagi va oxiridagi ko’rsatkichlar buxgalteriya balansi moddalari bilan to’g’ri kelishi kerak.
Yuqoridagi fikr-mulohazalaridan ko’rinib turiptiki moliyaviy hisobot shakllari o’rtasida muhim bog’liqliklar mavjud va bir birini to’ldirib, moliyaviy hisobot axborot foydalanuvchilar uchun kerakli va etarli ma’lumotlarni etkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |