Buxgalteriya balansi (1-son shakl) va pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-son shakl) o’rtasidagi bog’liqlik. Buxgalteriya balansida jami pul mablag’lari (kassada, bankda hisob-kitob hisobvarag’ida, maxsus hisobvaraqlarda va b.) bo’yicha ma’lumotlar 320-satrda yil boshida va yil oxirida statik tarzda keltirilgan. Quyida keltirilgan 4-shaklda pul mablag’larini harakati operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat bo’yicha to’liq pul kirimi va chiqimi ko’rsatilgan. Ushbu shaklni 220-satrida “Jami moliyaviy-xo’jalik faoliyatining sof pul kirimi / chiqimi” summasi buxgalteriya balansini 320-satri yil oxiridagi va yil boshidagi farqi bilan to’g’ri kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |