Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,01 Mb.
bet462/524
Sana11.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#774417
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Buxgalteriya o’tkazuvi - hisobvaraqlar bog’lamasini yozish. Bunda xo’jalik jarayoniga tegishli summa bir hisobvaraqning debeti va ikkinchi hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi. Buxgalteriya o’tkazmasi hujjatlar (jurnal-order, tabulyagramma yoki eski hujjatlar shakli memorial order) ga asosan tuziladi.
Buxgalteriya o’tkazmasi oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy turida xo’jalik jarayoni summasi bir hisobvaraqning debeti va ikkinchi bir hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi. Murakkab buxgalteriya o’tkazmasida bir hisobvaraq debetlanib, bir necha hisobvaraq kreditlanishi, va aksincha bir necha hisobvaraq debetlanib, bir hisobvaraq kreditlanishi mumkin. Oddiy buxgalteriya o’tkazmasi shaklida ham murakkab buxgalteriya o’tkazmasi shaklida ham hisobvaraqlarning debet va kreditida aks ettirilgan summalar teng bo’lishi lozim.
Qo’shimcha va salbiy (inkor etadigan) buxgalteriya o’tkazmalari ham bo’ladi.
Buxgalteriya hisobi - xo’jalik hisobining hisob turlaridan biridir. Buxgalteriya korxona, tashkilot, muassasa va birlashmalar xo’jalik faoliyatini to’liq, hamma jarayonlarini uzluksiz hujjatlashtirish va nazorat qilishdir. Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot, muassasa, vazirlik va boshqarmalarning faoliyat ko’rsatish vaqtidan tugatilish vaqtigacha bo’lgan faoliyatini hujjatlarda aks ettirib boradi. Buxgalteriya hisobi yozuvlari har tomondan tekshirilgan hujjatlar asosida olib boriladi, bu buxgalteriya hisobining nazorat ahamiyatini, ma’lumotlar to’g’riligini, hisob ko’rsatkichlari aniqligini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisobi to’g’ri va aniq yuritilayotganligi, shuningdek, tovar moddiy boyliklar, pul mablag’lari, hisob-kitoblar va boshqalarning hisobi to’g’ri olib borilishi inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan ham ta’minlanishi mumkin.
Ishonarli, to’g’ri ko’rsatkichlar hisobvaraqning ilmiy asoslangan usullaridan foydalanish orqali olinadi (buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari, ikki yoklama yozuv, kalkulyatsiyaga qarang). Buxgalteriya hisobida hisoblash mashinalaridan foydalanish ham ko’rsatkichlarni to’g’ri aks ettirish va kerakli ma’lumotlarni o’z vaqtida olish imkonini yaratadi.
Respublikamiz qonunchiligida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarini ongli ravishda to’g’ri ko’rsatmaslik ta’qiqlanib qo’yilgan va bunday xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Buxgalteriya hisobida 3 xil o’lchov birliklaridan foydalaniladi: pul, mehnat va natura o’lchov birligi. (Buxgalteriya hisobining o’lchov birliklariga qarang).
Buxgalteriya hisobi vazifalari bajarilayotganda qo’yilgan talablarga javob berishi lozim. Bu talablar quyidagilardan iborat: korxona, tashkilot, muassasa va birlashmalar faoliyati hujjatlarda to’liq aks ettirilishi, hisob ko’rsatkichlarining aniqligi, moliya va ishlab chiqarish rejalarining haqiqiy bajarilishi, hisob ma’lumotlarining tushunarli bo’lishi, tezkor boshqaruv va nazorat uchun ma’lumotlarni o’z vaqtida olish imkoniyati va hokazo.
Buxgalteriya hisobi oldiga qo’yilgan talablarga to’liq javob bergandagina o’z vazifalarini bajara oladi (buxgalteriya vazifalariga qarang).
Buxgalteriya hisobining asosiy xususiyatlaridan biri uning keng ko’lamda foydalanishidir. Buxgalteriya hisobi qaysi mulkchilik shaklida ekanligidan qat’iy nazar, barcha korxona, tashkilot, muassasalar xo’jalik moliyaviy faoliyatining hamma sohalarida qo’llaniladi.
Buxgalteriya hisobining qaysi va qanday korxona, tashkilot va muassasalarda olib borilishidan qat’iy nazar oldiga qo’yilgan vazifalarni belgilangan talablarga javob bergan holda, belgilangan usullardan foydalanilib bajaradi. Vazirliklar buxgalteriya hisobi boshqaruvini tarmoq boshqarmalari korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobi markazlashtirilgan buxgalteriya yoki buxgalteriya hisobi boshqarmalari orqali olib boradilar. Ular buxgalteriya hisobining umumiy nizomlari asosida ko’rsatma va yo’riqnomalar ishlab chiqadilar. Korxona buxgalteriya hisobini bosh hisobchi boshqaradi. Buxgalteriya hisobi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tartibda tashkil etiladi (markazlashtirilgan buxgalteriya, markazlashtirilmagan buxgalteriyaga qarang).
Buxgalteriya hisobi iqtisodiy fan bo’lib, o’z nazariyasi, o’rganiladigan predmet va o’rganishda qo’llaniladigan usullariga ega. Shu bilan birga tezkor va statistika hisobvaraqlari bilan o’zaro bog’liqdir. Buxgalteriya hisobi boshqa fanlar (audit, moliya, matematika, huquq va boshqalar) bilan ham bog’liqlikda olib boriladi.
Buxgalteriya hisobining yuritilishi mulkning talon-taroj etilishi, xo’jasizlikning oldini olish, iqtisodning hamma sohalarini mos ravishda boshqarish, yurgazish va boshqa afzalliklarni yaratadi.
Buxgalteriya hisobining qaysi xo’jalik tarmog’ida yuritilishiga ko’ra, shu tarmoq xususiyatiga mos ravishda olib boriladi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish