13.8-chizma. Korxonalarda boshqaruv qarorlari qabul
qilishning asosiy bosqiqlari
Boshqaruv qarorlari qabul qilishning dastlabki bosqichida korxona bo’linmalari amaliyotidagi muammolarni aniqlashga e’tibor qaratiladi. Bu bosqichda korxona buxgalteri tomonidan mavjud muammoni hal etish yo’nalishlari ishlab chiqiladi.
Muammolar echimlarining muqobil variantlari aniqlangandan keyin buxgalter har bir muhokama qilinayotgan variantlarni xarajatlarni hisoblash, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini tejash imkoniyati hamda xo’jalik muomalalarining moliyaviy natijalarini aniqlashga ta’sirini tahlil qiladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilishning har bir bosqichida turli xil hisob axborotlaridan foydalaniladi.
Boshqaruv hisobida oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishda mavjud muammolar echimiga ko’p variantlilik tamoyili asosida yondashish talab qilinadi. Bunda muhokama qilinayotgan masalaning ikki yoki undan ortiq variantdagi echimi mavjud bo’lsa, ular orasida eng maqbulini tanlab olish boshqaruv hisobidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Tanlash jarayonida menejer uchun boshqaruv samaradorligini baholash muhim hisoblanadi.
Qo’yilgan muammoni echish uchun talab qilinadigan barcha axborotlar olingach, menejerlar qarorlar qabul qilishning samarali variantlarini tanlashlari mumkin.
Keyingi bosqichda korxona buxgalteri qabul qilingan qarorlar natijalarini tahlil qiladi va o’z xulosalarini rahbariyatga taqdim etadi.
Agar mavjud muammolarning echimlarini topish borasida boshqa choralar ko’rish zarurati bo’lmasa, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni tugallangan hisoblanadi, aks holda barcha bosqichlar qaytadan amalga oshiriladi.
Investitsiya loyihalari bo’yicha boshqaruv
qarorlari qabul qilish
Investitsiya faoliyati korxona tomonidan investitsiya resurslarini (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, aqliy salohiyat, kredit, er va boshqa ko’chmas mulk ob’ektlari kabi) iqtisodiyot sohalariga daromad (foyda) olishni yoki ijtimoiy samaraga erishishni maqsad qilib joylashtirilish jarayonini o’zida ifoda etadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar yo’naltiriladigan sohaga ko’ra ishlab chiqarish va moliyaviy investitsiyalarga bo’linishi ko’rsatib o’tilgan.
Ishlab chiqarish (real) investitsiyasi korxona faoliyatining muayyan sohasi va turiga, real kapital o’sishiga, ya’ni, ishlab chiqarish vositalari, aylanma mablag’lar qiymatining o’sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirishga asosiy omil bo’luvchi xarajatlardir.
Moliyaviy (portfelli) investitsiyalar esa qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy qo’yilmalarga qilingan xarajatlarni ifodalaydi. Bu xarajatlar bevosita moddiy kapitalni ko’paytira olmaydi, ammo korxonaga qo’shimcha foyda keltiradi. Qo’shimcha foyda tarkibiga qimmatli qog’azlar kursining vaqtga qarab ijobiy o’zgarishi yoki ijobiy valyuta tafovuti kiritiladi.
Investitsiya pul mablag’larini biror-bir faoliyat turiga ma’lum muddatga sarflanishiga qarab, uzoq (1 yildan ortiq) va qisqa muddatli (1 yilgacha) investitsiyalarga bo’linadi.
Investitsiya xarajatlari faqat kelgusida daromad keltirganligi bois investitsiya faoliyati korxonalar uchun murakkab hisoblanadi. Shu sababli, korxonalar oqilona investitsiya qarorlari qabul qilish uchun dastlab taklif etilayotgan loyihalarning iqdisodiy samaradorligini baholashlari hamda ularning ko’p mablag’ talab qiladigan tomonlari haqida aniq ma’lumot olishga harakat qilishlari lozim.
Investitsiya loyihasi aniq, puxta o’ylangan g’oyaga, maqsadga ega bo’lgan (shu jumladan kapital qurilish ham), uni amalga oshirish uchun investitsiya qo’yilishini talab qiladigan xarajat dasturidir.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkita sharti mavjud: loyihaga ma’lum miqdorda mablag’lar sarflash zaruriyati, mablag’larni sarflash va qoplash (foyda olish) o’rtasida muayyan vaqt mavjudligi.
Investitsiya loyihalarini yaratish va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
– investitsiya g’oyalarining shakllanishi, ya’ni, g’oyani tanlash va dastlabki asoslash, ekologik nuqtai nazardan bir qarorga kelish, uni amalga oshirish davomida qo’yiladigan talablarga javob berish;
– investitsiya imkoniyatlarini izlash, ya’ni, ishlab chiqariladigan mahsulotga yoki xizmat turiga bo’ladigan talabni o’rganish, loyiha ishtirokchilari tarkibi bo’yicha takliflar, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash;
– loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi;
– shartnomaga oid hujjatlarni tayyorlash;
– tender savdolariga tayyorgarlik;
– salohiyatli investorlar bilan muloqotlar;
– loyiha hujjatlarini tayyorlash;
– nostandart texnologik jihozlarni tayyorlovchi va etkazib beruvchilarni aniqlash;
– qurilish-montaj ishlari;
– ob’ektni ishlab chiqarishda tajribadan o’tkazish, iqtisodiy ko’rsatkichlar monitoringi va ob’ektni loyiha quvvatiga etkazish.
Investitsiya loyihalarni amaliyotga tatbiq qilish jarayoni ikkita bosqichga ajratiladi.
Loyihani ishlab chiqish loyiha maqsadlariga erishish uchun amalga oshiriladigan boshlashg’ich jarayon bo’lib, u dastlabki hisob-kitoblarni bajarish, qulay variantlarni tanlash, loyiha qarorlarini iqtisodiy jihatdan asoslashdir.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda asosiy vazifa – loyihani amalga oshirish haqida qaror qabul qilish va bu loyihaga investitsiya ajratish maqsadida har taraflama texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlashdir. Agar loyiha tijorat xususiyatiga ega bo’lsa, texnik-iqtisodiy asosnomaga qo’shimcha ravishda loyihaning biznes-rejasi ham ishlab chiqilishi lozim.
Loyihani amalga oshirish uni amaliy jihatdan ro’yobga chiqarish, loyihani muayyan iqtisodiy voqelikka aylantirish, loyihani oldiga qo’yilgan barcha maqsadlarga erishishdir.
Amaliyotda investitsiya jarayoni uch asosiy fazaga bo’linadi. Bunda investitsiya jarayonining butun davri loyihaning hayotiy muddati yoki hayotiy jarayoni deb ataladi.
Investitsiya loyihasi jarayoni fazalarining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlarini aniq tasavvur qilish uchun quyidagi chizmaga murojaat qilamiz (13.11-chizma).
Daromadlar
Daromadlarning
egri chizig’i
t1 Vaqt
0 t0
Investitsiyalar-
ning egri chizig’i
Birinchi Ikkinchi Uchunchi
faza faza faza
Investitsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |