O’zbekiston Respublikasi
oliy va O’rta maxsus ta`lim vazirligi
buxoro Davlat universiteti
SIRTQI 3-3 iqtim 21 GURUH
Talabasi
NOZANIN IZZATOVANING
FANIDAN
Tavakkalni baholash va uni pasaytirish yo‘llari
Reja:
KIRISH
Tavakkalchilik va uning iqtisoddagi ahamiyati.
1.1. Iqtisodda noaniqlik, noaniqlik sharoitida iqtisodchi tanlovi.
1.2.Tavakkalchilikni baholash va o’lchash
1.3. Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat
O’zbekistonda tavakkalchilik
2.1. O’zbekistonda tavakkalchilikni pasaytirish chora tadbirlari.
2.2. Iqtisodiy qaror qabul qilishda tavakkalchilikni kamaytirish omillari.
2.3. Tavakkalchiliklarni qo’shish va taqsimlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlat ro’yxati
KIRISH
Iqtisodda qaror qabul qilishda noaniqlik va tavakkalchilikni ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, avvalo noaniqlik va tavakkalchilikni kundalik hayotdagi ahamiyatiga qarashimiz kerak. Avvalambor shuni aytish lozimki hayotdagi har bir hodisa bir o’zgacha jumboq, noaniqlikni o’zida mujassamlantiradi. Hamma narsa ham aniq bo’lavermaydi. Bunday paytlarda bir qarorga kelish, bizga eng yaxshi yo’lni tanlash masalasi oldimizda turadi. Bu holatda nazariya va amaliyotga tayangan holda tavakkal qilinadi. Biz mazkur ishda iqtisoddagi tavakkalning o’rni haqida gapirib o’tamiz.
Bilamizki iqtisoddagi barcha ko’rsatkichlar (narx, iste’molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan bo’lmaydi. Bunday paytda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog’liq. Ma’lumki, to’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni iqtisodchi malum bir miqdorda o’z daromadini yo’qotadi. Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Hayotda shunday vaziyatlar bo’ladiki noaniqlik (tavakkal) darajasini tanlashimizga to’g’ri keladi. Masalan, biz malum miqdorda pul yig’dik. Bu jamg’arilgan pulni nimaga sarflasak bo’ladi? Nima qilsak bu pul bizga yuqori daromad keltiradi? Shu pulni bank hisob varag’i kabi biron-bir xavfsizroq joyga qo’ygan ma’qulmi yoki xavfi kattaroq bo’lsada, fond birjasi kabi daromadi yuqoriroq joyga qo’yish ma’qulmi? Yana boshqa bir misol ish yoki lavozimni tanlash masalasi bo’lishi mumkin. Yirik, barqaror, ish bilan ta’minlanish ishonchli bo’lgan, lekin xizmat vazifasi bo’yicha ko’tarilish cheklangan kompaniyada ishlash yaxshimi yoki o’sish uchun imkoniyatlari katta, ammo bandlik kafolatlari past bo’lgan yangi korxonaga ishlash ma’qulmi?
Bulardan ko’rinib turibtiki daromadi kata bo’lgan yani naflilik darajasi yuqori bo’lgan yo’llarda tavakkalchilik ham kata bo’ladi. Qanchalik katta tavakkalchilikka qo’l ursak shuncha katta daromad keltiradi yoki aksincha. Lekin doim ham katta risk yuqori darajada daromad keltiradi degani emas. Iqtisodchi bunday paytda hamma mablag’ini yo’qotib qo’yishi ham mumkin. Shu sababli ham ba’zi tadbirkorlar kam daromad bo’lsa ham tavakalchilikdan qochib kafolatlangan natijali ishga mablag’larini sarflashadi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo’qotish) darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko’rishga imkon beradi.
Iqtisodda tavakkal taxlil qilish jarayonida o`zbek olimlaridan G`ulomov va Egamberdiyev muallifligidagi kitoblar katta yordam berdi. Bu mavzuning dolzarbligi shundaki har bir tadbirkor faoliyatidagi noaniqlik (tavakkal) ning miqdorini bilish bilan oldini olish yoki bu yo’qotishlarni kamaytirish va bu holat jamiyat uchun zarar keltirmasligi kerakligidir. Kurs ishini yozishdan maqsadlar:
Tadbirkorlarning noaniqlik sharoitidagi faoliyatini tahlil qilish
Tavakkalchilikni kamaytiruvchi omillarni o’rganish.
Tadbirkorlarning tavakkalchilikka bo’lgan munosabatlarini o’rganish.
Bu xususida O’zbekistonda olib borilayotgan chora tadbirlar va bularni insonlar hayotidagi muhim rolini tahlil qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |