I-5 guruh Ikramov Murodjon



Download 15,86 Kb.
Sana22.10.2022
Hajmi15,86 Kb.
#855445
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot Ikramov M I-5


I-5 guruh Ikramov Murodjon
2. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Pozitiv va normativ mikroiqtisodiyot.

Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va alohida iste`molchilar qay darajada foydalanishini o`rganadi. Ko`pchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan sub`ektlar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni va o`zaro xatti-harakatlarini o`rganishdir: ular qancha ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil bo`lganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va xizmatlar bo`lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo`jaligi o`zining har bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham o`zining har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori darajasi bilan ta’minlay olmaydi.


Resurslarni cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov muammosini qo`yadi:

  • nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish?

  • qanday texnika va texnologiyani qo`llash?

  • ishlab chiqarilgan kim tomonidan mahsulot iste’mol qilinadi?

Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida - ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yo`llarini o`rganish turadi.
Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini ko`zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko`pincha inson bir iqtisodiy ne’matningma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi.
Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo`lgan 3 metr mato bo`lagidan yo ko`ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham sizda ham ko`ylak, ham kamzul tikish imkoni yo`q. Bu vaziyatda tanlash kerak bo`ladi. Bu tanlov yo ko`ylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni ko`zda tutadi. Ko`ylakni tanlash qarori kamzulga ega bo`lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi ko`ylakning qimmati kamzulga ega bo`lib, olish mumkin bo`lgan foyda va quvonchlarga teng. Unda ko`ylakning muqobil qiymati borligi aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati ko`ylak bo`ladi.
Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini o`rganib, mikroiqtisodiyot fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam resurslarni sarflab, o`zining eng ko`p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir. Bu ko`plab yo`llar ichidan inson cheklangan resurslardan yaxshiroq foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan bo`lganida, tanlov mumkin bo`lmasdi. Agar cheklanganlik bo`lmaganida, unda tanlov kerak bo`lmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror bilan cheklanmasdan, ularning ko`piga egamiz. Tanlov resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`llari o`rtasida boradi va resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`li kam xarajatlarda eng yuqori natijani ta’minlovchi yo`l bo`ladi.
Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan voqealarni tushuntirish bilan shug’ullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda iste’mol etiladigan xomashyo narxi o`zgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan bo`shatish yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma ularning qanchasini bo`shatish yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shular mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.
Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab chiqarish maqsadida firma, ish kuchi, kapital qo`yilmalar hajmi va xomashyoning rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qo`llaydi. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari bo`lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining o`zgarishiga, va shuningdek, bo`lg’usi o`z mahsulotining narxiga ko`ra firma ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.
Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko`rinishi o`zaro farqlanadi:
a) pozitiv mikroiqtisodiyot;
b) normativ mikroiqtisodiyot
Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o`rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo`lishi kerak, degan savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar importiga kvota belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida nima o`zgaradi? Bu avtomobillardan foydalanuvchilarga va avtomobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar paydo bo`ladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi. Mikroiqtisodiyotda pozitiv tahlil markaziy o`rin egallaydi. Benzinga yangi hukumat darajasida soliq belgilash ko`rib chiqilyapti, deb faraz qilaylik. Yangi soliq kiritilishi bilan benzin narxi o`zgaradi, bu benzinni kam sarflaydigan avtomashinalarga bo`lgan talabni, shuningdek bu mashinalardan kundalik hayotda foydalanilishi va boshqa narsalarni o`zgartirib yuboradi. O`z faoliyatini oqilona rejalashtirish uchun neft va avtomobilsozlik kompaniyalari davlat soliq siyosatining turli oqibatlari qanday bo`lishini aniqlashlari kerak bo`ladi. Bu ishni avtomobil uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar, sayohat bilan shug’ullanuvchi firmalar ham bajarishi kerak. Avtomobil kompaniyalari soliq qabul qilingandan keyingi maksimal foydani, katta va kichik litrajli avtomobillar ishlab chiqarish hajmini aniqlashni, tejamli avtomobillarni ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan kapital qo`yilmalar miqdorini belgilashni xohlaydilar. Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi. Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. Benzin solig’i maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq optimal miqdori qanday bo`ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil ko`pincha baho berish xususidagi mulohazalar bilan to`ldiriladi. Masalan, benzinga soliqni import qilinadigan neft uchun qo`yilgan boj bilan taqqoslab shunday xulosaga kelish mumkin, garchi neft solig’ini boshqarish yengil bo`lsa-da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha ko`proq ta’sir o`tkazishi mumkin. Bunday vaqtda jamiyat ijtimoiy adolatni iqtisodiy samaradorlik bilan qiyoslab ko`rishi zarur bo`ladi. Baho berish xususidagi mulohazalar qo`llanilgan paytda mikroiqtisodiy siyosatning eng yaxshi variantayo`li nimadan iborat, degan savolga javob berishga qodir bo`lmaydi. Ammo mikroiqtisodiyot omillarning o`zaro ta’sirini ko`rsata biladi va bu bilan bahsli munozara oydinlashishiga yordam beradi.
Download 15,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish