Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini rivojlantirish ularda boshqaruv hisobini tashkil etishning istiqbolli usullaridan foydalanishga bevosita bog’liq.
Xalqaro tajribada korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning quyidagi ikkita tizimi mavjud:
– avtonom;
– integratsiyalashgan.
Integratsiyalashgan va avtonom hisob tizimlarini tashkil etish maqsadi, tarkibi, tamoyillari va vazifalari hamda ularning kompyuterlashtirilish darajasi korxonaning yagona hisob yurtish siyosatida belgilab qo’yiladi.
Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom tizimining xususiyati shundaki, unda moliyaviy va boshqaruv hisobi chegaralari aniq belgilangan bo’ladi. Bunga ko’ra, moliyaviy hisobda xarajatlar iqtisodiy elementlari bo’yicha, boshqaruv hisobida esa kalkulyatsiya moddalari bo’yicha tasniflanadi. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini olib borish uchun 9100 – “Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”, 9400 – “Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” kabi tranzit hisobvaraqlardan foydalaniladi.
Moliyaviy hisob sintetik hisobni tashkil etish uchun mo’ljallanganligi sababli, u mahsulotlar ishlab chiqarish, ish va xizmatlar bajarishga sarflangan xarajatlar summasini aniqlaydi, ammo ularning paydo bo’lish jarayonini hisobga olmaydi. Boshqaruv hisobi esa bu kabi jarayonlarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi.
Savdo korxonalarida avtonom hisob tizimini tashkil etishda mahsulot sotishdan olingan tushum moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobdi ham aks ettiriladi. Bu holat hisob axborotlaridan tashqi foydalanuvchilar uchun soliq to’lovlari haqidagi ma’lumotlarnir olishga yordam beradi.
Boshqaruv hisobini yuritishning avtonom tizimida 9910 – “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’ida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan moliyaviy natija marjinal foyda va daromad ko’rinishida hisobga olinadi.
Moliyaviy hisobda 9910 – “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’ida balans foydasi shakllanib, u nafaqat asosiy faoliyatdan olingan foyda, balki boshqa faoliyatdan foyda (daromad)larni ham qamrab oladi. Moliyaviy hisobda tovar-moddiy zahiralar hisobot yili oxirida inventarizatsiyadan o’tkazilgandan so’ng ro’yxatga olinadi. Moliyaviy natijani aniqlashda esa sotishdan olingan sof tushumga yil oxiridagi TMZlar qiymati qo’shilib, sarflangan barcha xarajatlar ayriladi.
Integratsiyalashgan hisob tizimida xo’jalik muomalalarini ifodalashda tranzit hisobvaraqlardan emas, balki yagona hisobvaraqlar tizimidan foydalaniladi. Bunda qoldiqga ega bo’lgan hisobvaraqlar bir vaqtning o’zida ham moliyaviy hisobga, ham boshqaruv hisobiga tegishli bo’ladi.
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
– buxgalteriya hisobining markazlashgan tizimi yaratish;
– moliyaviy, boshqaruv va ishlab chiqarish hisobini yuritish hamda ularni o’zaro muvofiqlashtirish;
– tezkor boshqaruv axborotlarini olish uchun hujjatlar aylanishini tashkil etish;
– hisob tizimini avtomatlashtirish;
– boshqaruv axborotlarining maxfiyligini ta’minlash;
– samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini beradigan hisobotlar tizimini ishlab chiqish;
– korxona iqtisodiy, ishlab chiqarish bo’linmalari faoliyatini byudjetlashtirish va moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish;
– moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish ustidan nazorat o’rnatish.
K Материал бўлими
Ҳисоб-китоб бўлими
Ишлаб чиқариш (калькуляция бўлими)
Умумий бўлим
orxonalarda buxgalteriya hisobi xizmatining markazlashgan tizimi singari 13.1-chizmada tasvirlangani bo’ladi. Amaliyotda korxonalarda tijorat sirining maxfiyligini ta’minlash uchun moliyaviy hisob hisobvaraqlarida faqat qoldiqlar ko’rsatilib, boshqaruv hisobi hisobvaraqlarida esa xo’jalik muomalalari to’lig’icha aks ettiriladi.
Korxona rahbari
Korxona rahbarining iqtisodiy ishlar bo’yicha o’rinbosari
Korxonaning buxgalteriya xizmati (bosh buxgalter)
Material bo’limi
Hisob-kitob bo’limi
Ishlab chiqarish (kalkulyatsiya bo’limi)
Umumiy bo’lim