Guliston davlat universiteti axborot texnalogyalari fakulteti matematika yo



Download 3,87 Mb.
bet7/17
Sana09.07.2022
Hajmi3,87 Mb.
#765688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Malakaviy amaliyot hujjatlari ABBOS (2)

Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa. : kitobdan 3-4 betlerni mavzuni o’qib kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ____________

Sana: _______________ Sinf : ____________________________




Mavzu: Xaritalarning turlari. Globus
Darsning maqsadi:


1. Ta`limiy maqsad: Xaritalarning turlari. Globus haqida ma’limotlar berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini va tafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. savol- javob
Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1.Xaritalarning turlari. 2.Globus


Yangi darsning bayoni.


Xaritalarning turlari. Xaritalar masshtabiga, ularda tasvirlangan fazo yoki maydonning ko‘lamiga, mazmuni, vazifasi va tuzilaishiga ko‘ra bir qancha turlarga bolinadi.Xaritalar masshtabiga qarab quyidagi turlarga bolinadi: yirik masshtabli-1:10000 dan 1:200000 gacha, o‘rta masshtabli - 1:200000 dan 1:1000000 gacha, mayda mashstabli - 1:1000000 dan kichik. Xaritalar ularda nima tasvirlanganligi va fazo yoki maydonning ko‘lamiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: yulduzlar xaritasi, sayyoralar va Yer xaritasi, yarim sharlar xaritalari, materiklar va okeanlar xaritalari, tabiiy-geografik o‘lkalar va dengizlar xaritalari, mamlakatlar xaritalari, ma’muriy birliklar xaritalari, maxsus hududlar (qoriqxonalar, sayohatbop joylar) xaritalari, shahar va viloyatlar, tumanlar xaritalari.Mazmuniga ko‘ra xaritalar ikkita yirik guruhga bo‘linadi: umumiy geografik xaritalar va mavzuli xaritalar.Umumiy geografik xaritalarda joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi: relyef, daryo, ko‘l, muzlikalar, tuproq va o‘simlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, xo‘jalik tarmoqlarining tarkibi, aloqa yo‘llari, chegaralar va h.k.Mavzuli xaritalar, o‘z navbatida, yana ikki guruhga - tabiiy va iqtisodiy xaritalarga bo‘linadi. Tabiiy-geografik xaritalarga Yer yuzasi va okean tagi relyefi, iqlim, tuproq, o‘simlik, hayvonlar, landshaft, tabiatni qo‘riqlash, foydali qazilmalar konlari xaritalari kiradi. Ijtimoiy- iqtisodiy xaritalar, iqtisodiy, tarixiy, madaniy - siyosiy, siyosiy - ma’muriy xaritalardan iborat bo‘ladi.Vazifasiga ko‘ra xaritalar yana ilmiy, madaniyat va tashviqot, texnik, sayohat xaritalri, o‘quv xaritalariga bo‘linadi.Geografik atlaslar va ularning turlari. Atlaslar to‘la va aniq ma’lumotga ega bo‘lgan, yagona dastur asosida tuzilgan, tartibga solingan xaritalar to‘plamidir. "Atlas" atamasi fanga flamand xaritashunosi Merkator tomonidan kiritilgan. U o‘zi tuzgan xaritalar to‘plamini (1595-yil) Liviyaning afsonaviy qiroli Atlas nomi bilan ataydi. Birinchi xaritalar to‘plami II asrda Klavdiy Ptolemey tomonidan tuzilgan. Hozirgi zamon atlaslarining asosiy xususiyatlari undagi xaritalarning bir butunligi, bir-biriga muvofiqligi va bir-birini to‘ldirishidir.Atlaslar ham xaritalarga o‘xshab juda xilma-xil bo‘ladi. Ular qamrab olgan maydoniga ko‘ra sayyoralar, dunyo, materiklar, tabiiy-geografik o‘lkalar, davlatlar, viloyatlar atlaslariga, mazmuniga ko‘ra umumiy geografik va mavzuli atlaslarga bo‘linadi, vazifasiga ko‘ra ilmiy, ommabop (o‘lkashunoslik), o‘quv atlaslari, sayohatlar va yo‘llar atlaslariga bo‘linadi.Ilmiy atlasalar ma’lum bir joy haqida to‘la, ilmiy asoslagan ma’lumot beruvchi atlaslardir. Bunday atlaslarda shu joyning tabiiy sharoiti, xo‘jaligi, aholisi va madaniyati ko‘rsatiladi.Ommabop (o‘lkashunoslik) atlaslar keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, ular foydalanishga qulay va oson qilib tuziladi. Ularda rasmlar, chizmalar, ma’lum bir hudud tog‘risidagi ma’lumotlar, tarixiy yodgorliklar ko‘rsatiladi.O'quv atlaslari maktablar va oliy o‘quv yurtlarida foydalanish uchun mo‘ljallanadi. Atlasning turlari, unda ko‘rsatilgan ma’ulmotlarning aniqligi oquv dasturiga qarab har xil bo‘lishi mumkin.Globus va uning turlari. Globus Yerning juda kichraytirilgan modeli bo‘lib, unda Yer yuzasi, materiklar va okeanlar, tog‘lar va tekislikalr shakli o‘ziga o‘xshatib aniq va to‘g‘ri tasvirlanadi.Birinchi globusni vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy XI asr boshida yasagan. Keyinchalik, XV asrda nemis olimi Bexaym tomonidan Yevropada ham globus yasalgan.Globus masshtabiga ko‘ra mayda, o‘rta va yirik masshtabli bo‘ladi. Mayda masshtabli globuslar eng kichik hisoblanadi, ularning masshtabi 1:83 000 000, o‘rta masshtabli globuslarning masshtabi 1:40 000 000 dan 1:70 000 000 gacha va yirik masshtabi 1:30 000 000 ga teng. Bulardan tashqari, o‘quv va boshqa maqsadalar uchun juda yirik masshtabli ulkan globuslar ham yasaladi. Ana shunday globuslardan biri Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining geografiya fakultetida o‘rnatilgan.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish