Iqlim quruq, O’rmonlarda ochiq urug’li, nina bargli, sagovniklar, qisman sporali, poporotniklar, qirqbo’g’imlilardan iborat bo’lgan.
Sudralib yuruvchilarning xilma xilligi ortgan, orqa oyoqlari kuchli rivojlangan. Hozirgi davrdagi kaltakesak, toshbaqa ajdodlari shu davrda hosil bo’lgan. Dastlabki kalomushdek kattalikdagi sutemizuvchilar paydo bo’lgan.
|
Iqlim nam daraxtsimon o’simliklar avj olib rivojlandi. O’rmonlarda ochiq urug’li va paparotniklar hukmronlik qilgan. Gulli o’simliklar shu davrda tarqalgan. O’txo’r sudralib yuruvchilar, yiriklashgan, ular suv muhitiga va havo muhitiga moslashgan. (Arxepteriks)
|
Atmosfera quruq va shaffof bo’lgan. Bu holatda ochiq urug’li va paparotniklar kamaygan. Yopiq urug’li o’simliklar avj olib rivojlangan. Bo’r davrining o’rtalariga kelib yopiq urug’li o’simliklarning bir urug’ pallali, ikki urug’ pallali o’simliklarning ko’plab turlari kelib chiqdi. Ularning xilma – hilligi, tashqi qiyofasi ko’p jixatdan hozirgi zamon florasiga o’hshagan. Yirtqich, o’txo’r sudralib yuruvchilar tanasi kattalashgan. Ularning ustki qismi qalqondorlar bilan qoplangan. Qushlar tishli bo’lib boshqa hislatlari bilan hozirgi qushlarga o’hshagan.
Sutemuzuvchilarning xaltali va yo’ldoshli kenja tipi paydo bo’ldi.
|
Iqlim issiq va nam bo’lgan. Tropik va Subtropik o’simliklar keng tarqalgan. Davr o’rtalarida iqlim mo’tadil ohiriga kelib keskin sovigan. Iqlimning sovishi daraxtlarning kamayioshiga, o’simliklarning ortishiga sabab bo’lgan. Hashorotlar sinfi avj olib rivojlandi, shuningdek o’simlik nektari bilan oziqlanadigan turlari ham kelib chiqdi. Sudralib yuruvchi hayvonlar ham kamaygan. Davr ohiriga kelib hozirgi kunda ma’lum avlodlari paydo bo’lgan. Davr ohirida haltali sutemuzuvchilardan yo’ldoshli sutemuzuvchilar ustunlik qilgan. Shu jumladan primatlar ham kelib chiqqan.
|
Shimoliy muz okeani muzlarining bir necha marta janubga siljishi va orqaga chekinishi issiqsevar o‘simliklarning janubga va yana shimolga tomon siljishi yana shimolga tarqalishiga sabab bo‘lgan. Bu davrda odam evolutsiyasi tezlashdi. Odam yashash uchun kurashda yutib chiqish uchun atrof muxitni O‘ziga moslashtirdi. Dastlabki ovchilik shakllanishi bilan o‘txo‘r yovvoyi xayvonlar soni keskin kamaygan. Yevropa va Osiyoda mamontlar, qalin yungli karkidon, Amerika mastodontlar ot ajdodlari, baxaybat yalqovlar, dengiz sigiri, kabi hayvonlar ovchilar tomonidan qirib yuborildi. O’txo’r hayvonlarning qirilishi yirtqich g’or arsloni va ayig’i qirilib ketgan. Daraxtrlar kesilishi yaylovlarning avj olib rivojlanishiga sabab bo’lgan.
|