II Bob. Hozirgi zamon ingliz tili qo’shma
gaplarining o’zbek tilida tarjimasi va ular sintaktik-semantik moslashuvi
2.1. Ingliz tili qo’shma gaplarining o’zbek tilida sintaktik
moslashishi.
« There was fighting in the mountains and at night we could see the Flashes from the artillery’’ (F.A. Ch.I 3p) (Compound sentence).
«Tog’da jang ketmoqdaydi, kechalari portlashlardan yolqinlar ko’tarilardi.» (A.Q. B.I 17-b).
I.G’ofurov tomonidan qilingan bu tarjima mazmun jihatdan moslashgan, ingliz tilidagi bog’langan qo’shma gap (compound sentence) o’zbek tilida bog’lovchisiz qo’shma gap tarzida berilgan. Ikkinchi gapda ega bo’lib kelgan (we) o’zbekcha variantda qatnashmagan. Ingliz tilida vositasiz to’ldiruvchi bo’lib kelgan (the Flashes) o’zbek tilida ega bo’lib kelmoqda.
«The town was very nice and our house was very fine.» (F.A. Chll.
P4) (compound sentence).
«Shahar juda ajoyib, biz turgan uy esa juda chiroyli edi.» (A.Q. BII. 9-b). (bog’lovchisiz qo’shma gap).
Bu misolda ham ingliz tilida «and» bog’lovchisi bilan bog’langan qo’shma gap o’zbek tili variantida bog’lovchisiz berilgan.
“It turned cold that night and the next day it was raining.” (F.A. Ch21. P99). (compound sentence).
«Kechasi sovuq bo’ldi, ertasiga yomg’ir yog’di.» (A.Q. B22. 151-bet). (bog’lovchisiz qo’shma gap).
Tarjima mahorat bilan qilingan, ammo I. G’afurov qo’shma gapning leksik-semantikasidan kelib chiqib tarjima qilganlar, ammo ularning bog’lanishiga e’tibor bermaganlar. Ingliz tilida bo’glangan qo’shma gap, o’zbek tilida bog’lovchisiz qo’shma gapga o’zgargan.
«When I could go out we rode in a carriage in the park.» (F.A. ChlS.PSO) (clause of time).
«Menga o’rindan turishga ijozat berganlaridan so’ng, biz bog’ga sayrga bora boshladik.» (A.Q. B18. 118-b) (payt ergash gapli qo’shma gap).
Bu gap tarjimasida ham xuddi yuqorida ko’rib o’tgan vaziyat, ingliz tilidagi payt ergash gapli qo’shma gap, o’zbek tiliga ba’zi kompanentlari qoldirilgan holda (in a carriage) payt ergash gapli qo’shma gap tarzida o’girilgan. Vaholangki bunda tarjimonning mahorati, til qolipllaridan ustun kelmoqda va ikki oilaga mansub bo’lgan tillar grammatik jihatdan to’liq bir-biriga mos kelishligi yana bir bor o’z isbotini topdi.
‘When I was awake after the operation I had not been away.»[F.A. Chl7. P77] (clause of time)
«Operatsiyadan so’ng uyg’onganimda o’zimni go’yo tubsiz bo’shliq ishra yo’q bo’lib ketayotganday sezdim.» [A.Q. B17. 114-b] (o’xshatish ergash gap).
Bu misolda ingliz tili variantida payt ergash gap o’zbek till variantida o’xshatish ergash agpli qo’shma gap tarzida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |