29.Qaysi qatordagi otlarga І shaxs birlikdagi
egalik qo’shimchalari qo’shilgan?
A) ruchkang, noning B) olmam, boltam
C) ishtiyoqi, orzusi D) shahringiz,
o’g’lingiz
30.Ismlarni boshqa so’zlarga tobelantirib
bog’lash uchun xizmat qiluvchi
qo’shimchalar.
A) so’z yasovchi qo’shimchalar
B) lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar
C) egalik qo’shimchalari
D) kelishik qo’shimchalari
31.Turlanish deb nimaga aytiladi?
A) Ismlarning egalik qo’shichalari bilan shaxs
va sonda o’zgarishi
B) Ismlarning kelishik qo’shimchalari bilan
o’zgarishi
C) Ismlarning shaxs-son qo’shimchalari bilan
o’zgarishi D) A, B
32.Otlar bosh kelishik shaklida kelsa asosan
qanday gap bo’lagi vazifasida qo’llanishi
mumkin?
A) ega, ot kesim, undalma
B) ot kesim, hol, ega
C) ega, to’ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi
D) har qanday gap bo’lagi vazifasida kelishi
mumkin.
33.Qaysi hollarda qaratqich qo’shimchasi
tushib qolmaydi?
1. qaratqich kelishigi atoqli otga qo’shilsa
2. qaratqich kelishigi turdosh otga qo’shilsa
3. qaratqich va qaralmish o’rtasida boshqa
so’z qo’llansa 4. qaratqich kelishigi
olmoshga qo’shilsa 5. qaratqich kelishigi
sifatdoshga qo’shilsa
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 4, 5
C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5
34.Tushum kelishigi shaklini olgan so’z qanday
fe’lga bog’lanadi?
A) o’timli fe’lga B) o’timsiz fe’lga
C) to’liqsiz fe’lga
D) har qanday fe’lga bog’lanishi mumkin
35.Jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan
so’zlar gapda, asosan, qanday gap bo’lagi
vazifasida keladi?
A) o’rin holi va kesim
B) payt holi, aniqlovchi, kesim
C) o’rin holi, payt holi va to’ldiruvchi
D) to’ldiruvchi, kesim, o’rin holi
36.Nuqtalar o’rniga qaysi kelishik
qo’shimchasini qo’yish mumkin?
Qadim zamon...CHin mamlakati...bir ulug’
podshoh o’tgan ekan.
A) –ni, -da B) –da, -da
C) –da, -ning D) –dan, -da
37. O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi qanday
otlarga qo’shilib kelayotganini tartib bilan
belgilang.
1. tongda 2. o’rtada 3. pastda 4. kuzda
5. shaharda 6. dastgohda 8. senda
A) payt, o’rin, o’rin, narsa, o’rin, payt,
narsa, shaxs otlariga
B) narsa, narsa, o’rin, payt, o’rin, payt,
narsa, shaxs otlariga
C) payt, shaxs, shaxs, narsa, o’rin, payt,
narsa, shaxs otlariga
D) payt, o’rin, o’rin, payt, o’rin, payt, narsa,
shaxs otlariga
38.Odamlar u... she’rlari.... hayajonsiz
o’qimaydigan, kitoblarini do’konlardan qidirib
yuradigan bo’ldilar. Nuqtalar o’rniga qaysi
kelishik qo’shimchalarini qo’yish mumkin?
A) –ni, -ni, -ni B) –ning, -ning, -ning
C) –ni, -dan, -ni D) –ning, -ni, -ni
39.Qaratqich kelishigining qisqargan shakli
berilgan gapni aniqlang.
A) Olmazorlar gulin to’kadi, Meva bog’lab
shoxin bukadi.
B) Har oila o’chog’in o’z qutlug’ tarixi bor.
C) CHappar urib gullagan bog’in,
O’par edim vatan tuprog’in D) B, C
40.Qaysi gapda qaratqich kelishigi qo’llanishi
lozim edi?
A) Uy tomi shifer qilinmagan edi.
B) Kattagina hovlimiz oldida bir tup chinor
bor.
C) Majlisda o’tirganlar shirin xayoli faqat
g’alabada edi.
D) Ona yurtin polvonlari marrada doim ilg’or
Do'stlaringiz bilan baham: |