Grammatika. Morfologiya.
Ot so’z turkumi
1. Qanday qo’shma otlar ajratib yoziladi?
A) ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan
turdosh otlar
B) ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan
atoqli otlar
C) ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo’lgan
qo’shma otlar
D) qo’shma otlar faqat qo’shib yoziladi
2.O’lmasning onasi uyda o’tiradi, do’ppi
tikadi. Ushbu gapda ot so’z turkumiga oid
nechta so’z bor?
A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta
3.Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko’ra
qanday turlarga bo’linadi?
A) aniq va mavhum otlar
B) shaxs nomlari va joy nomlari
C) sodda va qo’shma otlar
D) to’g’ri javob berilmagan
4.Mavhum ot yasovchi qo’shimchalarni toping.
A) -goh , -xona , -loq B) -chi , -dosh , -kash
C) -gich , -k , -zor D) -lik , -ch , -inch
5.Qaysi qatordagi gapda kelishik
qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish
mumkin?
A) Bog’imizdagi gullarning mayin hidi sabo
bilan taraladi.
B) Ishonch odamni buyuk ishlarga undaydi.
C) Hech qachon eldan chiqmaslik zarur.
D) Jomiy barcha xalqlarga, shu jumladan,
o’zbek xalqiga, uning tili va madaniyatiga
chuqur hurmat bilanqaradi.
6
.
Morfologiyaga oid atama qaysi javobda
berilgan?
A) bog’lama, shakliy yozuv
B) jargon so’zlar, tasviriy ifoda
C) bog’lovchi, o’timlilik
D) fonema, bo’g’in
7.Otlarning erkalash shaklini hosil qiluvchi
qo’shimchalarni belgilang
A) -cha, -choq B) –chak, -ch
C) –lar, -im D) –gina, -jon
8.Qaysi ot yasovchi qo’shimchalarning juftligi
o’zaro sinonim bo’la olmaydi?
A) –kor, -chi B) –shunos, -chi C) –paz, -chi
D) berilganlarning barchasi o’zaro sinonim
bo’la oladi.
9.Mavhum otlar berilgan qatorni toping
A) ostona, hujayra B) yulduz, qirov
C) suvdon, sadaf D) ovunch, xayol
10.Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarni
belgilang.
A) tinch, xurramlik, ahillik, yupanch
B) ezmalik, g’allachilik, terim, serobgarchilik
C) gulchi, mahalladosh, o’simlikshunos, vazir
D)tomoshagoh, qumloq, darsxona, bug’doyzor
11.Qaysi qo’shimcha otlarda achinish
ma’nosini ham ifodalaydi?
A) –choq B) -lar C) -xon D) -gina
12.Otlarga qo’shilgan –gina yuklamasini –gina
erkalash, achinish qo’shimchasidan qanday
farqlash mumkin?
A) -gina yuklamasi hamisha so’zning oxirida
keladi;egalik, ko’plik qo’shimchalari undan
oldin keladi
B) -gina yuklamasi egalik , ko’plik
qo’shimchalaridan keyin keladi.
C) -gina yuklamasi asosan chiziqcha bilan
ajratib yoziladi, -gina erkalash, achinish
qo’shimchasi esa qo’shib yoziladi
D) -gina yuklamasi urg’u oladi, -gina erkalash,
achinish qo’shimchasi esa urg’u olmaydi
13. Qaysi gapdagi -cha qo’shimchasi kesatish
ma’nosida ishlatilmoqda ?
A) Bog’da jajji qizcha gullarga suv quyar edi.
B) Bu kishi xam shoircha, she’r yozib turadilar
C) Sojida Saidaning kichik singilchasi, u ham
bog’chaga qatnaydi.
D) Men uychamiz tomini berkitdim.
14. Bizning o’g’lonlar , sizning o’gitlar
birikmalaridagi bosh so’zlarda qanday
qo’shimcha tushib qolgan ?
A) І shaxs ko’plik va ІІ shaxs ko’plikdagi
egalik qo’shimchalari
B) І shaxs birlik va ІІ shaxs birlikdagi egalik
qo’shimchalari
C) І shaxs ko’plik va ІІІ shaxs ko’plikdagi
egalik qo’shimchalari
D) ІІІ shaxs ko’plik va ІІІ shaxs ko’plikdagi
egalik qo’shimchalari
Do'stlaringiz bilan baham: |