69.Otlarning qaysi qo’shimchalari erkalash
shakli hisoblanadi?
A) –cha, -choq B) –choq, -lar
C) –roq, -xon D) –gina, -oy
70.Toshpo’latjon keldilar.Ushbu gapdagi –lar
qo’shimchasi qanday ma’noni ifodalashi
mumkin? 1.sof ko’plikni 2. kesatishni 3.hazil-
mazaxni 4.hurmatni
A) 1 B) 2, 3 C) 4 D) 2, 3, 4
71.Kelishik qo’shimchasi noto’g’ri qo’llangan
gapni aniqlang.
A) Salima bilan Xorun podshohni buyrug’idan
mamnun bo’lib, ketishga ruxsat so’radilar.
B) Xotin-qizlarga past nazar bilan qarayotgan
rahbarlarni ayovsiz tanqid qilish zarur.
C) Biz sizlarni gazetaning sharhi bilan
tanishtirdik.
D) SHahrimizning bir chetidan yer ajrataylik,
o’sha yerga mevali ko’chatlar o’tqazaylik.
72.-lik qo’shimchasi qaysi turkumga oid
so’zlardan ot yasay oladi?
1.ot 2.fe’l 3.sifat 4.ravish
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3
73.Egalik qo’shimchalari qanday ma’nolarni
ifodalaydi? 1.qarashlilik 2.xoslik 3.butun bilan
qism munosabati 4.payt va o’ringa taalluqlik.
A) 1, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 4
D) yuqoridagilarning barchasi
74. 1.Yangi uy qurib bitkazildi. 2.Bolali uy −
bozor. Ushbu gaplardagi uy so’zi qanday
so’roqlarga javob bo’ladi ?
A) har ikkovi gapda ham qayer ? so’rog’iga
B) har ikkovi gapda ham nima ? so’rog’iga
C) biriinchi gapda nima? ikkinchi gapda qayer?
so’rog’iga
D) birinchi gapda qayer? , ikkinchi gapda
nima? so’rog’iga
75.Mavhum otlarga qo’shilgan -lar, asosan ,
qanday ma’noni ifodalaydi ?
A) kuchaytirish B) ta’kidlash
C) sof ko’plik D) A , B
76. Berilganlarning qaysilari modda-ma’dan
va xomashyo otlariga mansub?
1.temir 2.yog’och 3.mis 4.taxta 5.oltin 6.g’isht
7.kumush 8.tuproq
A) 1, 2, 3, 4- modda-ma’dan otlari, 5, 6, 7, 8-
xomashyo otlari
B) 1, 3, 5, 7- modda-ma’dan otlari, 2, 4, 6, 8-
xomashyo otlari
C) 2, 3- modda-ma’dan otlari, 1, 4, 5, 6, 7, 8-
xomashyo otlari
D) 1, 3, 5, 7- xomashyo otlari, 2, 4, 6, 8-
modda-ma’dan otlari
77.SHaxs oti yasovchi qo’shimchalarni
belgilang
A) –k, -im, -don B) –ch, -iston, -liq
C) -vchi, -boz, -soz D) –iq, -ik, -q
78.Qaysi gapda kelishik qo’shimchalari
noto’g’ri qo’llangan ?
A) Vatanni onaga, onani quyoshga
o’xshatadilar.Farzandni gulga.
B) Yuzing visolig’a yetsin, desang,
ko’ngillarni, sochingni boshdin oyoq chin ila
shikan qilg’il
C) Men seni qutlayman shu ulug’ damda.Ulug’
yelkadoshim – muzaffar hayot.
D) Odamni hayoti hamisha bir daryodek
bo’lishi kerak : uni sohilida hamisha yangidan
yangi suv oqib turgani yaxshi.
79.Qaysi javobda otga xos bo’lgan sintaktik
vazifa noto’g’ri ko’rsatilgan?
A) ot undalma vazifasida keladi
B) ot kesim vazifasida keladi
C) ot hol vazifasida kelmaydi
D) ot to’ldiruvchi vazifasida qo’llanadi
80.Quyidagi gaplarning qaysi birida tushum
kelishigi o’rnida jo’nalish kelishigini qo’llash
mumkin ?
A) Karvon dashtni kezib yurdi .
B) Men kitobni siz uchun oldim .
C) Mehmon choyni ho’pladi .
D) SHirin otni mindi.
81.Kelishik qo’shimchalarini uning biror
sinonimik varianti bilan almashtirish mumkin
bo’lgan gapni aniqlang .
A) SHunday chiroyli tanqidga quloq solmay
bo’ladimi ?
B) Darhaqiqat, olam jamolini tomosha
qilishdan ham go’zal narsa bormi ?
C) Qahramonning kelishi hammani quvontirdi
D) Subhidam quyoshi ham dalaga shoshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |