haydash, chaqirish va to’xtatish uchun
qo’llanadigan so’zlar ...
A) his-hayajon undovlari B) taqlid so’zlar
C) modal so’zlar D) buyruq-xitob undovlari
80. His-g’ayajon undovlari gap bo’lib kelgan
qatorni belgilang.
A) Oh, qanday go’zal bu olam!
B) –Ur-re-e-e ! – u boychechakni qo’lida
hilpiratib, toychoqdek shataloq otib chopar edi.
C) E, juda ajoyib ekan-ku , – dedi Elmurod
ajablanib.
D) Men yetim o’sganman, oh u yetimlik.
Voy bechora jonim desam arziydi.
81.His-hayajon undovlari qanday hissiyotlarni
ifodalaydi?
1.quvonch 2.erkalash va erkalanish
3.jonivorlarni haydash-chaqirish
4.rohatlanish 5.norozilik, g’azab-nafrat
6.hayron qolish
7. og’riqdan azoblanish
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5
D) yuqoridagilarning barchasi
82. Otlashgan undov so’z qanday sintaktik
vazifa bajaryapti?
Uning oh-vohiga hech kim quloq solmadi.
A) ega B) to’ldiruvchi
C) aniqlovchi D) kesim
83.Kel, ikkovimiz bir shaxmat o’ynaylik.
Ushbu gapdagi kel so’zi ...
A) buyruq maylidagi fe’l B) modal so’z
C) undov so’z D) ko’makchi
84. Olmoshdan undovga ko’chgan so’z qaysi
gapda mavjud?
A)Hormang, ishlar ketyaptimi?
B)Bizni unutmabsiz, yashang!
C)Qani, bir chekkadan gapirib ber-chi!
D)Yo’qol, ko’zimga ko’rinma!
85. Tovushga taqlid so’zlar berilgan qatorni
aniqlang.
A) yalt-yult, hang-mang
B) lip-lip, jimir-jimir
C) g’a-g’a, di-did
D) duv-duv, pir-pir
86.Qaysi takror taqlid so’z qismlari yakka
holda ham qo’llanishi mumkin?
A) alang-jalang B) duv-duv
C) apil-tapil D) salang-salang
87.Qaysi gapda tovushga taqlidni bildiruvchi
so’z bor?
A) Namoz g’azabi oshib, dag’-dag’ qaltiray
boshladi.
B) Boshidagi toj yal-yal yonarmish.
C) CHiroq lip-lip etib o’chib qoldi.
D) Ko’chadan qiy-chuv ovozlar eshitildi.
88.Qaysi gapda holatga taqlidni bildiruvchi
so’z mavjud?
A) Dupur-dupur ot keldi, Ko’chaga qarang,
kim keldi?
B) Birovning oldiga borib “ vov-vov ” qilib
hursa, podshoh gunohkorni
etmish ikki darra urdirar ekan.
C) SHamolda g’o’ralar duv-duv to’kildi.
D) Amirkon etik bilan g’arch-g’urch bosib
kirib keldi.
89.Otlashgan taqlid so’z qatnashgan gapni
toping.
A) SHoikrom onasining barmoqlari tars-tars
yorilib ketganini endi payqadi.
B) To’rtta savag’ich bilan tap-tap urib, par
singari qilib titibdi.
C) Odamlarning g’ovur-g’uvuri endi to’xtadi.
D) CHiroq lip-lip etdi.
90.Aniqlovchi vazifasida kelgan taqlid so’zni
toping.
A) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda,
g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim.
B) U qo’rquvdan dir-dir titrar edi.
C) Yashik ichida mixchalar g’uj-g’uj.
D) Qushlarning chug’ur-chug’uri olmni buzdi.
91.Gap tarkibidagi tovushga taqlidni bildirgan
so’zni toping.
A) U suvni qult-qult icha boshladi.
B) Bechora goh onasiga, goh dadasiga mo’lt-
mo’lt qilib termulardi.
C) Bedananing uyi yo’q, qayerga borsa pit-
pildiq. D) A, C
92.Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining
munosabatini bildirgan so’zlar...
A) undov so’zlar B) modal so’zlar
C) taqlid so’zlar D) ko’makchilar
93.Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i
kerak. Ushbu gapdagi modal so’zning
ma’nosini toping.
A) ishonch B) gumon
C) fikrning tartibi D) fikrni xulosalash
94.Afsuski, besh qo’l barobar emas.
Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini
ayting.
A) quvonch B) gumon
C) fikrni xulosalash D) achinish
95.Fikrning dalillanishini bildiruvchi modal
so’zni toping.
A) Demak, menning gapim yolg’on
Bu gunohing undan yomon.
B) Ertaga bo’ladigan yig’ilishga qariyalar,
jumladan, Hafiz ota ham qatnashadilar.
C) Darhaqiqat, bu yil bahor erta keldi.
D) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat
qaytib kelmoqda.
96.Vazifadosh modal so’zlar berilgan qatorni
aniqlang.
A) haqiqatan, albatta B) shubhasiz, balki
C) xullas, masalan D) attang, umuman
97.Sof modal so’zlar berilgan qatorni
aniqlang.
A) aftidan, ehtimol B) chamasi, shubhasiz
C) balki, tabiiy D) avvalo, attang
98.Qaysi gapda fikrni xulosalash ma’nosidagi
modal so’z qatnashgan?
A) Avvalo, bu masalani o’z ichimizda hal qilib
olishimiz lozim.
B) Aftidan, G’ulomjon bu g’alvalarni ataylab
boshlagan.
C) U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham
shunday muomalada bo’lar edi.
D) Bunday gaplar, umuman, Abdusattorning
qulog’iga kirmas edi.
99.Ushbu gaplarda qatnashgan modal
so’zlarni tartib bilan belgilang.
1.Bo’ron bo’lishi ehtimol, qizim.
2.Gulchehraning chamasi to’g’ri chiqdi-ku !
3.U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham
shunday muomalada bo’lar edi.
4.Uning “ ko’cha bolasi “ ekanligini aftidan
bilib olish qiyin emas edi.
A) ehtimol, -ku, balki, aftidan
B) ehtimol, chamasi, balki, aftidan
C) qizim, chamasi, balki, aftidan
D) modal so’z qo’llanmagan
100.Masalan, ertaga bo’ladigan yig’ilishda bu
haqda gapirishim mumkin. Ushbu gapdagi
masalan modal so’zining ma’nosi . . .
A) fikr xulosalanyapti
B) fikrning tartibi bildirilyapti
C) fikr dalillanyapti
D) tasdiq ma’nosi ifodalanyapti
101.Qaysi gapda vazifadosh modal so’z
qatnashgan?
A) Ertaga yomg’ir yog’adi, shekilli.
B) Taxminan, oradan o’n-o’n besh kunlar
o’tdi.
C) To’g’ri, biz hali sizchalik zo’r bilimga ega
emasmiz.
D) Attang, biroz kech qolibmiz-ku.
102.Xullas, biz ulug’ odamlarning
farzandlarimiz. Ushbu gapdagi modal so’zning
ma’nosini toping.
A) fikr xulosalanyapti
B) fikr tartibi bildirilyapti
C) fikr dalillanyapti
D) ishonch munosabati ifodalanyapti
103.Tasdiq so’zlar qatnashgan dialogni
belgilang.
A) — Siz shu maktabda o’qiysizmi?
— Ha.
B) — Sakkizinchi sinfda o’qiysizmi?
— Yo’q, yettinchi sinfda.
C) — Siz sigaret chekasizmi?
— Mutlaqo.
D) —Doim shunday kech qolib yurasizmi?
—Aslo.
104.Inkor so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) attang B) balki
C) mutlaqo D) shaksiz
105.Tasdiq so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) haqiqatan B) darhaqiqat
C) mayli D) A, B
106.Mohira dugonasining kelishidan umidini
uzdi, chog’i, bir o’zi ketaverdi.
Ushbu gapdagi chog’i so’zi haqida aytilgan
qaysi hukm to’g’ri?
A) fikrning dalillanishini bildiruvchi modal
so’z
B) gumon ma’nosini bildiruvchi modal so’z
C) inkor so’z
D) ishonch munosabatini bildiruvchi modal
so’z
107.Bunday so’zlar diologik nutqda –mi so’roq
yuklamasi orqali ifodalangan so’roq
gaplarning javobi bo’lib keladi. Ushbu fikr
qaysi grammatik birlik haqida aytilmoqda?
A) modal so’z B) so’roq gap
C) tasdiq va inkor so’zlar
D) ritorik so’roq gap
108.Ko’makchilar qaysi so’z turkumlarini bir-
biriga bog’lashi mumkin? 1.otni ot so’z
turkumiga bog’laydi 2.otni sifat so’z
turkumiga bog’laydi 3.otni ravish so’z
turkumiga bog’laydi 4.ko’makchilar faqat
otni fe’lga bog’laydi
A) 1, 2, 4 B) 1, 4 C) 4 D) 1, 2, 3, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |