G’oziyev Odilning O’zbekiston geografiyasi


II. O’zbekistonda Dehqonchilik tarmoqlarining rivojlanishi



Download 2,06 Mb.
bet4/17
Sana17.09.2021
Hajmi2,06 Mb.
#176562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
G'oziyev Odil

II. O’zbekistonda Dehqonchilik tarmoqlarining rivojlanishi.
Texnik ekinlar: Paxtachilik.

Paxtachilik tarmog‘ini rivojlantirish, eng avvalo, mamlakat oziq-ovqat strategiyasi yo‘nalishlari talablarini bajarish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xzmat qiladi. Shuningdek, boshqa tomondan, paxtachilik tarmog‘iga kiruvchi korxonalarning mavjud mehnat, yer, suv, moddiy va moliyaviy resurslaridan, mulk shakllaridan qat’iy nazar, ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish asosida, oqilona foydalanish evaziga tarmoq samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, sohada mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan mavjud resurslardan oqilona foydalanishga bog‘liq.





4-rasm. Paxta yig’im terim ishlari

O‘zbekistonda paxtachilik tarmog‘ini samarali rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoslarini hayotga to‘laligicha tatbiq etishdir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan tadbirlar va ularning samaradorligini oshirishda mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida 180 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga ayrim xususiyatlari bilan taalluqli bo‘lgan 500 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar amalda ishlab kelmoqda.

Hozirgi davrning asosiy talablaridan biri qishloq xo‘jaligida, jumladan, paxtachilikda xom ashyo ishlab chiqarishgina emas, balki uni qayta ishlash va sotishni to‘g‘ri va samarali amalga oshirishdan iboratdir. Chunki yaratiladigan qo‘shimcha qiymatning, ya’ni daromadning asosiy qismi aynan keyingi sohalarda tashkil topmoqda. Respublikamizda avvaldan paxtachilik asosiy mahsulotlarining samaradorligini oshirish omillaridan to‘laroq foydalanish masalalari paxta xom ashyosi, paxta tolasi, paxta yog‘i, gazlama va boshqa paxtachilik mahsulotlari bo‘yicha alohida-alohida hal etib kelingan. Ular o‘rtasidagi tovar-pul munosabatlarining pirovard natijalarini tahlil etish va baholash amalga oshirilgan. Ushbu tarmoqni boshqarish tizimi ham alohidalashgan ko‘rinishda tashkil etilgan.

Demak, kelajakda paxtachilik tarmog‘ini yuksak darajada samarali rivojlantirish uchun, alohida o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini hisobga oladigan huquqiy asoslar yaratilishi maqsadga muvofiq edi. Bu esa, o‘z navbatida, pirovard mahsulotni ishlab chiqarishdagi umumiy javobgarlik, sohada samaradorlikni oshirishdagi birgalikdagi faoliyat, tarmoqda yaratilgan pirovard mahsulotdan birlamchi va ikkilamchi foydalanish va boshqa qator masalalarni hal qilish bir muncha yaxshi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Eng muhimi, tarmoq boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni yirik xorijiy bozorlarga yanada olib chiqish zaruratini hisobga olishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.

Mazkur Qarorning e’lon qilingani, barcha qishloq xo‘jaligi xodimlari,  mazkur sohaga aloqadar barcha mehnatkashlarni, xalqimizni, qolaversa, bu sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilayotgan biz deputatlarni ham behad quvontirdi.

Qarorda sohadagi barcha masalalarning yechimi aniq va ravshan belgilab berildi. Ya’ni Qarorga muvofiq, «O‘zpaxtasanoat» va «O‘zpaxtaeksport» aksiyadorlik jamiyatlarini birlashtirish, shuningdek, «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasini tugatish asosida paxtachilik tarmog‘i uchun mas’ul bo‘lgan yagona tashkilot — «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Yog‘-moy tarmog‘ini rivojlantirishning maqbul yo‘llarini belgilab olish maqsadida «O‘zpaxtayog‘» aksiyadorlik jamiyati ushbu tizimdan ajratib chiqarildi.

Mazkur hujjat bilan paxtachilik tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonlarini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. Xususan, paxta xom ashyosini qabul qilish, to‘ldirish, saqlash va qayta ishlashning texnik vositalari va uslublari yaxshilanadi. Paxta tozalash korxonalari zamonaviy o‘lchov vositalari, laboratoriya uskunalari, paxta xom ashyosini qabul qilishda inson omilining rolini pasaytiradigan eng yangi axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.

Mazkur chora-tadbirlar paxta xom ashyosini qabul qilish, tashish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish ustidan samarali hisobot va nazorat tizimini joriy etishga qaratilgan bo‘lib, qo‘shib yozish va aniq ma’lumotlarni boshqacha tarzda buzib ko‘rsatish holatlarini istisno qiladi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» paxta tolasini sertifikatlash markazi «O‘zstandart» agentligi tuzilmasiga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, paxtachilik tarmog‘ida moliya intizomini mustahkamlash maqsadida Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasiga paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

O‘zLiDeP fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloqda real mulkdorlar sinfini shakllantirish asosida qishloq xo‘jaligini yanada diversifikatsiya qilish va rivojlantirishga oid g‘oyalariga tayangan holda mazkur Qarorning mazmun-mohiyatini elektoratimiz o‘rtasida keng targ‘ib etish va ijrosi yuzasidan faoliyat olib borishi kelgusida ijobiy samaralar berishi shubhasiz.



Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish