Kurash choralari ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish uchun dalalarda parazit nematodalar mavjud yoki mavjud emasligini, mavjud bo‘lganida esa ularning tuproqdagi miqdorlarini aniqlash zarur. Shu maqsadda dalalardan tuproq namunalari olinadi va laboratoriyalarda tahlil qilinadi. Afsuski, viloyatlarda bu ishni amalga oshirish uchun fitogelmintolog mutaxassislar yo‘q yoki yetarli emas. Shuning uchun viloyat o‘simliklarni himoya qilish markazlari qoshida qiska muddatli kurslar tashkil etish hamda fitogelmintologlar ishtirokida seminar - kengashlar o‘tkazib turish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |