G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Ko‘mirsimon sklerotsial ildiz chirishi



Download 345,5 Kb.
bet54/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Ko‘mirsimon sklerotsial ildiz chirishi. Kasallik belgilari: g‘o‘za poyasining pastki va o‘q ildizining ustki qismlari chiriydi, o‘simlik tez so‘ladi va nobud bo‘ladi. Zararlangan organlar ko‘mir kabi qora tus oladi. Ularning to‘qimasida ko‘plab dumaloq, qora sklerotsiylar topiladi. Kasallikni Mycelia strerilia guruhiga oid Sclerotium bataticola zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Uning morfologik irqlari sklerotsiylari o‘lchami va ayrim ekin turlarida piknida hosil qilish qobiliyati mavjudligi bilan aniqlanadi. Zamburug‘ning piknida stadiyasi Macrophomina phastolina deb ataladi. Sklerotsiylar diametri o‘simlik yumshoq to‘qimalari ichida 50-150 mkm, yog‘ochsimon to‘qimalarida 0,8-1,0 mm, laboratoriya kulturalarida 50-200 mkm ni tashkil qiladi. Ba’zi irqlar hosil qiladigan piknidalarning o‘lchami, ko‘rinishi va ranggi sklerotsiylarnikiga aynan o‘xshash; ular to‘la to‘qima ichida rivojlanadi va pishib yetilganda epidermisni yorib chiqadi. Piknida og‘izchasidan 1 hujayrali, tuxum shaklli, rangsiz konidiyalar chiqadi va boshqa o‘simliklarga o‘tib zararlaydi (Watking, 1981).

Gretsiyada g‘o‘zaning mahalliy Dadiotiko navi parazit bilan kuchli zararlangan va 5-40 foiz ekin nobud bo‘lgan. Qo‘shni daladagi Amerika navlari zararlanmagan. Buning sababi sifatida Dadiotiko navi ildizlarining po‘sti juda yupqaligi, tez-tez chatnashi va zamburug‘ ildizga oson kirishi ko‘rsatiladi (Watking, 1981). Kasallik chirindisi kam tuproqlarda, yuqori harorat va suv tanqisligi kuzatilganda kuchli rivojlanadi (Ghaffar va b.q., 1969; Watking, 1981).

Zamburug‘ g‘o‘zadan boshqa sigirno‘xat, jut, yeryong‘oq, batat, kanakunjut, makkajo‘xori, baqlajon, kunjut, jo‘xori, soya, tamaki, pomidor, kartoshka, loviya va sholini zararlaydi. Hind-Pokiston subkontinentida kasallik jiddiy muammo hisoblanadi, Hindistonda g‘o‘za hosilini 5 foizdan 50 foizgacha pasaytirgani ma’lum. AQShda kasallik g‘o‘za hosiliga zarar yetkazmaydi (Shver, 1964; Ghaffar va b.q., 1969; Watking, 1981; Peresipkin, 1983; Peresipkin va b.q., 1990). Zamburug‘ g‘o‘zadan O‘zbekistonda ham ajratilgani xabar qilingan (Spravochnik., 1956; Shapova, Grigoryans, 1971), ammo u ekinda ko‘mirsimon ildiz chirish qo‘zg‘atgani haqida ilmiy adabiyotda ma’lumot yo‘q.


Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish