G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Kasallik qo‘zg‘atuvchisi va uning belgilari



Download 345,5 Kb.
bet16/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi va uning belgilari. Vertitsillyoz viltini deyteromitsetlar sinfiga oid Verticillium dahliae zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Laboratoriyada oziqa muhitida u vegetativ mitseliy, konidiya, oidiya va mikrosklerotsiylardan iborat bo‘lgan, oldin oq, so‘ngra qorayadigan koloniyalar hosil qiladi. Konidiforalar rangsiz, fialidlari poyachasining bir nechta joyidan, 3-4 tadan to‘p bo‘lib chiqqan, ularning uchlarida konidiyalar shilimshiq modda yordamida, dumaloq bosh shaklida yopishgan, o‘lchami 20,4-44,0 x 3,2 mkm. Konidiyalari bir hujayrali, rangsiz yoki ellips shaklli, o‘lchami 1,4-12,3 x 1,4-4,2 mkm. Mikrosklerotsiylari shakli o‘zgaruvchan, odatda dumaloq yoki biroz uzunchoq, diametri 225 mkm gacha, tusi to‘q-qo‘ng‘ir yoki qoramtir (Ramazanova, 1975; Mirpo‘latova, Yunusov, 1981; Perespkin va b.q.,1990). Mikrosklerotsiy 2 xil hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, tashqi qatlami qalin devorchali, rangli, yadrosiz, ichki qismi esa yupqa devorchali, rangsiz, yadroli hujayralardan iborat. Faqat ichki qismidagi hujayralar o‘sib gifa hosil qiladi (Shmotina, 1970). Mikrosklerotsiylar-320С da bir necha yil 80°S da 3 soat, dalada tuproqda 10 (Karimov, 1976) yoki 20 yildan ko‘p saqlanishi mumkin. Tadqiqotchilar tashqi ko‘rinishi va o‘sish belgilariga asoslanib, zamburug‘ning 3 tadan 6 tagacha xilini ajratishgan (Panfilova, Ramazanova, 1962; Komilova, 1964; Haydarova, 1965, 1966; Sidorova, 1983 va b.q.). Ulardan biri g‘oyat ko‘p mikrosklerotsiy hosil qiladigan qora xil, ikkinchisi- mikrosklerotsiylari bo‘lmagan oq xil, qolganlari bu belgi bo‘yicha o‘rtacha mavqedaligi aniqlangan. G‘o‘zadan ajratib olingan barcha zamburug‘ shtammlari har doim 1-xilga mansub, ammo oziqa muhitida 1-2 marta ko‘chirib ekilgach boshqa xillari ham ajralib chiqa boshlaydi. Bu xillarning har biri ichida g‘o‘zaga ham baland, ham past virulentlari bo‘lgani uchun, ularni fiziologik irq deb sanash mumkin emasligi ta’riflangan (Benken va b.q., 1974; Sidorova, 1983).

Bir tup kasal g‘o‘zada minglab mikrosklerotsiy hosil bo‘ladi (Garber va b.q., 1996).

G‘o‘zada viltni Verticillium turkumining boshqa namoyandalari -V. alboatrum (Sidorova, 1983), V. nigrescens (Bugbee. 1967), V. fumosum (Seman. 1983) va V. lateritium (Sidorova, 1983) – qo‘zg‘ata oladi deb xabar qilingan, ammo hozirgi paytda kasallik sababchisi sifatida ham fan faqat bir tur - Verticillium dahliae ni tan oladi (Garber va b.q., 1996).


Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish