Kasallikning g‘o‘zada rivojlanish sikli va manbalari. Kasallikning rivojlanish sikli: yoz oxiri - kuzda shikastlangan organlar (barg, poya, shox) tuproqqa tushadi, ularning ustki va uchki qismlarida propagulalar (rangsiz qoramtir tusli mitseliy gifalari, konidioforalar va konidiyalar hamda mikrosklerotsiylar) hosil bo‘ladi. Propagulalardan eng muhimi mikrosklerotsiylar bo‘lib, ular o‘smasdan keyingi mavsum (lar)gacha saqlanadi. Ob-havo sharoiti qulay paytda g‘o‘za ildizi tuproqqa chiqaradigan organik moddalar (ekssudat) propagulalarni «uyg‘otadi». Ulardan infeksion gifalar o‘sib chikadi va bu gifalar oldin ildiz po‘stlog‘iga, so‘ngra ksilema (asosiy suv va oziqa o‘tkazuvchi tomir) to‘qimalarining ichiga kirib, u yerda konidiyalar hosil qiladi. Konidiyalar ksilema tomirlari ichidagi oqimlar yordamida tezda o‘simlikning barcha qismlariga yetib boradi, g‘o‘za shoxlari va barglarida o‘sib va rivojlanib, kasallik belgilari rivojlanishiga olib keladi. Mavsum so‘ngida zararlangan organlar nobud bo‘ladi, tuproqqa tushadi va sikl yangidan boshlanadi.
Viltning asosiy manbasi - tuproqda erkin holda yoki o‘simlik qoldiqlarida saqlanadigan zamburug‘ mikrosklerotsiylari hisoblanadi. Ular birinchi navbatda dalada tuproqqa ishlov berish mashinalari va asboblari yordamida kamroq yoki juda kam hollarda -sug‘orish paytida yoki chang bilan birga shamol vositasida tarqaladi. Zamburug‘ mikrosklerotsiy holida qishlaydi, ob-havoning barcha noqulayliklariga bardosh beradi, kasallikka moyil ekin yo‘qligida tuproqda o‘smay saqlanadi va qulay ob-havo sharoitida xo‘jayin ekinlarni zararlaydi (Haydarov, 1996; Komilova, 1967; Benken 1974; Karimov, 1976; Mirpo‘latova va b.q.,1981). mikrosklerotsiylarning ko‘p qismi (70%) bargida hosil bo‘ladi va virulentiligi yuqoriligi bilan ta’riflanadi (Benken va b.q., 1974).
Ilgari Verticillium dahliae o‘simlik qoldiqlari bo‘lmagan tuproqda ham faol rivojlanadigan va ko‘payadigan tipik saprofit deb hisoblanardi (Solovyeva, Poyarkova, 1940; Golovin, 1953). Keyingi yillarda ma’lum bo‘lishicha, ekin o‘smayotgan tuproqda zamburug‘ aslida rivojlanmaydi va uning mikrosklerotsiylari faqat majburiy «uxlash» holatida saqlanadi; bu holat 20 yildan ham ko‘proq xam davom etishi mumkin (Wilhelm,1955). Bunday tuproqda mikrosklerotsiylar o‘sishiga to‘sqinlik qiladigan asosiy faktor - tuproq tabiiy mikroflorasi o‘zidan chiqaradigan fungistatik moddalar ekanligi aniqlangan. Birinchi bo‘lib, S. Chinn (Chinn, 1953) namoyish qilgan bu hodisa «fungistazis» nomini olgan (Benken va b.q.,1974). Ekin ildizlari chiqaradigan moddalar fungistazisni bartaraf qiladi va qo‘zg‘atuvchisi saprofit sifatida juda zaif raqobatchi bo‘lishi tufayli, tuproq mikroorganizmlari ta’siriga chiday olmaydi. Fungistazis zamburug‘ mikrosklerotsiylari bevaqt o‘sishi va dalada hali moyil ekin yo‘qligida, halok bo‘lishidan himoya qiladi. Misol uchun, O‘zbekiston sharoitida mikrosklerotsiylar harorat va namlik qulay, ammo hali g‘o‘za ekilmagan davr (mart)da emas, balki keyinroq (aprel-may), nihol ildizlaridan chiqarilgan moddalar fungistazisni bartaraf qilib, ularni «uyg‘otgandan» so‘ng o‘sishadi. Ammo dala sharoitida mikroslerotsiylarning nafaqat patogenga moyil, balki immun ekinlar ildizi va o‘simlik qoldiklaridan tuproqqa ajralib chiqayotgan organik moddalar ham «uyg‘otishi» mumkin.
Demak, tuproqdagi mikrosklerotsiylar miqdorini dala Verticillium dahliae билан ифлосланганлигининг кўрсаткичи деб ҳисоблаш мумкин. Тадкиқотларга кўра, АҚШ Калифорния штати, Сан-Жоакин водийси пахтазорларининг ҳар 1 г тупроғида 0-40, ўртача 5-7 микросклероций борлиги аниқланган. Ғўза якка ҳоким бўлган далаларда уларнинг миқдори 1 г тупроқда 8-10 та бўлса, 100 фоиз экин зарарланиши ва анча ҳосил камайиши исботланган (Davis ва б.қ., 1996; Garber ва б.қ., 1996).
Konidiya va oidiyalarning kasallik rivojlanishidagi ahamiyati asosan ular ksilema oqimlari bilan g‘o‘zaning barcha qismlariga tarqalib, ikkilamchi zararlanishning sababchisi bo‘lishidir (Gubanov,1967). Shu bilan birga konidiyalar juda oz darajada bo‘lsa ham, sug‘orish suvi, shamol va yomg‘ir bilan boshqa o‘simliklarga o‘tib, shikastlanishi mumkin (Komilova, Kireyeva, 1971; Benken va b.q., 1974).Undan tashqari, vilt zararlangan chigit, hasharot va nematodalar vositasida ham tarqalishi mumkin, ammo bu manbalarning ahamiyati juda cheklangan (Dotsenko, 1972; Benken va b.q., 1974; Peresipkin, 1992).
Tuproq zamburug‘ propagulalari bilan zararlanishiga yoki ularning tuproqda miqdori ortishiga vilt bilan kasallangan boshqa ekin va begona o‘tlar va ularning qoldiqlari sabab bo‘ladi. Viltga moyil begona o‘tlar qatoriga yantoq, olabo‘ta, bo‘ztikan, qo‘ytikan, gibisk, qizilmiya, marmarak, ixroj, qushko‘nmas, tugmachagul, mushuk o‘t (adonis), eshAQSHo‘ra, sho‘ra va boshqalar, umuman 10 tadan ko‘p oilaga mansub, 23 tadan ko‘proq turlar kiradi (Golovin, 1953).
Do'stlaringiz bilan baham: |