Alternarioz va boshqa mog‘orlanishlar. Alternaria ва Aspergillus, Penicillum, Rhizopus turkumlariga oid mog‘or zamburug‘lari odatda tuproqda oddiy saprofit sifatida yashaydi, ammo havo salqin, seryomg‘ir va g‘o‘za nihollari kamquvvat, nimjon bo‘lgan hollarda ularda chirish kasalligini qo‘zg‘atadi. Chigit unmasdan, mog‘orlab ketadi, unganlari tuproq yuzasiga chiqa olmay chiriydi. Bu zamburug‘lar g‘o‘za nihollarida asosiy parazit turlari (Rhizoctonia, Fusarium, Puthium) qo‘zg‘atgan kasalliklarni yanada jiddiylashtiradi. Ular dunyoning barcha joylarida, jumladan O‘zbekistonda ham, keng tarqalgan (Shapova, Grigoryans, 1971; Stepanova, 1972; Davis va b.k., 1981; Minton, Garber, 1983).
Do'stlaringiz bilan baham: |