G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Janubiy sklerotsial ildiz (va poya) chirishi



Download 345,5 Kb.
bet10/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Janubiy sklerotsial ildiz (va poya) chirishi. Dunyoning tropik va suptropik mamlakatlarida tuproqda yashaydigan asosiy patogenlardan biri, Sсlеrоtium rolfisii zamburug‘i ba’zida g‘o‘zada ham kasallik qo‘zg‘atadi. Shonalash fazasida ildiz chirish va keyinchalik ko‘sakda nekrotik dog‘lar hosil qilsa ham, zamburug‘ning eng ko‘p zarari g‘o‘za nihollik paytida kuzatiladi (Watkins va b.q.,1981).

Zamburug‘ odatda qum yoki qumlik-loytuproqlarda, namlik yuqori bo‘lganida, nihol ildizining tuproqqa yaqin qismini (ildiz bo‘yinchasini) zararlaydi. U biokimyoviy jihatdan o‘ta faol, gifalardan ko‘p miqdorda fitotoksik oksalat kislotasi, hujayra devorchalarini yemiruvchi poligalakturonaza, sellyulaza fermentlari va boshqa moddalarni chiqaradi, hujayralarni nobud qiladi, to‘qimalarni yumshatib yuboradi, ildizi yoki uning bo‘yinchasida xalqasimon yara hosil qiladi. Agar poyaning pastki qismi yoki unga yaqin yerida o‘q ildiz yara bilan o‘rab olinsa, nihol birdan so‘lib, nobud bo‘ladi. Namlik yuqori bo‘lsa, zamburug‘ tuproq yuziga chiqadi, poya atrofida paxtasimon oq mitseliy va uning ustida konsentrik doiralar shaklida joylashgan sklerotsiylar hosil qiladi. Mitseliy poyadan 10 sm gacha masofaga o‘sishi mumkin. Sklerotsiylar oldin oq bo‘lib, tezda sarg‘ish jigar rang, so‘ngra to‘q qo‘ng‘ir tusga kiradi, diametri 0,1-1,0 mm yoki kattaroq bo‘ladi. Kasallik g‘o‘zadan ko‘ra, pomidor, qalampir, lavlagi, yeryong‘oq va qovoqsimon ekinlarga katta talofat yetkazadi. Zamburug‘ g‘o‘zada AQSH, Peru, Hindiston va ba’zi boshqa mamlakatlarda tarqalgan (Watkins va b.q.,1981). O‘zbekistonda uchrashi haqida ma’lumotlar yo‘q.




Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish