Boshqa nihol kasalliklari. Askoxitoz kasallik g‘o‘za nihollarini bahor harorati salqin, seryomg‘ir mamlakatlarda tarqalgan bo‘lib, nihollarning shira, trips bilan zararlanishi, tuproqda oziqa moddalar yetishmasligi va shu kabilar askoxitozning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Askoxitoz odatda dalaning u yer bu yerida, manba shaklida, uchraydi. Ba’zida yosh nihollarni nobud qilishi va ularning sonini jiddiy kamaytirishi mumkin. Harorat ko‘tarilib, havo quruq bo‘lib tursa, nihollar sarg‘ayadi, ammo ular o‘sishda va hosil to‘plashda kech qolishadi, hosilning sifati pasayadi. Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ urug‘ va o‘simlik qoldiqlarida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |