G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja



Download 345,5 Kb.
bet55/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Un-shudring. Kasallikning 2 ta qo‘zg‘atuvchisi (Leveillula taurica va Salmonia malcrae) mavjud. Quyida keltirilgan ma’lumotlar Markaziy Osiyoda uchraydigan Leveillula taurica qo‘zg‘atadigan
kasallikka taalluqlidir.

Zamburug‘ning mitseliy, konidiya va askomitset (kleystotetsiy) bosqichlari mavjud. Mitseliy odatda barg ichida joylashgan (endofit), tashqariga bargning ostki qismidagi teshikchalari


orqali faqat konidiofora va konidiyalari chiqadi, ular kukun yoki unga o‘xshash oq dog‘ (qatlam) hosil qiladi. Dog‘lar ba’zi navlarda qirrali, boshqalarida noto‘g‘ri shaklda yoki dumaloq sariq dog‘lar
paydo bo‘ladi, butun barg sarg‘ayadi va yerga to‘kiladi.

Odatda bargda konidiyalar juda ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi, ammo kleystotetsiylar juda kam qayd etiladi yoki umuman uchramaydi. Zamburug‘ yerga to‘kilgan, zararlangan barglarda hosil bo‘ladigan kleystotetsiylar yordamida qishlaydi. Bahorda kleystotetsiy ichida ask (xaltacha)lar, ask ichida esa askosporalar pishib yetiladi. Askosporalar-birlamchi infeksiya manbalari – g‘o‘za barglarini zararlaydi. O‘suv davrida kasallik dalada bargda hosil bo‘lgan konidiyalar yordamida tarqaladi.

Zamburug‘ 700 tagacha o‘simlik turlarini zararlay oladi. Markaziy Osiyoda parazit g‘o‘zaga begona o‘tlarning zararlangan Zegopbyllum fabago, Albani camelorum hamda Altbaea, Malva va Hibiscus turlaridan o‘tishi ehtimol qilingan.

Kasallikning Markaziy Osiyoda tarqalishi ayrim yillarda faqat Turkmanistonning janubida, Mari va Ashxobod viloyatlarida kuzatilgan. Odatda un-shudring mavsumning 2-yarmida ko‘rinadi va hosil terimigacha rivojlanadi. Ba’zan kasallangan barglar to‘kiladi, hosil 5-7 foizgacha pasayishi mumkin. Kasallik Tojikistonda Vaxsh vodiysida, O‘zbekistonda Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham bitta-yarimta o‘simliklarda uchrashi qayd etilgan.



O‘zbekistonda un-shudring qayd etilmasligi yoki juda kam uchrashi uchun maxsus kurash choralari qo‘llanilmaydi. Umumiy tadbirlardan daladan g‘o‘zapoyani chiqarish, o‘simlik qoldiqlarini chuqur kuzgi shudgor yordamida zararsizlantirish, begona o‘tlarni yo‘qotib turish tavsiya qilinadi (Karimov, 1976; Bell, 1981; Peresipkin va b.q., 1990).


Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish