G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Alternarioz (makrosporioz)



Download 345,5 Kb.
bet41/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Alternarioz (makrosporioz)

Kasallikning geografik tarqalishi. Alternarioz dunyoning deyarli barcha g‘o‘za eqiladigan mamlakatlarida, jumladan Hindiston, Xitoy, Afg‘oniston, AQSH, Braziliya, Misr, Rodeziya, Nigeriyada hamda Ozarbayjon, Armaniston, Tojikiston va Turkmanistonda tarqalgan. O‘zbekistonda kasallik ingichka tolali g‘o‘zada Surxondaryo viloyatida, o‘rta tolali g‘o‘zada deyarli barcha viloyatlarda uchraydi (Karimov, 1976; Pidoplichko, 1977; Rasulev, 1981; Desal, 1981; Watking, 1981).

Kasallikning g‘o‘za hosiliga ta’siri. Alternariozning kuchli rivojlanishi va hosilga sezilarli zarari faqat ayrim ob-havo qulay kelgan yillari va faqat ba’zi mintaqalarda kuzatiladi (Karimov, 1976). Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar sporalari havo orqali oson tarqalishi kasallikning epifitotiya sifatida rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Ob-havo qulay kelganida alternarioz moyil navlarni nihol fazasidayoq 90-100 foizga zararlashi va oqibatda ko‘saklar sonini 30-50 foizga kamaytirishi mumkin. Bu hol ingichka va o‘rta tolali g‘o‘za navlarida (5904-I, 108-F) Tojikistonda Vaxsh va Hisor viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida (S-6002 navida) kuzatilgan. Ba’zi yillari mavsumning 2-yarmida (kuzda) kasallikning 2-to‘lqini tufayli 100 foiz o‘simliklar va barglari, 14-27 foizgacha hosil nobud bo‘lgan. Zararlangan tolaning texnologik sifati - metrik nomeri 730 ga, pishiqligi 0,3 grammga, uzunligi 3,2 mm ga, uzilish uzunligi 0,8 km ga pasaygan. Surxondaryo viloyatida alternarioz ingichka tolali g‘o‘zada asosiy kasalliklardan biriga aylangan, kuchli zararlanishi tufayli, fuzarioz so‘lishiga chidamli S-6002 navi ekishdan olib tashlangan. Kasallikning hosilga salbiy ta’siri ekinning o‘sishda va rivojlanishda orqada qolishi, gullashning kechikishi, fotosintez keskin kamayishi, barglarning to‘kilishi, ko‘sakning to‘la pishmasdan ochilishi kabi faktorlar bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan (Kozlova, 1959, 1968; Igamberdiyev, Djamalov, 1971; Rasulev, Djamalov, 1971; Djamalov, 1973; Karimov, 1976).

Kasallik kuchli rivojlangan yillari Isroilda keng maydonlarda eqiladigan Pima S-5 navida 25 foiz hosil nobud bo‘lgan (Bashi va b.q., 1983). AQShning ko‘p mintaqalarida o‘rta tolali upland va ingichka tolali, moyil Pima navlarida alternarioz oz tarqalgan va hosilga zarari ham kam. Faqat Nyu-Meksika va Arizona shtatlarining ayrim qismlarida 4 foizgacha hosil nobud bo‘ladi. Kasallik Afrikaning g‘o‘za eqiladigan tropiklarida har yil uchraydi, ammo hosil pasayishi ba’zi mavsumlardagina kuzatiladi (Watking, 1981; Davis va b.q, 1996; Hake va b.q., 1996).




Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish