G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Kurash choralari. Sog‘lom (yoki zararsizlantirilgan) urug‘lik chigit ekish



Download 345,5 Kb.
bet40/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Kurash choralari. Sog‘lom (yoki zararsizlantirilgan) urug‘lik chigit ekish gommoz bilan kurash choralari ichida eng muhimidir, chunki zararlangan chigit yangi mavsumda kasallik boshlanishining (birlamchi infeksiyaning) eng asosiy va eng xavfli manbaidir. Bu vazifani bir necha usul yordamida amalga oshirish mumkin. Birinchi usulda chigitni urug‘lik olish uchun maxsus rejalashtirib ekilgan, gommoz bilan zararlanmagan dalalardan to‘plangan paxta hosilidan olinadi. Bunday dalalarda g‘o‘za o‘suv davrida tekshirish (aprobatsiya)lar o‘tkaziladi, kasallik kuchli rivojlangan dalalar urug‘lik olish uchun yaroqsizga chiqariladi (brak qilinadi); bu maxsus dalalarda g‘o‘za organlarida (ayniqsa, ko‘sakda) gommoz rivojlanishining ijozat berilgan darajalari Respublika g‘o‘za urug‘chiligi sohasidagi mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilanadi (Peresipkin va b.q., 1990). Dunyoning ko‘p mamlakatlarida qo‘llanilayotgan eng zamonaviy usul - ikkinchi usul - urug‘lik chigitni kislota yordamida tuksizlantirishdir. O‘zbekistonda bu usul chigitni gommoz bakteriyasidan 100 foizga tozalashni ta’minlaydi, chunki Markaziy Osiyoda bakteriya urug‘likning ustki qismlarini zararlaydi; chigit ichki qismi kam hollarda va juda oz darajada zararlanishi aniqlangan (Spravochnik., 1956). Kislota yordamida tuksizlantirilgan chigit ba’zi korxonalar tomonidan O‘zbekistonda ham ishlab chiqarila boshlandi. Gommozga qarshi nihoyatda yuqori samaradorligi bilan birga boshqa bir qator afzalliklari - urug‘likni solishtirma og‘irligi bo‘yicha kalibrlash, fungitsidlar bilan oson dorilash, urug‘lik chigit miqdorini ancha tejash (ekish meyorini tukli chigitga nisbatan 2-3 marta kamaytirish), aniq ekish texnikasini qo‘llash imkoniyati va boshqalar - mavjudligi kislota yordamida tuksizlantirilgan chigit ekishni eng zamonaviy va istiqbolli usulga aylantirdi. Bu usul kasallikka immun va o‘ta chidamli g‘o‘za navlari yaratish va amaliyotda qo‘llash hamda ba’zi agrotexnik chora bilan birgalikda, yaqin kelajakda gommoz muammosini O‘zbekistonda butunlay bartaraf qilishni ta’minlashi muqarrardir. Uchinchi - kimyoviy usul hozirgi paytda O‘zbekistonda keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Kasallik kuchli rivojlanadigan mintaqalarda chigitni bronotak, o‘rtacha yoki kamroq tarqalgan joylarda boshqa urug‘ dorilari (Vitavaks 200FF va b.q.) ishlatish tavsiya kilingan. «Kasallikni geografik tarqalishi» bo‘limida keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish urug‘ dorisini to‘g‘ri tanlashda yordam beradi. Dorini tanlashda, kislota bilan tuksizlantirish chigitni gommoz bakteriyasi bilan kam yoki juda kam uchraydigan 3-va qisman 2-guruhga kiruvchi viloyatlar mintaqalarida bu kasallikka qarshi maxsus bakteritsid dori ishlatish ko‘pincha maqsadga muvofiq kelmasligini va befoyda xarajat bo‘lishini esda tutish lozim.

Xulosa kilib aytish mumkinki, sog‘lom yoki bakteriyadan to‘la zararsizlantirilgan urug‘lik chigit ekishning gommozni jilovlab turishda ahamiyati juda katta. Shuning uchun urug‘lik chigitni laboratoriyalarda sifatli tahlil qilishni izchillik bilan uyushtirish va zararlangan chigitni ekishga yo‘l ko‘ymaslik Respublika g‘o‘za urug‘chiligi va o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi mas’ul tashkilotlar va xodimlarning diqqat markazida va jiddiy nazorati ostida turishi lozim. Kasallikka chidamli navlar yaratish. Gommoz bakteriyasining fiziologik irqlari ularni aniqlash uchun differensiator navlar hamda kasallikka immun genotiplar mavjudligi (Bird va b.q., 1981), O‘zbekiston sharoitida ham ma’lum vaqt ichida g‘o‘zaning chidamli va o‘ta chidamli navlari yaratilishi va amaliyotda qo‘llana boshlashi uchun imkoniyat borligidan dalolat beradi va bu olimlarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Zavodlarda urug‘lik tayyorlash jarayonida dastlab sog‘lom, so‘ngra esa kasallangan dalalardan yig‘ib olingan hosil tozalanishi shart. Gommoz bilan zararlangan paxta jinlangandan so‘ng, mexanizmlar maxsus eritmalar yordamida puxtalik bilan dezinfeksiya qilinishi lozim. Hosil yig‘ib olingach, zararlangan g‘o‘zapoyani daladan olib chiqib, yoqib yuborish kerak. Yerga tushgan o‘simlik qoldiqlarini kuzgi shudgor paytida 30 sm dan kam bo‘lmagan chuqurlikka ko‘mish zarur. Havo va tuproq quruq bo‘lsa, g‘o‘zapoya qoldiqlari to‘la chirishini ta’minlash maqsadida, shudgordan so‘ng dalaga suv qo‘yish tavsiya qilinadi. Imkoni bo‘lganda, dalalarda almashlab ekishni qo‘llash lozim. Beda, makkajo‘xori, g‘alla, dukkakli va boshqa ekinlar dalani gommozdan samarali tozalaydi. Bahorda chigitni nihollar unishi uchun qulay haroratda, tavsiya qilingan qisqa muddatlarda ekish, yagana paytida kasal nihollarni olib tashlash lozim (Karimov, 1976; Rasulev, 1982; Bird va b.q., 1981; Davis va b.q., 1996).




Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish