Mavzu:” G'oyasizlik va ma'naviy tarbiyaga e'tiborsizlikning salbiy o'qibatlari”
REJA
Kirish
Asosiy qism:
1. G’oyasizlik va uning mazmun mohiyati.
2. Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyati va e’tiborsizlikning salby oqibatlari.
3. Internet va undan mafkuraviy xuruj ob’ekti sifatida foydalanish oqibatlari.
Xulosa
Foylalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilova
Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” deb aytgan.
Bosh maqsadimiz hayotimzning asl mazmuni bщlgan yoshlarni har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli inson sifatida rivojlantirish ekan, yuksak ma’naviyatli inson deganda esa ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni anglab yetgan, mustahkam milliy g’urur va iftixor tuyg’ulariga ega ma’naviy jasorat egasi bo’lgan inson tushuniladi. Bunday fazilatli insonning kuch-qudrati manbaini – ma’naviyat tashkil etadi.
Ma’naviyat insonning hayot tajribasi, mehnati, bilimi, ahloq va odobi, avlodlar tajribasi asosida shakllanib boradi. Ma’naviyat insonning hayoti va faoliyatiga maqsad va yo’nalish beradi. Ma’naviyat insonning o’z xalqi tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqurroq bilish va tushunib yetishiga yordamlashadi. Inson ma’naviyatsiz yashay olmaydi. Ma’naviyat alohida bir inson uchungina emas, jamiki odamlar uchun ham, xalq, elat va millat uchun ham, jamiyat taraqqiyoti uchun ham o’ta zarur va muhimdir. Ma’naviyatsiz inson bo’lmaganidek, ma’naviy yetuk, ahloqan pok va mukammal insonlarsiz jamiyat va millat ham bo’lmaydi.
Inson ma’naviyati jamiyat, davlat va millat ma’naviyati bilan uzviy aloqadordir. Inson va jamiyat ma’naviyati mohiyat jihatidan yaqin bo’lib, bir-birini o’zaro boyitsa va to’ldirsa-da, lekin ular aynan teng emas. Inson ma’naviyati millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismidir.
Axloq- kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi.
Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon.
Bugangi kunda ham ta’lim-tarbiya sifatini takomillashtirish, har tomonlama ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalangan barkamol shaxslarni voyaga yetkazishda davlatimiz rahbariyati tomonidan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |