G'oyasizlik va ma'naviy tarbiyaga e'tiborsizlikning salbiy o'qibatlari


Internet va undan mafkuraviy xuruj ob’ekti sifatida foydalanish oqibatlari



Download 43,91 Kb.
bet4/5
Sana19.04.2022
Hajmi43,91 Kb.
#562474
1   2   3   4   5
Bog'liq
g\'oya

3. Internet va undan mafkuraviy xuruj ob’ekti sifatida foydalanish oqibatlari.
Mafkuraviy gegemonlikka intilayotgan kuchlar axborot kommunikatsiyalar va internet orqali mamlakatimizga mafkuraviy xurujlarlarni amalga oshirmoqda. Bunga sabab qilib quyidagi internetdan foydalanish borasidagi fikrlarni keltirish mumkin.
Xo‘sh, internet nima? Internet inglizcha - to‘r, urgimchak to‘ri:umumjahon tarmogi degan so‘zlardan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida umumjahon kompyuter tarmog‘i, ya’ni butun jahon bo‘yicha tarqalgan va telefon hamda optik-tolali miniyalar, modemlar va boshqalar bilan o‘zaro bog‘langan, har qanday axborotni o‘zaro almasha oladigan katta miqdordagi kompyuterlar majmui degan ma’noni bildiradi, Bu tarmoq 1972 yilda AQSh mudofaa vazirligining loyihasi asosida nujudga kelgan bo‘lib, u XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda internet vaqtni va mablag‘ni tejashga yordam berishidan tashqari axborotlarni juda tez uzatish va qabul qilish, kerakli ma’lumotlarni tez izlab topish, uzog‘imizni yaqin qilish, onlayn suhbatlar kurish, dunyo voqealari bilan qisqa fursatlarda xabardor bo‘lish kabi ko‘plab imkoniyatlarni yaratib beradi.
Hozirgi kunda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlari xizmatlari keng ommalashib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o‘zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat.
Foydalanuvchilarining soni bo‘yicha hozirda ijtimoiy tarmog‘i 500 000 000 foydalanuvchisi bilan ("gakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda MuZrase (255000000 foydalanuvchi}, Odnoklassniki (205000000 ortiq), Tadyeg (200000000 foydalanuvchi), Shsh(1o\lge 1lue Zrasez (120 000 000 foydalanuvchi) ijtimoiy tarmoqlarni keltirish mumkin.
Ammo hamma narsaning yaxshi va yomoni bo‘lganidek, bu qulayliklar bilan birga internetdan samarali va maqsadli foydalanuvchilardan tashqari undan vaqtni bekorga o‘tkazish, turli ko‘ngilochar hamda behayo saytlardan foydalanuvchilar qam ko‘payib bormoqda. Buning asosiy sababi internetdan (foydalanuvchilarning, ayniqsa, yoshlarning tizimdan maqsadli foydalanish ko‘nikmalari va madaniyatini to‘liq shakllanmaganligi deb aytish mumkin.
E’tibor berib, keltirilgan veb sahifalar taxlil quyidagi salbiyholatlar va kamchiliklar: foydalanuvchilarning ayrimlari o‘z nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tkazmasligi; nomaqbul foto sur’atlar ko‘yishi; o‘zaro muloqatlarda xurmatsizlik qilishi; bema’ni gaplar yozishi, ba’zan noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanishi; sahifalar ijtimoiy bo‘lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o‘rnatishi kabi holatlarning uchrab turishini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan bir qatorda katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan korchalonlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish maqsadida o‘zlarining g‘oyaviy dushmanlarini badnom qilish yoki boshqalar ustidan mafkuraviy gegemonlikka erishish uchun o‘zga xalqlarga nisbatan mafkuraviy xuruj qilish ishlarini bajarishda internetdan keng ravishda foydalanmoqda.
Birinchidan, jamiyatimiz a’zolarining ongi va tafakkuriga ta’sir silishga qaratilgan xurujlar. Ma’lumki, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy ongi va dunyoqarashida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o‘zi yashayotgan mahalla jamoasiga, katta yoshdagi kishilarga chuqur xurmat bilan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik, mulohaza va andisha bilan munosabatda bo‘lish, jamoa fikriga nisbatan alohida ehtirom ko‘rsatish kabi xislatlar ustuvorlik qiladi. Qolaversa, aynan mana shu qadriyatlar jamiyatimiz ma’naviyatining tamal toshini tashkil qiladi.
Bunday vaziyatni yaxshi o‘rgangan g‘animlarimiz bizga qarshi ma’naviy xurujlarni amalga oshirishda xalqimizning mana shunday ulug‘vor qadriyatlariga mutlaqo teskari va begona bo‘lgan, asosan "individualizm" "egoizm" "kosmopolitizm" "zo‘ravonlik" "diniy mutaassiblik" g‘oyalarini iloji boricha chiroyli niqoblarga o‘rab, jamiyatimizga olib kirishga urinmoqda. G‘animlarimizning xalqimiz milliy ongiga ta’sir ko‘rsatishdan ko‘zlangan asosiy maqsadi Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov xulosa qilganidek: "O‘zbekistonda xukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan yo‘limizdan qaytarishdir. Odamlarimizning yuragiga vahima va qo‘rkuv solish hisobidan ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi ko‘yish, yurtimizda, mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishdan iborat"3
Ikkinchidan, milliy urf-odatlarimizga bo‘layotgan xurujlar. Ma’lumki, xalqimizda o‘ziga xos milliy odatlar, an’analar shakllangan. Jamoa bo‘lib yashash, qarindosh-urug‘larga mehribonlik, to‘y va ma’rakalar, bayramlar, tarbiya masalalarida, hasharlarda ijtimoiy hamkorlikning boshqalarda uchramaydigan o‘ziga xos yuqori darajasining mamoyon bo‘lishi shular jumlasidan. Xalqimizning bu urf-odatlari asrlar davomida jamiyat mustahkamligining asosi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning mamlakatimiz taraqqiyoti uchun naqadar ulkan axdmiyatini p-.chgan tahdidchilar bu borada ham muayyan xurujlarni amalga oshirmoqda. Shu maqsadga erishish uchun ular global aloqa tizimlari va boshqa vositalar orqali ma’naviy qashshoqlikka, tarkidunyochilikka, odamlarga nisbatan 'oqibatsizlik va shafkatsizlikka olib keluvchi g‘oyalarni xdmda urf-odat pormalarini zo‘r berib targ‘ib qilmoqda. Bular orasida, ay-niqsa, odamovilik, ota-onaga nisbatan bepisand qarash, shaxsiy qpyotni ulug‘lash kabi g‘oya va qarashlar ustuvorlik qilmoqda.
Uchinchidan, milliy madaniyatimizga bo‘layotgan xurujlar. Sir emaski, xalqimizning milliy madaniyati u:shning qadimiyligi, boyligi bilan alohida ajralib turadi. Markaziy Osiyo tarixida aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan allomalar ko‘p bo‘lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Mavzuur va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomi, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissasi hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum.
Ma’naviy xuruj uyushtirayotgan kuchlar jamiyatimiz a’zolarini milliy madaniy boyliklar va imkoniyatlardan begonalashtirishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda ular Internet tarmog‘idan, kinofilmlar va san’at turlaridan foydalangan holda nihoyatda ohanrabo, lekin yengil-yelpi, inson tafakkurini rivojlantirishga emas, aksincha uning sayozlashuviga xizmat qiluvchi namunalarni jamiyatimizga olib kirishga, intilmoqda. Bunday san’at va madaniyat namunalarida behayolik, mantiqsizlik g‘oyalarining targ‘iboti yetakchilik qilmoqda. Vaholanki, bu mamlakatlarning o‘zlari millatlarni parokandalikka olib boradigan, insoniyat uchun sharmandali vaziyatlarni demokratiya, inson xuquqlari kabi oliy qadriyatlar shiori ostida targ‘ib qilmoqda.
Mana shunday holatlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizning har bir fuqarosida samarali va mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifaga aylandi. Shunga o‘xshash zararli ta’sirlar davom etaversa, millat o‘zligini yo‘qotishi, ming yillik an’analarini boy berib, olomonga aylanib qolishi xdm hech gap emas. Tabiiy savol tug‘iladi: bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak? Buning yo‘li odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-Mavzuolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning, men o‘zbek farzandiman deb, g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir"4. Bugun kuchli davlatlarning targ‘ibot va tashviqotlari natijasida uchinchi dunyo mamlakatlari o‘zlarining yuqori malakali mutaxassislaridan ajralmoqdalar. Oddiygina raqamlarga murojaat qilganimizda buning tasdig‘ini ko‘ramiz. G‘arb ommaviy axborot vositalarining doimiy tarzda olib boradigan targ‘ibot va tashviqotlari natijasida kambag‘al Lfrika mamlakatlari uchun yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lib turgan bir paytda, oliy va yuqori malakali xodimlarning har uchtasidan bittasi rivojlangan davlatlarga ketib qolmoqda. Har yili Afrikadan o‘rtacha 23 000 ilmiy xodim va o‘qituvchi chiqib ketmoqda. Keyingi besh yil mobaynida qit’a davlatlari 60 mingdan ortiq o‘rta va yuqori bo‘g‘indagi boshqaruv xodimlaridan mahrum bo‘ldi. Ma’lumki, qar qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmidaunga qarshi immunitet hosil qilinadi.
Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir vaqtda vujudga keladi. Chunki shu vaqtdan boshlab, barqarorlik, rivojlanish bilan bir qatorda xavf-xatar, turli-tuman taxdidlar ham iaydo bo‘lib, ularni hisobga olish, ularga asoslanib, davlat strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish mamlakat xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Xo‘sh, xavfsizlik nima? Xavfsizlik arabcha "xavf-xatar" so‘zidan olingan bo‘lib, "ko‘rqinch" "vahima", "xadiksirash", "xavotirlanish"larning yo‘qligi, ularning oldini olish degan ma’nolarni anglatadi5. Bu tushuncha Rober ma’lumotnomasiga ko‘ra 1190 yilda paydo bo‘lgan va u, dastlab, o‘zini xar qanday xavf-xatardan himoyalangan deb xisoblovchi inson ruxdning xotirjam holatini ifodalagan2. Ushbu ma’noda mazkur termin Garbiy Yevropa xalqlari leksikonida XVII asrgacha ko‘llanilgan. Tarixning keyingi davrlarida davlat tuzilmalarining shakllanishi bilan bog‘liq ravishda xavfsizlik tushunchasi moddiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda davlat kurilishi, Gyushqarish organlari tendensiyalariga mos keladigan real xavf-xatar (jismoniy va ma’naviy)ning yo‘qligi natijasida vujud-ga keladigan tinchlik holati sharoiti ma’nosini anglatgan.
XX asrning oxirlariga kelib, "xavfsizlik" va "milliy xavfsizlik" tushunchalari bizning leksikonimizda tez-tez qo‘llanila boshlandi. Bu insoniyat rivojlanishining murakkablashuvi, yadro, atom va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarining keng tarqalishi, ekologik vaziyatning ogirlashganligi, yangi xavfli kasalliklarning vujudga kelishi, terrorizm xavfining kuchayishi, totalitar tuzum yemirilganidan keyin dunyoning qarama-qarshi kutblarga bo‘linishi barham topgandan keyingi davlatlar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi, ularda bozor islohotlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Dunyodagi bunday o‘zgarishlar xavfsizlik, umumiy va milliy xavfsizlik muammolariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.

Xulosa.
Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan axborotlarni to'g'ri tanlash har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda.
Barchamzga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos. O'zingizga kerakli barcha ma'lumotlarni shu kabi biron bir saytning “izlash” katakchasiga yozib, chiqarilgan ko'pgina ma'lumotlar ichidan o'zingizga keraklisini tanlab olaverasiz yoki ma'lum bir saytning manzili yodingizdan ko'tarildimi, yana o'sha qidiruv sistemalari yordamga keladigan saytga aloqador kalit so'zlarini terasiz va qarabsizki o'sha sayt qarshingizda namayon bo'ladi.
Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud.
Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bu kompaniya Internetdagi yetakchi qidiruv tizimi hisoblanadi, dunyo bo'ylab tarmoq foydalanuvchilarning o'ntadan yettitasi u yoki bu ma'lumotlarni topish ilinjida aynan mana shu saytga murojat qilishadi. Tizim har kuni 50 mlionga yaqin so'rovlarni qabul qiladi, sakkiz milyardlab veb-sahifalarni ideksatsiya qiladi. U 101 tildagi axborotni izlab topishi mumkin. Keyingi
yillarda butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida keng ommalashib borayotgan Google tizimi 1998 – yil sentyabrda ishga tushgan. Hozirda bu kompaniyaning qidiruv tizimlaridan tashqari yana bir qator foydali va qulay hizmatlari mavjud va ular soni ortib bormoqda.
Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib keayotgan turli – tuman axborot texnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo'lsa – da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.
Bugungi kunda xarbiy hizmatchilar radio–televidenie, matbuot Internet kabi vositalar orqali rang barang axborot va ma'lumotlarni olmoqda.
Jaxon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda xarbiylarimiz ongini o'rab–chirmab, uni o'qima, buni ko'rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan orab olish hech shubhasiz zamonning talabiga ham bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga xam to'g'ri kelmaydi.
Nega deganda biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o'z oldimizga qat'iy maqsad qilib qo'yganmiz va bu yo'ldan hech qachon qaytmaymiz.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagi o'z qobig'imizga o'ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o'zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang – barangligini o'z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko'ramiz. Biz butun ma'rifatli xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish o'zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz.
Xozirgi zamon axborot tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umumiy manfaat va umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning moxiyati va unsurlarini chuqur anglash zarur bo'lib qolmoqda. Ana shu hayotiy extiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimini yaratishning quydagi usullarini qo'llash madaniyatini zarur deb hisoblaymiz.



Download 43,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish