G`oyaviy zaiflik, mafkuraviy beqarorlik
— Millatning birdamligi va davlatning qudrati va taraqqiyotiga putur yetkazish.
Kommunistik mafkura
— G`ayri insoniy va g`ayri milliy mohiyati, mustabid tabiatiga ko`ra hokimyatni qurol kuchi bilan egallagan mafkura.
Falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlari
Mafkuralar ma`no mohiyatiga ko`ra
— Ilmiy-ma`rifiy, siyosiy - dunyoviy ildizlari, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar.
Mafkuraning diniy ildizlari
— Zabur, Tavrot, Injil, Qur`on.
Fikrlar va qarashlarning rang-barangligi
— Fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi ma`rifiy jamiyatga xos bo`lib, muayyan haqiqatni turlicha izohlash.
Mafkuradan ko`zlangan maqsadlar
— Muayyan g`oyaga ishontirish; uyushtirish; safarbar etish; ma`naviy-ruhiy rag`batlantirish, g`oyaviy tarbiyalash; g`oyaviy immunitetni shakllantirish; harakat dasturi bo`lishi.
-
Terrorizm - jamiyatda beqarorlik o`rnatish hamda aholini vahimaga va qo`rquvga solishga qaratilgan siyosiy kurash
|
Terrorizm imperializm va kapitalizm, globallashuv va transmilliy kompaniyalarga, biror diniy konfessiya yoki etnik guruhga, o`z hukumatiga, biror davlat manfaati yo`lida boshqa hukumatga qarshi maqsadlarda faoliyat yuritadi. Aslida o`z maqsadlariga yetishish yo`lida dindan niqob sifatida foydalanib, soxta islom, soxta nasroniylik, soxta iudaizm, yangi din o`ylab topish, dinlarni inkor etish kabi diniy yo`nalishga ega.
Terrorizmning kelib chiqish sabablari: muxolifatni siqib qo`yish, davlatlararo ziddiyatlar, ayirmachilik va mustaqillik uchun kurash, qashshoqlik va ishsizlik, mafkuraviy bo`shliq, tashqi davlatlarning qo`llashi.
Ish usullari: jamoatchilik joylarida portlashlar sodir etish, mahalliy aholi vakillari yoki xorijiy fuqarolarni garovga olish, ekstremistik mazmundagi varaqalar tarqatish, siyosiy qotilliklarni amalga oshirish, tartibsizliklarni keltirib chiqarish, kimyoviy va bakteriologik qurollardan foydalanish.
Terroristik tashkilotlar soni 500 dan ortiq bo`lib, ularning “Al-Qoida”, “Al-Jihod al-islomiy”, “At-takfir val Hijro”, “Hizbulloh”, “Õamas”, “Abu-sayyof”, “Lashkari jihod”, “Tolibon”, Jazoir islomiy qurolli tashkiloti kabi yuzlab kuchli qurollangan tashkilotlari bor.
Ular jahonning barcha mintaqasida faoliyat ko`rsatishi va guruh a`zolari tarkibida bir necha millat vakillari bo`lishi sababli xalqaro terrorizm deyiladi. Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi barcha davlat odamlari qattiq kurash olib bormoqdalar.
Prezidentimiz I.Karimov tomonidan bir necha marotaba bildirilgan takliflar natijasida xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazi tuzilganligi va bu markazning bugungi faoliyati bunga yorqin misol bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |