Hozirgi vaqtda ayollarning jinsiy bezlari gormonlarining quyidagi preparatlari mavjud: - Hozirgi vaqtda ayollarning jinsiy bezlari gormonlarining quyidagi preparatlari mavjud:
- 1. Estrogenlar:
- steroid tuzilishiga ega estrogen preparatlar- estron, estradiol, estradiol dipropionat, etinilestradiol, estriol,
- b) nosteroid tuzilishga ega bo’lgan estrogen preparatlar- sinestrol, tefestrol,, dimestrol, sigetin,
- v) antiestrogen preparatlar-klomifen sitrat
- 2. Gestogenlar
- a) progesteron, oksiprogesteron kapronat, pregnin, noretisteron, allilestrenol,
- 3. Kontraseptiv vositalar
- a)strogen-gestogen saqlovchi omihta preparatlar-non-ovlon, ovidon, lindiol, rigevidon, demulen, miniziston, mikroginon, femoden, marvelon, triziston, triregol, trikvilar, milvane.
- monogormonal preparatlar-postinor, mikrolyut,
- v) omihta estrogen-gestagen-antiandrogen preparatlar- «Pregestrol» tabletkalari, Klimonorm, Divina, Diane-35.
- ERKAKLAR JINSIY BEZLARI GORMONLARI VA ANABOLIK STEROIDLAR
- Erkaklar jinsiy bezlarida Leydig interstisial hujayralari tomonidan testosteron gormoni ishlab chiqiladi. Uning ta’sirida jinsiy a’zolar va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi, spermatogenez nazorat qilinadi. Testosteron oqsil almashinuviga ta’sir etib, ularning sintezini kuchaytiradi. Buyrak kanalchalarida suv, kalsiy ionlari, natriy, xlor va boshqalarning reabsorbsiyasini oshiradi. Testosteronnning ishlanishi gipofiz gonadotrop gormoni tomonidan boshqariladi. Jigarda testosteron faolligi kamroq bo’lgan androsteronga aylanadi, bu peshob bilan chiqib ketadi. Tibbiyot amaliyotida testosteron efirlari-testosteron propionat va testenat keng ishlatiladi.
- Har ikkala preparat androgenlik va anabolik faollikka ega. Testenatning ta’siri testosteron propionatga qaraganda sekin rivojlanib, uzoqroq davom etadi. Testosteron propionat 2 kunda 1 marta, testenat 3-4 haftada 1 marta yuboriladi. Bu preparatlar yog’li eritma holida chiqarilib, mushaklar orasiga yuboriladi. Metiltestosteron- faoliigiga ko’ra testosterondan kuchsizroq. Ichga berilganda samarali, tabletkasi til ostiga qo’yib, shimiladi.
- Androgen preparatlar erkaklar jinsiy bezlari faoliyati yetishmovchiligida (jinsiy rivojlanishdan orqada qolish, impotensiya), ayollarga dismenoreyalar, klimakterik buzilishlar, sut bezi va tuxumdonlar rakida beriladi.
- Androgenlarning nojo’ya ta’sirlari: ayollarga berilganda maskulinizasiya (ovozning dag’allashuvi, tuklarning o’sib ketishi va xak.) kuzatiladi, tanada ortiqcha suv va tuzlar to’planib qolishi mumkin.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |