Somatotropin gormoni-gipofiz oldingi qismida asidofil hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. 191 ta aminokislotadan tashkil topgan. Somatotropin ta’sirida skelet va butun tananing o’sishi ta’minlanadi. Bu gormon yetishmaganda o’sish to’xtab qoladi (pakanalik) ko’p ishlab chiqarilganda esa haddan tashqari o’sib ketish (gigantizm), agar o’sish davri tugagan bo’lsa akromegaliya kuzatiladi. Somatotropin anabolik ta’sirga ham ega, peshob bilan azot qoldiqlari chiqarilishining kamayishiga, hujayraga aminokislotalar tashilishini va RNK sintezining faollashuvi, shuningdek, fosfor, kalsiy va natriyning tanada ushlanib qolishi kuzatiladi. Somatotropin giperglikemiya chaqiradi, lipolizni faollashtiradi, qonda erkin yog’ kislotalari miqdorini oshiradi. - Somatotropin gormoni-gipofiz oldingi qismida asidofil hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. 191 ta aminokislotadan tashkil topgan. Somatotropin ta’sirida skelet va butun tananing o’sishi ta’minlanadi. Bu gormon yetishmaganda o’sish to’xtab qoladi (pakanalik) ko’p ishlab chiqarilganda esa haddan tashqari o’sib ketish (gigantizm), agar o’sish davri tugagan bo’lsa akromegaliya kuzatiladi. Somatotropin anabolik ta’sirga ham ega, peshob bilan azot qoldiqlari chiqarilishining kamayishiga, hujayraga aminokislotalar tashilishini va RNK sintezining faollashuvi, shuningdek, fosfor, kalsiy va natriyning tanada ushlanib qolishi kuzatiladi. Somatotropin giperglikemiya chaqiradi, lipolizni faollashtiradi, qonda erkin yog’ kislotalari miqdorini oshiradi.
- Tireotrop gormon qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Bu gormon qalqonsimon bez tomonidan yodni yutilishi, tirozinni yodlanishi va gormon sekresiyasi, tireoglobulin proteoliziga ta’sir qiladi, qalqonsimon bezning yetishmovchiligi, miksedemaning tashxisida tireoidin bilan birga ishlatiladi.
Follikulostimullovchi gormon-tuxumdonlarda follikulalarning rivojlanishi va estrogenlar sintezini, erkaklarda esa urug’ kanalchalari rivojlanishini va spermatogenez jarayonini faollashtiradi. Menopauza gonodotropini (pergonal) follikulostimullovchi faollikka ega preparatdir. Bu preparat menopauzadagi ayollar peshobidan ajratib olinadi va follikulalarning yetilmasligi, estrogenlarning yetishmasligi, erkaklarning gipogonadizmida ishlatiladi. Mushak orasiga yuboriladi. Lyuteinlovchigormon- tuxumdonlarda ovulyasiyaga va follikulalarning sariq tanaga aylanishiga, shuningdek, progesteron va estrogenlarning hosil bo’lishiga yordan beradi. Urug’donlarda esa Leydig interstisial hujayralarini qitiqlab, testosteron gormoni ishlanishini kuchaytiradi. - Follikulostimullovchi gormon-tuxumdonlarda follikulalarning rivojlanishi va estrogenlar sintezini, erkaklarda esa urug’ kanalchalari rivojlanishini va spermatogenez jarayonini faollashtiradi. Menopauza gonodotropini (pergonal) follikulostimullovchi faollikka ega preparatdir. Bu preparat menopauzadagi ayollar peshobidan ajratib olinadi va follikulalarning yetilmasligi, estrogenlarning yetishmasligi, erkaklarning gipogonadizmida ishlatiladi. Mushak orasiga yuboriladi. Lyuteinlovchigormon- tuxumdonlarda ovulyasiyaga va follikulalarning sariq tanaga aylanishiga, shuningdek, progesteron va estrogenlarning hosil bo’lishiga yordan beradi. Urug’donlarda esa Leydig interstisial hujayralarini qitiqlab, testosteron gormoni ishlanishini kuchaytiradi.
- Xorionik gonodotropin- plasentadan olinib, lyuteinlovchi ta’sirga ega. Faolligi Tbda ifodalanadi va ayollarga menustrusiya sikli buzilganda, pushtsizlikda, erkaklarga esa gipogenitalizm, jinsiy infantilizm, kriptorxizmda tavsiya etiladi. Preparat mushak orasiga yuboriladi.
- Laktotrop gormon-sut bezlari rivojlanishi va laktasiyani kuchaytiradi. 198 ta aminokislotadan tashkil topgan oqsil. Laktin preparati qoramollar gipofizidan olinib, tug’ruqdan keyingi laktasiyani oshirish uchun ishlatiladi.
- Melanostimullovchi gormon gipofiz o’rta bo’lagida ishlab chiqariladi. U ko’rishni, qorong’ulikka moslashuvini yaxshilaydi. Mollar gipofizidan olingan preparat- intermedin oftalmologiya amaliyotida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |