Gofforov Zufariddin Giyosiddin o’gli. Andijon viloyati Baliqchi tumani 44-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi



Download 210,34 Kb.
bet1/2
Sana29.08.2021
Hajmi210,34 Kb.
#159137
  1   2
Bog'liq
Maqola interfaolaashtirishga mo'ljallangan dasturiy va uskunaviy taminot Gofforov Zufariddin

TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOLLASHTIRISHGA MO’LJALLANGAN DASTURIY VA USKUNAVIY VOSITALARNIGN O’RNI.

Gofforov Zufariddin Giyosiddin o’gli.

Andijon viloyati Baliqchi tumani 44-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi

Informatika fani o‘qituvchisi


O’zbekiston Respublikasining qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan o‘zbekiston respublikasining Ta’lim to‘g‘risi qonunida ta’lim tizimilari oldiga kator muxim vazifalar qo’yilgan. Jumladan, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish, yangi pedagogik xamda axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan xolda o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi[2].

Fan, texnika va texnologiyalar taraqqiyotining bugungi darajasi bilan o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni orasidagi mavjud nomuvofikdikni bartaraf etish zarurati ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining yetarli joriy etilmaganligi sababli yanada yuqori dolzarblik kasb etmokda. Interfaol texnologiyalarining joriy etilishi va turli metodik yondashuvlar esa, o’z navbatida, ko’plab fundamental tushunchalarni nisbatan yengil va mustaxkam shakllanishiga qulay sharoit yaratadi [5].

Xozirgi kunda ko’pgina metodik innovasiyalar interfaol usullarni qo’llash bilan bog’liq. Interfaol so’zi o’zi nimani anglatadi? Bu so’z bizga “interact” ingliz so’zidan kelgan bo’lib inter o’zaro, ikki taraflama; act ish (xarakat) qilmok degan ma’nolarni beradi. Interfaol kim (inson) yoki nima (Kompyuter) bilandir o’zaro xarakat qilish, yoki muloqotda bo’la olishni anglatadi. Bundan kelib chiqib, interfaol ta’lim berish – bu avvalambor o’quvchi va o’qituvchi bilan o’zaro aloqa (xarakat) vujudga keladigan muloqotli dars berish jarayonidir.

Darslardagi interaktiv faoliyat ikki tomonlama muloqotni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bu xar bir o’quvchi uchun muxim va umumiy bo’lgan muammolarni xamkorlikda yechishga, xamjixatlikka va xamfirklikka olib keladi. Interaktiv faqat bir ishtirokchini ustunligiga va bir fikrni boshqasidan ustunligiga yo’l kuymaydi.

Animasion darslar o’quvchilarga interaktiv tuzilishga ega bo’lgan o’rgatuvchi kompyuter dasturlari orqali yetkaziladi. Animasion darslar interfaollashtirishga mo’ljallangan texnologiyasidan foydalanib, shunday shakllantirildiki, bunda xar bir o’quvchi o’zining psixofiziologik xususiyatidan kelib chiqib, bu turdagi darsdan o’z traektoriyasi, o’zlashtirish sur’ati, o’rganish usulini tanlaydi.

Elektron ma’lumotnomaga asosan elektron maslaxat beruvchi ma’lumotnomalar kiradi. Bunday maslaxatlar o’zlashtirilishi murakkab bo’lgan mavzularga duch kelinganda;

amaliy mashg’ulotlarni bajarishda ko’tilmagan savollarga javob topishda;

yangi materiallarni taqdim etishda;

mutaxassislar bilan muloqot qilishda amalga oshiriladi.

Bilimlar banki o’z tarkibiga axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, kompyuter interfaol o’rgatuvchi tizimlar, audio va video o’quv axborot materiallari, lugat va ma’lumotnomalarni elektron versiyalarini mujassamlashtiradi. Bunday elektron resurslar majmuasi bir qator afzalliklarga ega: elektron resurslardagi ma’lumotlarni tez kidirib topish, ularni sistemali qiladi.

Interfaollashtirishga mo’ljallangan vositalari asosida o’qitish jarayonida aniq fanlarni Kompyuter asosida to’liq o’qitish, dars matnlarini taxrir qilish, o’quvchilar topshirgan nazorat natijalarining taxlili asosida dars matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o’quvchilar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animasiya elementlarini dars jarayonida ko’rishi, eshitishi va muloxaza qilish imkoniyatlariga ega bo’ladi.

Interfaollashtirishga mo’ljallangan texnologiya bir vaqtning o’zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga va axborotlarni boshqarishga imkon beradi: amaliy xodisalarni ishtirokchisi, matn, grafika, animasiya, video tasvir va ovoz [4].

Interfaol darslarda ushbu muxim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Videodan farqli ravishda Interfaollashtirishga mo’ljallangan Interfaol taqdimot ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni o’zini qiziktirgan qismlardan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mexnat va vaqt talab qilmaydi.[4]

Axborot texnologiyalarining Interfaollashtirishga mo’ljallangan vositalarni o’quv jarayonida quyidagi eng muxim jixatlari bilan aloxida axamiyatga egadir:



  • differensial va individual o’qitish jarayonini tashkil etilishi;

  • o’quv jarayonini baxolash, teskari aloqa boglashi;

  • o’zini o’zi nazorat qilish va tuzatib borishi;

  • o’rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko’rsatishi;

  • fan mavzularida animasiya, grafika, multiplikasiya, ovoz kabi Kompyuter, Interfaol uskunalar va axborot texnologiyalaridan foydalanishi;

  • o’quvchilarda fanni o’zlashtirish uchun muxim ko’nikmalar xosil qilishi va xokazo.

Interfaollashtirishga mo’ljallangan texnologiyaning eng muxim xususiyati interfaollik axborot muxiti ishlashida foydalanuvchiga ta’sir o’tkaza olishga qodirligi xisoblanadi [4].

Interfaollashtirishga mo’ljallangan texnologiyalarini o’quv kurslarida qo’llash o’quvchilarning etiborini, tushunish va esda saqlab qolish qobiliyatini, aniq faktlarni ko’rsatilishi, qoidalarni tushunarliligi, o’quvchilarning aktivligini oshiradi.

Interfaol dars kundan kunga juda qulaylashib didaktik axamiyati kuchaymokda. Interfaol texnologiyalari quyidagilarni amalga oshiradi: darsning axborotliligini oshiradi, o’quv materialini xar xil formalarda foydalanish evaziga mativasiyani oshishiga va darsning ko’rgazmaliligini oshishiga sabab bo’ladi va yana darsning qiyin o’zlashtiriladigan ma’lumotlarini qaytarish imkonini beradi. Interfaol darsning asosiy ustunligi, interaktiv muloqotni amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy va uskunaviy vositalari orqali bir vaqtning o’zida auditoriya bilan muloqotda savol javob va emotsional qayta aloqasini boshqarish imkonini beradi [5].

Dars kurslarida Interfaollashtirishga mo’ljallangan texnologiyalarini qo’llashdagi effektivligini aniqlash va ularni bilishga oid faoliyatini faollashtirishga ta’sir etish, o’rganuvchilarning psixofiziologik xolati nazorat guruxlarida ajratilgan, bir xil tarkib va o’zlashtirishiga ega bo’lganlar. Birinchi guruxda Interfaollashtirishga mo’ljallangan texnologiyalarini qo’llagan xolda dars o’qitilgandagi o’quvchilarni xolati. Ikkinchi guruxda esa an’anavaiy texnologiyalar asosida dars o’qitilgandagi o’quvchilarni xolati [5].

Ananaviy darsda Interfaollashtirishga mo’ljallangan texnologiyalarini qo’llaganda yangi ma’lumotlarni xotiramizda ancha yaxshi saqlanganligini kuzatamiz. Darsda Interfaollashtirishga mo’ljallangan texnologiyalarini qo’llagandan keyin natija 88 % dan xam yuqoriga ko’tariladi. Ananaviy dars o’tilgandan keyin natija esa faqatgina 36 % gagina ko’tarildi.

O’quvchilarning funksional xolatini baxolash utkazildi. Uni natijasi quyidagi rasmda ko’rsatilgan (1.1rasm).





    1. ilova.O’quvchilarning funksional baxolash xolati.

Keltirilgan rasmdan kelib chiqib, o’rganuvchilar darsda Interfaollashtirishga mo’ljallangan texnologiyalarini qo’llashdan keyin kayfiyatning ko’tarilganligini, sergaklikning oshganligini, e’tiborning kuchayganini va zo’riqishining kamayganini aniqlandi. Bundan kelib chiqib, Interfaollashtirishga mo’ljallangan dastur orqali o’quvchilarning qabul qilish ko’rsatkichi va qo’yilgan savolarga tushunchasi, o’qituvchi va o’quvchilar auditoriya ishlariga o’ta qulay sharoit tug’diradi [].

Download 210,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish