Davlat boshqaruvi usullari – davlat tomonidan boshqaruv sohasidagi vazifalar qanday hal qilinishi tushuniladi. Ular boshqaruv faoliyatini sifat tomonini belgilab beradi. SHuning uchun ham boshqaruv sifatini yaxshilash, uning samaradorligini oshirish ko`p jihatdan boshqaruv usullarini takomillashtirishga bog`liqdir. Davlat o`z oldiga qo`yilgan maqsadlarga erishish yo`lida hamda vazifa va funksiyalarni bajarish uchun turli xil usullardan foydalanadi. Ishontirish va majburlash keng tarqalgani ma`muriy usullardir.
Davlat boshlig`i – (inglizcha “head of the state”) -oliy davlat lavozimi bo`lib, u ijro hokimiyati soxibi va tashqi munosabatlar sohasida davlatning oliy vakili hisoblanadigan shaxs. Monarxiyalarda ––Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya,Ispaniya, Yaponiyada – d.b. monarx (korol, imperator, emir) bo`lib,uning hokimiyati qoidaga ko`ra, hukmron shajara vakilidan keyingisiga qonunga binoan meros tariqasida o`tkaziladi. Respublikalarda (Italiya, Fransiya, GFR, AQSH, Lotin Amerikasi davlatlari va b.) d.b. prezident bo`lib, u yoki bevosita aholi tomonidan saylanadi (Meksika, panama, Kolumbiya), yoki bilvosita (AQSH, Argentina), yoxud ko`p bosqichli saylovlar (Italiya, GFR, Hindiston) natijasida saylanadi. Ko`pchilik davlatlarda individual davlat rahbari mavjud, prezidentlik respublikalarida davlat rahbari ayni paytda hukumat rahbari ham hisoblanadi.(AQSH, Meksika, Argentina. Afrikaning ayrim davlatlarida).
Davlat organi – davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo`lib, u davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarning muayyan konkret qismini, yo`nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetensiyaga ega bo`ladi. D.o. bitta mansabdor shaxsdan yoki muayyan yo`sinda tashkillashgan mansabdor shaxslar guruhidan iborat bo`lishi mumkin.
Parlament (ingl. parlament, frans. rag1eg — gapirmoq) — demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada Belgiya, Moldova, Qozog`iston va boshqa mamlakatlarda oliy vakillik organi «parlament» deb yuritiladi; AQSHda va Lotin Amerikasining ko`pgina mamlakatlarida p. kongress deb, Rossiya Federatsiyasida — Federal Majlis — Rossiya Federatsiyasi P. deb, Litva va Latviyada — seym deb ataladi. Tuzilishiga ko`ra p. bir palatali yoki ikki palatali bo`ladi (qarang: Ikki palatali tizim, Bir palatali tizim). Tarixda uch palatali p. ham bo`lgan (masalan, JARda 1984-1994 yillarda). P. birinchi marta XIII asrda Angliyada tabaqalarning vakillik organi sifatida tashkil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |