Parlamentar respublika - respublika ko`rinishlaridan biri. Unda parlament siyosiy jihatdan o`ziga hisob beradigan hukumatni tuzadi; davlat rahbari bo`lgan, lekin ijro etuvchi hokimiyat huquqiga ega bo`lmagan prezidentni saylaydi va h.k.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat – hokimiyatlar bo`linishi nazariyasiga muvofiq, davlatning o`zaro muvozanatlashtirilgan hokimiyat tarmoqlaridan biri bo`lib, davlat oliy vakillik organi tomonidan qonunlar qabul qilish vakolatining ro`yobga chiqarilishidir. U oliy yuridik kuchga ega bo`lgan normativ-huquqiy aktlar – qonunlar chiqarish bo`yicha vakolatlar yig`indisini mujassamlashtiradi hamda ushbu vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimi sifatida namoyon bo`ladi. Qonun chiqarish – davlatning o`ta muhim funksiyalaridan biri bo`lib, u saylab qo`yiladigan oliy vakillik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning asosiy vazifasi xalqning (jamiyatning) irodasini qonun shaklida ifoda etishdir. Q.ch.h. – bu Konstitutsiyada mustahkamlangan oliy davlat vakillik idorasining qonunlar qabul qilish, ularni o`zgartirish va bekor qilish bo`yicha alohida vakolatlari hisoblanadi.
Senat- lotincha so`z bo`lib («senatus») hokimiyatning oliy organi degan ma`noni anglatadi. Senat - O`zbekistonda parlamentning yuqori palatasi hisoblanadi va 100 ta senatorlardan tashkil topadi. Ulardan 84 tasi ma`muriy hududlardan mahalliy xalq deputatlari tomonidan saylanadi, 16 tasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Spiker – (ingl. notiq) ayrim mamlakatlarda quyi palataning raisi, ba`zi mamlakatlarda parlament raisi.
Hukumat — davlatning oliy kollegial ijro etuvchi organi. Hukumat turli mamlakatlarda turlicha nomlanishi mumkin: vazirlar kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O`zbekiston), Davlat kengashi (XXR) va boshqalar. Hukumat partiyasiz, bir partiyali va koalitsion bo`lishi mumkin. Hukumatni tuzish tartibi boshqaruv shakliga bog`liq bo`ladi. Parlamentar mamlakatlarda Hukumatni davlat boshlig`ining topshirig`iga binoan bir palatali parlamentda yoki ikki palatali parlamentning quyi palatasida ko`pchilik o`ringa ega bo`lgan partiya yetakchisi (koalitsion Hukumatda – partiyalar yetakchilaridan biri) tuzadi. Prezidentlik respublikalarida (shunday organ konstitutsiyada nazarda tutilganlarida) Hukumatni prezident tuzadi, bunda u tayinlagan Hukumat a`zolaridan har biri qator mamlakatlarda (Belarus, Qozog`iston, O`zbekiston, Qirg`izistonda) parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak. Hukumat a`zolari (vazirlar, lavozimsiz vazirlar, davlat vazirlari, davlat kotiblari va boshqalar) davlat boshqaruvining aniq markaziy idoralariga boshchilik qilishadi, parlamentar respublikalarda ular odatda parlament a`zolari bo`lishlari kerak, qachonki prezidentlik va qoidaga ko`ra yarimprezidentlik respublikalarida vazirlik lavozimini va deputatlik mandatini qo`shib olib bormaslik prinsipi amalda bo`ladi. Parlamentar davlatlarda Hukumat parlamentga (ikki palatali parlamentda quyi palataga) kollegial hisobdor bo`ladi. Bu parlamentdagi ko`pchilikning qo`llab-quvvatlashi yo`qotilganda (Hukumat koalitsiyasi bo`linib ketganda) Hukumat iste`foga chiqishga majbur (bu hukumat tanqisligi boshlanganligidan darak beradi, u yangi Hukumatning tuzilishi va parlamentning unga ishonch bildirishi bilan tugallanadi) yoki parlament tarqatib yuborilib, muddatidan oldin parlamentga saylovlar tayinlanadi. Federal davlatlarda markaziy (federal) Hukumat va federatsiya tarkibiga kiruvchi davlat tuzilmalari (shtatlar) Hukumatlari bo`ladi. Hukumat to`la tarkibda ishlashi mumkin yoki Hukumat boshlig`i torroq hay`atni (mahkama – Buyuk Britaniya, Hindiston va boshqalarda) tuzadi. Hukumat o`z tarkibidan yordamchi hukumat qo`mitalarini tuzishi mumkin. Hukumat qarorlari yoki siyosiy ko`rsatmalar tusida bo`ladi yoki normativ hujjatlar yoki qonun loyihalari ko`rinishida (odatda alohida vazirliklar tomonidan ishlab chiqiladi) rasmiylashtiriladi va so`ngra ular parlamentga kiritiladi.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi.Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi
Do'stlaringiz bilan baham: |